BOMKA bojxona, veterinar va fitosanitariya xizmatlarida raqamli ta'lim olish imkoniyatini kengaytirmoqda

Ushbu seminar Yevropa Ittifoqi davlatlarining raqamli ta'lim tizimini joriy etish va raqamli ta'lim bo'yicha qabul qilingan dasturlarni muvofiqlashtirish orqali O'zbekiston chegara idoralarining o'quv dasturlari samaradorligini oshirishga hamda o'qituvchilar o'zlarining onlayn kurslarini tashkil eta olishlari uchun ularning IT-salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko'maklashish dasturi (BOMKA) shu yilning 13-15 sentabr kunlari Toshkentda chegara xizmatlari va ta'lim muassasalari xodimlari uchun seminar o'tkazmoqda.

Ushbu seminar Yevropa Ittifoqi davlatlarining raqamli ta'lim tizimini joriy etish va raqamli ta'lim bo'yicha qabul qilingan dasturlarni muvofiqlashtirish orqali O'zbekiston chegara idoralarining o'quv dasturlari samaradorligini oshirishga hamda o'qituvchilar o'zlarining onlayn kurslarini tashkil eta olishlari uchun ularning IT-salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Latviya Davlat chegara kolleji mutaxassislari o'quv jarayonida raqamli ta'limning afzalliklari haqida so'zlab berishdi, shuningdek, mazkur ta'lim modulini loyihalash, ishlab chiqish, joriy etish va baholash bo'yicha o'z bilimlari bilan o'rtoqlashdilar. Seminar davomida raqamli ta'lim platformasidan foydalanish bo'yicha mavjud nazariy bilimlar amaliy mashg'ulotlar va raqamli ta'lim tizimini joriy etish bo'yicha Yevropa Ittifoqining ilg'or tajribalari namunalari bilan mustahkamlandi.

Amaliy mashg'ulotlar davomida tinglovchilar Moodle platformasida interfaol resurslar/materiallardan foydalangan holda raqamli modullar/kurslar mazmuni va baholash testini ishlab chiqishni o'rganishdi. Seminar yakunlari bo'yicha ekspertlar guruhi milliy hamkorlariga o'z idoralarida institutsional ta'lim salohiyatini oshirishga yordam beradigan raqamli ta'lim modullari/kurslarini tayyorlash asosiy yo'riqnoma va tavsiyalar ishlab chiqishadi.

 

BOMKA HAQIDA

Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko'maklashish dasturi (BOMKA) Yevropa Ittifoqining Hamkorlar konsortsiumi hamda Migratsiya siyosatini rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshiriladi. Hamkorlar konsortsiumi Latviya Respublikasi Davlat chegarasini qo'riqlash xizmati tomonidan boshqariladi. BOMKA 10-bosqichining umumiy byudjeti 21,65 million yevroni tashkil etib, u mintaqadagi eng yirik tashabbuslardan biri hisoblanadi. 2021 yilning aprel oyida boshlangan BOMKA dasturini amalga joriy etish muddati 54 oydan iborat.

BOMKAning asosiy maqsadi chegaralarni integratsiyalashgan boshqaruvi asosida mintaqada barqaror iqtisodiy rivojlanishga ko'maklashish orqali mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashdir. BOMKAning o'ninchi bosqichi mavzuviy jihatdan to'rt komponentni qamrab olgan: chegara idoralarini institutsional rivojlantirish, qonun buzilishi hollarini aniqlash bo'yicha salohiyatni oshirish, savdoni osonlashtirish hamda transchegaraviy hamkorlikni takomillashtirishga ko'mak berish. Geografik jihatdan loyiha Markaziy Osiyoning barcha besh davlatini qamrab oladi. Avvalgi faoliyatning yutuq va natijalariga asoslangan joriy bosqich transchegaraviy hamkorlikni qo'llab-quvvatlash va Markaziy Osiyoning chegaradosh hududlarida yashovchi aholining turmush sharoitini yaxshilash bo'yicha ishlarni davom ettiradi, shuningdek, chegaralar orqali qonuniy savdo oqimini osonlashtiradi.

Markaziy Osiyoda BOMKA dasturini amalga oshirish 2003 yilda boshlangan va shundan buyon Dastur chegaralarni integratsiyalashgan boshqarish kontseptsiyasini qo'llash orqali chegara nazorati idoralari o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, chegara nazoratini xalqaro tajribalar va Yevropa Ittifoqi standartlariga muvofiqlashtirishda etakchi ahamiyatga ega bo'lib kelmoqda.

BOMKA haqida ko'proq ma'lumot olish uchun dasturning O'zbekistondagi milliy koordinatori Zulfiya Sibagatulinaga bog'lanishingiz mumkin: +998 93 5011462, zulfiya.sibagatulina@icmpd.org