BOMKA10. O‘zbekistonda huquqiy kafolatlar va inson huquqlarini himoyasini ta’minlash
14 iyul, 2023 yil, Toshkent. 13-14 iyul kunlari Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘mak berish dasturi (BOMKA 10) inson huquqlari, gender masalalari va gender zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha seminar o‘tkazdi. Tadbirda Davlat havfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari xodimlari va O‘zbekistonning qator huquq-tartibot idoralari vakillari ishtirok etdi.
Mazkur dasturiy seminarning maqsadi - ishtirokchilarni inson huquqlari, gender masalalari, jinsiy zo‘ravonlik alomatlari va gender ta’sirchanlik mavzulari bilan tanishtirish, mazkur masalalarni chegara xizmatlari va huquq-tartibot idoralari ishi kesimiga bog‘liqligini ko‘rib chiqish, hamda nohukumat tashkilotlari va ularning tilga olingan holatlarda yordam ko‘rsatishdagi roli bilan tanishtirishdan iborat edi.
Litva Ichki ishlar vazirligi huzuridagi davlat chegara xizmati va Litvaning Qizil Hoch ekspertlari inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro-huquqiy baza haqidagi axborotni taqdim etishdi. Shuningdek ular zaif, muhtoj insonlarni va gender zo‘ravonlik holatlarini migratsiya va ularni himoya qilishning o‘ziga xosliklari kesimida aniqlash, bunday holatlarda nohuqumat tashkilotlarini yordam ko‘rsatishdagi roli haqidagi bilimlari bilan tanishdilar.
Bundan tashqari, ishtirokchilar muhim me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishdilar. Shundan so‘ng ular gender zo‘ravonlikdan aziyat chekkan insonlarga yordam ko‘rsatishning huquqiy vositalarini o‘rgandilar va amaliy vaziyatli mashqlarda qatnashdilar.
BOMKA HAQIDA
Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish dasturi (BOMKA) Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan va Yevropa Ittifqoining hamkorlari konsorsium va Migratsiya siyosatini rivojlantirish bo‘yicha Xalqaro markaz tomonidan amalga oshirilayotgan peshqadam dastur hisoblanadi. Hamkorlar konsorsiumini Latviya Respublikasining davlat chegaralar qo‘riqlovi boshqaradi.
BOMKA dasturining asosiy maqsadi-chegaralarni birlashgan holda boshqarish orqali barqaror iqtisodiy rivojlanishga ko‘mak berish yo‘li bilan mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni oshirishdan iboratdir.