Matbuot uchun qo‘shma bayonot: Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo ikkinchi Iqtisodiy forumi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida 18-19 may kunlari o‘tkazilgan “Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo” Ikkinchi yuzma-yuz Iqtisodiy forumi munosabati bilan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlarning o‘sib borayotgan strategik ahamiyati, dolzarbligi va jadalligini Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo qutladilar. Tomonlar umumiy qadriyatlar va o‘zaro manfaatlarga asoslangan mustahkam, ko‘p qirrali va istiqbolli hamkorlikni yanada rivojlantirishga o‘zlarining birgalikdagi va o‘zgarmas sodiqligini tasdiqladilar. Ishtirokchilar 2021 yilning 5 noyabr kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo birinchi yuzma-yuz Iqtisodiy forumning uchta ustuvor yo‘nalishlari amalga oshirilishini ko‘rib chiqdilar va biznesni yuritish, “yashil” va raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitlarini, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini yanada transformatsiyalash, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yaxshilashga alohida e'tibor qaratib, bunda birgalikdagi ishlarni davom ettirish niyatlarini ta'kidladir. Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo uchun strategiyasiga muvofiq va 2021 yilda Yevropa Ittifoqining “Global darvoza” strategiyasini ishga tushirgandan so‘ng, hamda eng yuqori darajadagi ijtimoiy va ekologik standartlariga rioya qilgan holda sifatli infratuzilmaga oqilona investitsiyalarni ilgari surish bo‘yicha Yevropa Ittifoqining takliflari bildirilgach, tomonlar barqaror hamda ishonchga asoslangan o‘zaro bog‘liqlik gullab-yashnayotgan va xavfsiz Markaziy Osiyoning umumiy maqsadlarini qo‘llashiga rozi bo‘lishdi.
Shu maqsadda tomonlar:
- Forumning Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi iqtisodiy muloqot uchun mintaqaviy platforma sifatida geosiyosiy va strategik dolzarb ekanligini qutladilar.
- Ular qayd etganidek, Forum Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotlarini yanada diversifikatsiyalash, ichki va mintaqalararo savdoni rag‘batlantirish, qonun va me'yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash orqali iqtisodiy munosabatlarni yaqinlashtirish, inklyuziv va barqaror rivojlanishni ilgari surishga ko‘mak beradi.
- BMT Nizomi va xalqaro huquqlar, shu jumladan, BMTga a'zo barcha davlatlarning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga rioya qilish tarafdori ekanliklari o‘zgarishsiz ekanligini izhor qildilar.
- Sa'y-harakatlar ekologik va ijtimoiy barqarorlikni rivojiga qaratilishi, savdo to‘siqlarini olib tashlash, inklyuzivlikni ilgari surish, raqobatchilikni oshirish, ish o‘rinlarini yaratish, mintaqaviy va global bozorlarga integratsiyalashuvni tezlashtirish, biznes uchun teng sharoitlarni yaratishga qaratilishi lozimligiga rozi bo‘lishdi. Ayniqsa, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi ishbilarmonlik, savdo va investisiyaviy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan Forumning biznes uchun kompnonentini alohida qutladilar.
Xavfsiz va jozibador ishbilarmonlik va sarmoyaviy muhitni yaratish masalalarida tomonlar:
- Yevropa Ittifoqi qo‘llab-quvvatlagan Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan tayyorlangan ishbilarmonlik muhiti bo‘yicha tadqiqotni muhokama qildilar, hamda ushbu sohada Markaziy Osiyoda erishilgan taraqqiyotni qutladilar.
- Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotlarini modernizatsiyalash maqsadlarida ishbilarmon doiralar va fuqarolik jamiyati bilan tig‘iz hamkorlikda yuqori darajadagi islohotlarni amalga oshirilishiga, ularni xalqaro me'yor va standartlarning eng yuqori darajasiga muvofiqligini ta'kidlash, ayniqsa huquqiy aniqlik va byurokratik to‘siqlarni minimallashtirish global, shu jumladan, Yevropa Ittifoqi bozorlariga integratsiyalashuviga alohida e'tibor qaratilishi muhimligini qayd etdilar.
- Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan, yuqori sifatli islohotlarni olib borishda sezilarli madad bo‘lishi mumkin bo‘lgan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik haqidagi Hamkorlik orqali mintaqani gullab-yashnashiga o‘z hissasini qutladilar.
- Raqobatbardoshlikni yanada oshirish, ishbilarmonlik muhitini, hamda Markaziy Osiyoda xalqaro va ichki mintaqaviy savdoni yaxshilashga qaratilgan Yevropa Ittifoqiningning “Gullab-yashnash” vazifalari doirasidagi bo‘lajak iqtisodiy rivojlanish dasturi borasidagi rejalarini ma'lumot uchun qabul qildilar.
- Xususiy investitsiyalarni jalb qilish uchun innovatsion vositalarni safarbar qilish muhimligini tan olishdi, shu munosabat bilan Barqaror rivojlanish Yevropa fondi doirasida investitsiyalar va xususiy sektor uchun Yevropa Ittifoqining yangi kafolatlangan sxemalarini e'lon qilinishini qutladilar.
