Bolgariya va Ruminiya Shengenga qo‘shilmoqda

29.03.2024
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi
Press and information team of the Delegation to UZBEKISTAN

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Bolgariya va Ruminiyani 2024 yil 31 mart kunidan boshlab Shengen zonasiga kirishiga bag‘ishlangan tadbirni o‘tkazdi.

 

28 mart kuni Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Bolgariya va Ruminiyani 2024 yil 31 mart kunidan boshlab Shengen zonasiga kirishiga bag‘ishlangan tadbirni o‘tkazdi. Ularning qo‘shilishi sayohatlar, savdo va turizmni rivojlanishiga yordam beradi.

EU Ambassador to Uzbekistan

Bolgariya va Ruminiyani Shengen zonasiga kirishi Yevropa integratsiyasi loyihasidagi muhim muvaffaqiyat hisoblanadi, natijada fuqarolar va korxonalarga erkin harakatlanishga o‘zlarining huquqlari bilan to‘la qonli foydalanish imkonini beradi. Men ushbu ikkala davlatni bu yutuq bilan tabriklayman. Bu O‘zbekiston uchun ham yaxshi xabar, chunki sayohatlar va o‘zaro almashinuvlar uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Shengen Yevropa Ittifoqining eng qadrli durdonasi bo‘lib qolmoqda, u, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ko‘tarinki ruh manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin”, - deya qayd etdi tadbir vaqtida Sharlotta Adrian xonim, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi.

Yevropadagi erkin harakatlanish Shengen zonasi Yevropa integratsiyasining eng asosiy yutuqlaridan biri hisoblanadi. U 1985 yilda Yevropa Ittifoqining beshta davlati – Fransiya, Germaniya, Belgiya, Niderlandlar va Lyuksemburg tomonidan tuzilgan va asta-sekin kengayib, jahonda erkin harakatlanishning eng yirik hududiga aylandi.  Bu Shengen zonasini kengayishini to‘qqizinchi bosqichi bo‘lib, hudud 450 million nafar aholisi bo‘lgan 4,5 million kvadrat kilometrga yoyiladi. Unga 29ta davlat, ularning 25tasi Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar hisoblanadi, shuningdek Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya va Shveytsariya kiradi. U odamlarga chegara nazoratlaridan o‘tmasdan ishtirokchi davlatlar o‘rtasida erkin sayohat qilish imkonini beradi.