Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel 2-3 iyun kunlari Qirg‘izistonga tashrif buyuradi

Prezident Mishel Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov mezbonlik qiladigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” ikkinchi Yetakchilar uchrashuvida ishtirok etish uchun Issiqko‘lning Cho‘lpon ota shahriga tashrif buyuradi.

“Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” Yetakchilar uchrashuvida Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi rahbarlari Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi mintaqaviy hamkorlik istiqbollari hamda mintaqaviy va xalqaro o’zgarishlarni muhokama qilish uchun yigʻiladilar.

Tadbirda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari Nurmuhammet Amannepesov ishtirok etadilar.

Ushbu tashrif doirasida Prezident Mishel Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan ham ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Qirg'izistonga alohida ikki tomonlama tashrif dasturi 3 iyun kuni bo‘lib, tashrif davomida Prezident Sadir Japarov bilan uchrashadi. Tomonlar o‘zaro munosabatlarning holatini va istiqbollarini muhokama qiladilar.

Matbuot bo‘yicha aloqa uchun:

Malika MUSAYEVA

Matbuot attashesi

malika.musaeva@eeas.europa.eu