- Yevropa investitsiya bankini mintaqadagi faoliyatini kengaytirish haqidagi e'lon qilingan niyatini qutladilar, bu esa Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi faoliyati va investitsiyalarini faollashtirish imkonini beradi, bu esa joylarda hamkorlikni yaxshilashga ko‘mak beradi va o‘zaro barqaror bog‘liqlikka va Yevropa Ittifoqining “Global darvoza” strategiyasining ustuvorliklariga muvofiq ravishda o‘sishning barqaror, iqlimiy neytral o‘sishiga o‘tishga qo‘shimcha kuch beradi.
“Yashil” va raqamli o‘tish masalalarida tomonlar:
- Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini to‘liq anglagan holda, jumladan, energiyaning qayta tiklanuvchi manbalariga investitsiyalar kiritish, barqaror generatsiyalangan elektr energiyasini mintaqa ichki savdosini rivojlantirish orqali havoga chiqarishni nol darajasidagi iqtisodiyotga o‘tishni ta'minlovchi siyosatni ishlab chiqish va qabul qilish zarurligini tan olishdi.
- Quyosh, shamol va gidroenergetika energiyasining butun salohiyatini ishga solish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi sheriklarning sa'y-harakatlarini qo‘llashga yo‘naltirilgan suv resurslari, energetika va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha “Team Europe” bo‘yicha mintaqaviy tashabbusni so‘zsiz qo‘llashlarini izhor qildilar.
- Iqlim o‘zgarishi, suv ressurslarini barqaror boshqarish va bioxilmaxillikni saqlash, shu jumladan, Markaziy Osiyoda ekologik xatarliklarga qarshi kurashish, hamda Orol dengizi suvining yo‘qotilishi oqibatlarini bartaraf etish masalalari bo‘yicha birgalikdagi ishlarning muhimligini ta'kidladilar.
- Mintaqaviy energetika bozorlarini barqarorligi va mustahkamligini va iqtisodiy o‘sishni o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni ta'minlash, shu jumladan, energiya ta'minotinining muqobil yo‘nalishlarini ishlab chiqish orqali milliy va mintaqaviy darajada suv va energetika xavfsizligini ta'minlashga ko‘mak beruvchi Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida muloqotni kengaytirishga chaqirdilar. Bu sohada mintaqaviy qo‘shma dasturlarni muhimligini ta'kidlashdi.
- Raqamli o‘zaro bog‘liqlitk bo‘yicha «Team Europe» tashabbusi doirasida raqamli uzulishlarni qisqartirish va aloqaning sun'iy yo‘ldosh kanallarini joriy qilish orqali yuqori o‘tkazuvchanlikni ta'minlash borasidagi YeIning niyatini qutladilar va ushbu yo‘nalishda hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini muhokama qildilar.
- Mintaqalar o‘rtasida, birinchi navbatda, ushbu jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yumshoq va jismoniy infratuzilmaviy yechimlarni qo‘llagan holda raqamlashtirish soasida texnologik almashuvga qo‘mak beruvchi choralarni ishlab chiqish va qabul qilish zarurligini tan oldilar.
Savdoni kengaytirish va o‘zaro bog‘liqlik masalalarida tomonlar:
- Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasida savdjo munosabatlarini yanada yengillashtirish, hamda Preferensiyalarning umumiy tizilmasi (GSP) maqomiga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlarining GSP prefrensiyalaridan yoki Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasida savdoni yengillashtiruvchi, hamda barqaror rivojlagnish va lozim bo‘lgan boshqaruvni rag‘batlantiruvchi Yevropa Ittifoqi bozorlariga imtiyozli kirishni taqdim etuvchi barqaror rivojlanish va samarali boshqaruv uchun (GSP+) imtiyozlarning maxsus tizimlaridan foydalanishni davom ettirishdagi manfaatlarini bildirdilar.
- Eng muhim xom ashyo materiallari sohasida hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganishga rozi bo‘lishdi.
- Yevropa Ittifoqining aqlli, toza va barqaror birlashmalarni rivojlantirish bo‘yicha “Global darvoza” strategiyasi doirasida hukumatlarning chuqurlashtirilgan birgalikdagi ishlari olib borilishi zarurligini tan oldilar.
- Markaziy Osiyo mintaqasidagi transport va tranzit salohiyatini rivojlantirish muhimligini ta'kidladilar va Yevropaning tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan o‘tkazilgan, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasida barqaror transport yo‘lagi bo‘yicha tadqiqotlarning asosiy xulosalari taqdim etilishini qutladilar. Tadqiqot mavjud infratuzilma va me'yoriy-huquqiy muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha aniq choralarni ta'minlash yo‘llarini taklif qilmoqda, hamda Tadqiqotni iyun oyida, diqqat bilan o‘rganib chiqish uchun, yakuniy hisobotini e'lon qilinishi kutmoqdalar.
- Mintaqaviy formatda transport oqimlarining yangi arxitekturasini qurish uchun Markaziy Osiyoda ichki transport yo‘laklarini yanada isloh qilishga chaqirdilar va Yevropa davlatlari va xususiy sheriklarning moliyaviy salohiyatlarini faol jalb qilish bilan Markaziy Osiyoda transport infratuzilmasini rivojiga investisiyalarni jalb qilish bo‘yicha “yo‘l haritasi”ni kelishib olish zarurligini qayd etdilar.
Tomonlar ma'lum ustuvor sohalarda erishilgan rivojlanishning natijalarini muntazam ravishda ko‘rib chiqishga kelishib oldilar va kelgusi Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo Forumini 2025 yilda o‘tkazishga umid bildirdilar.