Yevropa Ittifoqining Yoshlar Harakat rejasi Samarqand oʻzaro bogʻliqlik konferensiyasi doirasidagi Markaziy Osiyo yoshlari uchrashuvini ilhomlantirdi

Konferensiyaning asosiy mavzularini muhokama qilish uchun “Yoshlar muloqoti” Markaziy Osiyoning beshta davlati – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston yoshlari ovozini kuchaytirish uchun platforma yaratdi.

17-noyabr, Samarqand – Yevropa Ittifoqi misli ko‘rilmagan muvaffaqiyat bilan o‘zining hamkorlari UNICEF va Yevropa Ta’lim Jamg‘armasi (ETF) bilan birgalikda “Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo oʻzaro bogʻliqlik” boʻyicha konferensiyasi doirasida Markaziy Osiyo yoshlari uchun yoshlar muloqotini tashkil qildi.

The EU’s Youth Action Plan inspired a meeting of the Central Asian Youth during the Samarkand Connectivity Conference

 

Konferensiyaning asosiy mavzularini muhokama qilish uchun “Yoshlar muloqoti” Markaziy Osiyoning beshta davlati – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston yoshlari ovozini kuchaytirish uchun platforma yaratdi.

Yoshlar raqamlashtirish, iqlim o‘zgarishi, gender ishtiroki va mintaqa bo‘ylab ta’lim olish imkoniyatlari bo‘yicha yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish oid o‘z fikr va takliflarini bildirdi.

Tadbirda yuqori darajadagi ma’ruzachilar, xususan, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Janobi Oliyalari Sharlotta Adrian xonim, “Yuksalish” milliy harakati raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati janob Bobur Bekmurodov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Bosh direktorning o‘rinbosari Maryeta Yagher xonim, YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xon xonim va YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammadzadelar ishtirok etdilar, mintaqada darajasida siyosiy muhim yechimlarni topish maqsadida yoshlar bilan muzokaralarga kirishdi.

The EU’s Youth Action Plan inspired a meeting of the Central Asian Youth during the Samarkand Connectivity Conference

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian xonim ishonch bilan ta’kidladiki:

Biz yoshlarning siyosatni ishlab chiqish jarayonlarida ishtirok etish madaniyatini yuksaltirish tarafdorimiz. Biz yoshlarning imkoniyatlardan teng foydalanishini ta’minlashimiz kerak. Shundagina Markaziy Osiyo o‘z salohiyatini maksimal darajada ishga tushira oladi”.

YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Afshan Xon xonim Yoshlar muloqotini sharhlar ekan, shunday dedi:

Yoshlar mintaqada ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishda asosiy hamkorlardir. Ularni himoya qilish uchun bunday platformalar nafaqat zarur, balki ajralmas qismi hisoblanadi”, dedi u. “Yoshlarning bugungi kun muammolari bo‘yicha mustahkam g‘oyalari, yechimlari bor. Ular kelajakning yetakchisi emas, balki bugungi kunning yetakchisi ekanliklarini yaqqol namoyon etmoqdalar. Bu g‘oyalar mazkur anjumanda qabul qilingan rezolyutsiyalarning bir qismi bo‘lishi muhim”.

ETF tomonidan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar manfaatdor tomonlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan DARYA loyihasining ishga tushirilishi munosabati bilan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. O‘tgan oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti janob Shavkat Mirziyoyev va Yevropa Kengashi Prezidenti janob Sharl Mishel o‘zaro uchrashuv chog‘ida “ta’lim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish muhimligini ta’kidladilar” va “DARYA” birinchi hududiy kasb-hunar ta’limi loyihasi amalga oshirishni olqishladilar”

The EU’s Youth Action Plan inspired a meeting of the Central Asian Youth during the Samarkand Connectivity Conference

 

Ushbu istiqbolli tashabbus mamlakatlar o‘rtasidagi mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash va transmilliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni hal etishga qaratilgan. Uchrashuv YUNISEF va Yevropa Ittifoqining yoshlar bilan ishlashdagi asosiy ustuvorliklaridan, jumladan, Komissar Yutta Urpilaynen tomonidan joriy yil boshida e'lon qilingan dunyo yoshlarini siyosatchilar bilan bog'lashga qaratilgan Yevropa Ittifoqining Yoshlar harakati rejasidan ilhomlantirildi.