Barqaror dunyo uchun "ETF Green Skills" mukofotining to'rtinchi nashri.

Yevropa ta'lim jamg‘armasi (ETF) yashil ko‘nikmalar mukofotining to‘rtinchi nashrini boshlaydi. Ushbu muhim tashabbus ekologik mas'uliyatli ta'lim, o‘qitish va ko'nikmalarni rivojlantirish orqali global barqarorlik va taraqqiyotni oshirishga intiladi.

Keyingi g‘olib bo‘lish uchun imkoniyatdan foydalaning: arizani 2024 yil 29 fevral Markaziy Yevropa soati bilan 23:59 gacha topshiring!

 

Yevropaning ta’lim jamg‘armasi (ETF) “yashil” iqtisodiyotga o‘tishdagi ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha eng ilg‘or tajriba uchun tanlovni tashkil qilmoqda.    

Maqsad butun dunyodan ta’lim va bandlik sohalaridagi siyosat va amaliyotni ishlab chiquvchilar yanada ekologik va adolatlik iqtisodiyot va jamiyatga qanday qilib o‘z hissalarini qo‘sha olishlari haqidagi ilhomlantiruvchi va novatorlik g‘oyalarini taqdim eta olishlari haqidadir.

Biz rivojlanish hikoyalarini izlayapmiz:

  • “Yashil” va toza texnologiyalarni yoki ishlab chiqarish jarayonlarini joriy etayotgan, hamda ularni amaliiyotda qo‘llash uchun o‘z xodimlarining ko‘nikmalarini rivojlantirayotgan Korxonalarni;
  • O‘qituvchi va  ko‘rsatma beruvchilarga o‘quv dasturlarini dolzarbligi va sifati uchun atrof-muhit hamda ekologik texnologiyalar masalalari bo‘yicha zamonaviy tahsil berayotgan Ta’lim muassasalarini;
  • Faoliyati uchun zarur bo‘lgan “yashil” ko‘ni kmalarni rivojlantirayotgan ta’lim kurslari va standarlarini joriy qilayotgan Tarmoqlar va sektorlarni;
  • Ekologik xabardorlik dasturlarini, yoki turli  davlat va nodavlat manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda texnik ekologik ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha kurslarni ishlab chiqqan Davlat muassalari va xususiy kompaniyalarni;
  • “Yashil” iqtisodiyot bilan bog‘liq bo‘lgan ishga joylashtirish imkoniyatlari borasida inklyuzivlik va xabardorlikni ta’minlash yo‘lida tegishli ta’lim berish bilan barqaror rivojlanish sohasida ish o‘rinlarini tanlashdagi Bandlik xizmatlarini;
  • Yashil texnologiyalarni rivojlantirish yo‘lida ish olib borayotgan Davlat-xususiy sherikchilikni;
  • Boshqa istalgan rivojlanish hikoyalarini.

Bu siz uchun nimani anglatadi?

  • Xalqaro darajada g‘oliblarni martabasini oshirish uchun muvaffaqiyatga erishgan 10ta finalchilarni haqidagi xabarlar ETF va uning hamkorlarini hisobotlari va ma’lumotnomalarida e’lon qilinadi.  ETF omadli finalchilarni tarixini yangi darajaga olib chiqish va butun olam bilan tanishtirish maqsadida ular haqida qisqa metrajli filmlarni suratga oladi.  
  • Uchta finalga chiqqanlar ETFni “2024 yilgi “Yashil ko‘nikmalar” mukofotini oladi.
  • G‘oliblar va finalga chiqqanlar mukofotlarni topshirish marosimiga taklif qilinishi va u yerda hamfikrlari bilan uchrashishi hamda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishi mumkin bo‘ladi (joyi va vaqti keyinroq e’lon qilinadi). 

Kim hal qiladi?

ETF jyurisi 10ta finalchini tanlab oladi.

Keyin, 10ta finalchi orasidan bitta g‘olib ochiq ovoz berish yo‘li bilan tanlanadi, yana ikkita g‘olib yashil ko‘nikmalar sohasidagi xalqaro ekspertlar ishtirokidagi xalqaro jyuri tomonidan tanlab olinadi.

Arizani qanday topshirish mumkin?

Arizani topshirish oson. Ingliz, rus, ukrain va fransuz tillaridagi arizaning onlayn formasini to‘ldiring va uni 2024 yilning 29 fevraliga qadar (Markaziy Yevropa vaqti bilan 23:59gacha) uni yuboring.

Loyihangizni dolzarbligi, innovatsionligi, barqarorligi va takrorlanuvchanligini albatta ta’kidlang.

Sizga yordam kerakmi?

Aloqadagi imeyl: SuccessStories@etf.europa.eu  

Sir saqlanishi haqidagi Bayonot bilan shu yerda tanishing. 

Qo‘shimcha ma’lumot

ETF Green Skills Award