Buxoroda Yevropa Ittifoqi kömagida “Yaşil Uyim” ekologik festivali bölib ötadi

Yevropa Ittifoqining “Yaşil diplomatiya haftaliklari - 2026” kampaniyasi doirasida moliyaviy kömak körsatilayotgan mazkur festival oilalar, yoşlar, ekologik faollar va mahalliy hamjamiyatlarni birlaştirib, ekologik turmuş tarzini ommalaştiriş hamda atrof-muhitga oid xabardorlikni oşirişga xizmat qiladi. 

 

29 oktabr 2026 yil, Buxoro, Özbekiston. 31 oktabr kuni Buxoroda “Yaşil Uyim” ekologik festivali bölib ötadi. Unga Yevropa Ittifoqi özining “Yaşil diplomatiya haftaliklari — 2026” kampaniyasi doirasidagi moliyaviy kömak körsatmoqda. Festival dasturidan ta’limiy tadbirlar, interaktiv mahorat darslari, munozaralar va jonli çiqişlar örin olgan. Tadbir iştirokçilarni atrof-muhitni muhofaza qilişning amaliy usullarini örganişga va kundalik hayotda yanada ekologik barqaror tanlovlarni amalga oşirişga undaydi.

Kattalar, yoşlar, bolalar va ota-onalar uçun möljallangan festival ekologik ta’limni ilm-fan, ijodkorlik va köngiloçar maşğulotlar bilan uyğunlaştiradi. Interaktiv tadbirlar va fikr almaşiş imkoniyatlari orqali iştirokçilar har bir insonning şaxsiy hissasi hamda jamoaviy taşabbuslar yanada toza, soğlom va barqaror kelajakni yaratişga qanday yordam berişini bilib oladilar.

Barça avlodlar uçun dastur

Kattalar va yoşlarga möljallangan festivalning asosiy hududida soat 12:00 da DJ çiqişi va sovrinlar öyinlari bilan dastur boşlanadi. Soat 13:00 da imo-işora tili mutaxassisi E'zoza Ahmedova uşbu tilga bağişlangan kiriş maşğulotini ötkazib, inklyuziv muloqotning ahamiyatiga e’tibor qaratadi. Şundan söng iştirokçilar özlari yaşaşni istagan şaharni tasavvur qilişga undovçi “Orzularimiz şahri” jamoaviy öyinida qatnaşadilar.

Soat 15:00 da ekologik faol, festival taşabbuskori va taşkilotçisi Mötabar Xuşvaqtova “Plastik muammo emasmi?” nomli interaktiv maşğulotni olib boradi. Unda plastik çiqindilar bilan boğliq muammolar va ularni hal etiş imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Şu bilan bir vaqtda jurnalist va hujjatli filmlar rejissyori, 2023-yilda Yevropa Ittifoqining Yoşlar maslahat kengaşi (EU Youth Sounding Board) iştirokçisi bölgan Şahzoda Mirakova ingliz tilida “Ekofeminizm: Iqlim özgarişi erkaklar va ayollarga birdek ta’sir qiladimi?” mavzusida munozara ötkazadi. Unda iqlim özgarişining gender jihatlari körib çiqiladi.

Festival dasturi soat 17:00 dan 18:00 gaça davom etadigan musiqiy keça bilan yakunlanadi. Unda Mansur Toşmatov va Sevara Tölanova jonli ijroda çiqiş qiladilar.

Bolalar hududida bolalar va ota-onalar uçun ilmiy tajribalar namoyişi, robototexnika maşğuloti, neyrogimnastika öyinlari hamda bolalarni maktabga stresssiz tayyorlaş böyiça amaliy tavsiyalar taklif etiladi. Uşbu maşğulotlar döstona muhitda bolalarning qiziquvçanligi, bilim olişga intilişi va ijodiy fikrlaşini rivojlantirişga yordam beradi.

Atrof-muhitni kaşf eting, fikr almaşing va uni asraşga hissa qöşing

Soat 13:00 dan 16:00 gaça taşrif buyuruvçilar ilm-fan hududi bilan tanişişlari, ekologik mahsulotlar yarmarkasiga taşrif buyurişlari, kitob almaşiş taşabbusida qatnaşişlari va şaxmat öynaşlari mumkin.

Maxsus yiğiş punktlarida işlatilgan batareyalar, ösimlik yoği, qoğoz, plastik paketlar va alyuminiy qabul qilinadi. Uşbu taşabbuslar çiqindilarni saralaş, qayta işlaş va resurslardan mas’uliyat bilan foydalaniş haqida xabardorlikni oşirişga yordam beradi. Şuningdek, ular kundalik hayotdagi oddiy odatlar ham iste’molni yanada barqaror qiliş va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirişga xizmat qilişini namoyiş etadi.

1990-yildan beri Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti 71 foizga ösdi, şu bilan birga, çiqindilar hajmi 37 foizga qisqardi. Uşbu natijaga erişişda Yevropa kompaniyalari muhim rol öynadi. Ular önlab yillik tajribaga tayangan holda innovatsion va işonçli ekologik texnologiyalarni işlab çiqib kelmoqda.

Şamol va gidroenergetikadan tortib quyoş issiqlik tizimlari, issiqlik nasoslari, elektr tarmoqlari va transformatorlargaça bölgan Yevropa ekologik texnologiyalari şaffof standartlar va uzoq muddatli hamkorlikka asoslangan yuqori sifatli yeçimlarni taklif etadi. Suv resurslari va qişloq xöjaligi sohasidagi texnologiyalar ham jamoalarning iqlim özgarişiga moslaşişiga yordam berişi mumkin.

Yevropa Ittifoqi Global Darvoza - Global Gateway strategiyasi kabi taşabbuslar orqali öz çegaralaridan taşqarida ham ekologik toza texnologiyalarga investitsiyalarni va barqaror rivojlanişni qöllab-quvvatlaşda davom etmoqda. Uşbu strategiya barqaror infratuzilmani, özaro boğliqlikni va özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan. Muloqot, ekologik xabardorlik va hamkorlikni rağbatlantiriş orqali Yevropa Ittifoqi yanada yaşil va barqaror kelajak sari intilişlarni qöllab-quvvatlamoqda.

“Yaşil diplomatiya haftaliklari — 2026”

Buxoroda ötkaziladigan “Yaşil Uyim” ekologik festivali Yevropa Ittifoqining “Yaşil diplomatiya haftaliklari — 2026” kampaniyasi doirasida taşkil etilmoqda. Kampaniya mahalliy hamjamiyatlar, fuqarolik jamiyati, yoşlar va boşqa hamkorlar iştirokidagi tadbirlar orqali ekologik xabardorlikni oşiriş, iqlim böyiça çora-tadbirlarni qöllab-quvvatlaş va barqaror rivojlanişni ilgari surişga qaratilgan.

Ekologik mavzularni jamoat joylariga olib çiqiş hamda ularni amaliy maşğulotlar, ta’lim va madaniy tadbirlar orqali keng omma uçun tuşunarli qiliş orqali festival iştirokçilarni öz uylarida va mahallalarida atrof-muhitni asraşga qaratilgan amaliy qadamlar taşlaşga undaydi.

Sana: 2026-yil 31-oktabr
Manzil: Buxoro, Özbekiston
Asosiy dastur: 12:00–18:00
Oçiq tadbirlar: 13:00–16:00

Festival Yevropa Ittifoqining “Yaşil diplomatiya haftaliklari — 2026” kampaniyasi doirasidagi moliyaviy kömagi bilan taşkil etilmoqda.