Axborot sharhi. O‘zbekistonda Gender va Korrupsiya: tub o‘zgarishlar sari
Mazkur axborot sharhida Oʻzbekistonda korrupsiyaning gender jihatlari boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotning asosiy xulosalari taqdim etilgan. Unda korrupsiya ayollar va erkaklarga qanday turlicha taʼsir koʻrsatishi yoritilib, genderga xos zaiflik sohalari aniqlangan hamda korrupsiyaga qarshi siyosat va amaliyotga genderga sezgir yondashuvni integratsiya qilish boʻyicha tavsiyalar berilgan.