Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, AQSh va elchilarining Oʻzbekiston qamoqxonasiga tashrifi

2024-yil 20-iyun kuni Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart, Yevropa Ittifoqi elchisi Sharlotta Adrian va AQSh missiyasi rahbari o‘rinbosari Pol Poletes O‘zbekiston hukumati taklifiga binoan Toshkent viloyati, Chirchiq tumanidagi jazoni ijro etish muassasiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida ularga mahkumlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam va terapiya ko'rsatilayotgan muassasalar, tikuvchilik va mebel buyumlari ishlab chiqaradigan ikkita sex ko'rsatildi. Shuningdek, ular qamoqxona xodimlaridan ushbu muassasada jazo muddatini o'tayotganlarning kundalik hayoti qanday ekani haqida tasavvurga ega bo'lish imkonini beruvchi taqdimotlar oldilar. Ushbu tashrif O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikning muhim bosqichi hisoblanadi. Diplomatlar qamoqxona xodimlarining ochiqligini tan oldilar va so'nggi yillarda amalga oshirilgan ijobiy o’zgarishlarga guvoh bo’ldilar.

EU in Uzbekistan

O‘zbekiston Qiynoqlarga Qarshi Konvensiyaning Fakultativ Protokolini (OPCAT) ratifikatsiya qilishini e’lon qildi; buning bir qismi sifatida Milliy profilaktika mexanizmi doirasida qamoqda saqlash joylari bo'yicha har tomonlama va mustaqil hisobotlarni yuritish amalga oshiriladi. Mustaqil tekshirishlarni amalga oshirish O'zbekiston hukumatini adliya sohasini yaxshilash bo'yicha islohotlarni ilgari surishda qo'llab-quvvatlaydi.

Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonga sodiq sherik bo‘lib qoladi va bu sohadagi hamkorlikni davom ettirishga umid qiladi.

Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart shunday dedi:

“O‘zbekistonning mamlakatda inson huquqlarini yaxshilash yo‘lida davom etayotganini ko‘rish quvonarlidir. Buyuk Britaniyada qamoqxonalarimiz bilan ko'p muammolarga duch keldik va ochiq muhokama va mustaqil tekshirish orqali biz ulardagi sharoitlarni yaxshilashga muvaffaq bo'ldik. Bunday imkoniyat uchun O‘zbekiston hukumati va 13-qamoqxona rahbariyatiga juda minnatdorman. Bugun biz ko‘rgan inshootlarning sifati va reabilitatsiyaga qaratilayotgan e’tibor meni hayratda qoldirdi. Berilgan hayotiy ko'nikmalar insonlar uchun ham, balki ularning mahallalari uchun ham bebahodir”.

AQSH Missiya rahbari o‘rinbosari Pol Poletes shunday dedi:

“Bugun ko'rganimiz, oxirgi besh yil ichida qamoqxona sharoitlari yaxshilangani haqidagi tashqi ma'lumotlarni tasdiqladi. Barcha mahkumlarga teng, hurmat bilan munosabatda bo'lish va zo'ravonlikdan xoli bo'lishni ta'minlash muhimligicha qolaveradi. Biz hukumatni mustaqil kuzatuvchilar uchun qamoqxonalarga kirish imkoniyatini kengaytirishni davom ettirishga va Ombudsman idorasi hamda mustaqil fuqarolik jamiyati bilan ochiq, shaffof qamoqxonalar tizimini yaratishga undaymiz”.

Elchi Sharlotta Adrian shunday dedi:

“Ushbu tashrifga ruxsat bergan O‘zbekiston hukumati va 13-sonli qamoqxona ma’muriyatiga juda minnatdorman. Penitensiar tizimdagi shaffoflik O‘zbekistonning OPCAT ni ratifikatsiya qilish yo‘lida ham muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan va bugungi tashrifimizdan olgan ijobiy taassurotni inobatga olgan holda, ochiqlik va xalqaro va milliy kuzatuvchilar bilan hamkorlik qilish mahkumlar va O‘zbekiston hayotiga faqat foyda keltirishiga qat’iy ishonaman”.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring:

Tarmoq

Buyuk Britaniya Elchixonasi

AQSh Elchixonasi

Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi

Instagram

Facebook

X (Twitter)

Telegram

@ukinuzbekistan

@ukinuzbekistan

@ukinuzbekistan

@ukinuzbekistan

 

@usembassytashkent

@usdos.uzbekistan

@usembtashkent

@usauzbekistan

 

@eudeluzb

@eudeluzb

@eu_Tashkent

@eu4uz