Afg'oniston ayollarining birinchi guruhi agronomiya sohasida ta’lim olish buchun O'zbekistonga keldi
Afg'onistonlik 10 nafar ayoldan iborat birinchi guruh, yaqin 2,5 yil ichida Agronomiya sohasida texnik va kasb-hunar ta'limi va o'qitish (TKTO’) dasturi bo'yicha, O'zbekistonga o'qishga kelishdi.
Bu afg'on ayollarining O'zbekistonda o'qish uchun ta'lim grantlari orqali iqtisodiy imkoniyatlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan transchegaraviy tashabbus tufayli amalga oshirildi.
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan amalga oshirilayotgan " Afg'on ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini Qozog'iston va O'zbekistonda ta'lim berish va kadrlarni tayyorlash orqali qo'llab-quvvatlash" mintaqaviy loyihasi vatanlariba o'qish va ish bilan ta'minlashdagi, erkak vatandoshlari bilan taqqoslaganda, nomutanosib to'siqlarga yuzma-yuz kelgan afg'on ayollari uchun ta'lim imkoniyatlarini taqdim etishga qaratilgan.
Umuman olganda, Afg'onistondan 50 nafar yosh ayollar Qozog'iston va O'zbekistondagi oliy o'quv yurtlarini o'qib, bitiradilar. Yevropa Ittifoqi ushbu tashabbus uchun 2 million evro miqdorida grant ajratdi, va u BMTTD tomonidan 2020-2025 yillarda amalga oshiriladi.
Ushbu loyihaning O'zbekistondagi asosiy maqsadi - hukumat va oliy o'quv yurtlarining xalqaro almashinuv ta'limi berishda yaqinligi va tajribasi tufayli afg'on ayollari uchun kasb-hunar ta'limi berishdir. Ta'limning ustuvor sohasi qishloq xo'jaligi o'sish sohasi bo'lib, u gender tengligini ta'minlashga alohida e'tibor kasb etadi.
Ushbu tashabbus amaliy yordam va ko'mak ko'rsatib kelayotgan O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi (OO’MTV) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihani amalga oshirish bo'yicha BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi va OO’MTV o'rtasida Harakatlar rejasi va O'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Afg'onistonlik ayollarning birinchi guruhi O'zbekiston Respublikasi Termiz shahridagi Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazida Toshkent davlat agrar universiteti ko'magi bilan agronomiya sohasida o'qiydi va dasturni tugatgandan so'ng TKTO’ Diplomlarini oladi.
Dastur ishtirokchilarini tanlash bo'yicha ochiq tanlov 2020 yil avgust-sentyabr oylarida OO’MTV, O'zbekistonning Afg'onistondagi elchixonasi, Afg'oniston TKTO’ ma'muriyati, BMTTDning O'zbekistondagi va Afg'onistondagi vakolatxonalari vakillaridan tashkil topgan Tanlov komissiyasi tomonidan o'tkazildi. Tanlov g'oliblari turli yoshdagi ayollar - 17 yoshdan 27 yoshgacha - Afg'onistonning olti viloyatining vakillaridir.
10 nafar afg'onistonlik talabalarning barchasi Afg'onistonning TKTO’ ma'muriyatida kerakli Rasmiylashtiruvlardan o'tib, Toshkentga etib kelishdi. Afg'onistonlik ayollar uchun talabalik vizalari O'zbekiston hukumati tomonidan bepul taqdim etilgan.
COVID-19 uchun karantin choralarini ko'rgandan so'ng, ular TKTO’ dasturi bo'yicha boshlang'ich tayyorgarlikni boshlashga tayyor bo'lishadi. Karantin davrida talabalar masofaviy o'qitish uchun yangi noutbuklar bilan ta'minlandilar. Bundan tashqari, ularning barchasi O'zbekistondagi barcha o'qish davri mobaynida tibbiy sug'urtalandi, shu jumladan COVID-19 havfi ham qoplanadi.
Ta'limning birinchi yilida talabalar o'zbek tilini o'rganadilar va kasb-hunar ta'limi dasturida yo'nalish oladilar. Afg'oniston ayollari 2021 yil sentyabrdan 2023 yil iyungacha O'zbekiston ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qishloq xo'jaligi sohasida kasb-hunar ta'limi dasturidan o'tadilar. 2023 yil iyul oyida afg'on ayollarining birinchi guruhiga TKTO’ diplomlari topshiriladi.