EU funding helps to modernise the Qoshkopir College of Water Resources and Melioration in Khorezm region

26.03.2024
Xorazm viloyati, O‘zbekiston
Press and information team of the Delegation to UZBEKISTAN

Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magidagi O‘zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish sa'y-harakatlari doirasida Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir suv xo‘jaligi va melioratsiya kolleji va YuNESKO yangi ta’mirdan chiqarilgan kollejning ochilish marosimini o‘tkazishdi.

 

Xorazm, 2024 yil 26 mart - Bugun Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir suv xo‘jaligi va melioratsiya kollejida YuNESKO hamkorligida yangi ta’mirdan chiqarilgan kollejning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasining yana bir muhim muvaffiqiyatidan biriga aylandi.

Ochilish marosimida Yevropa Ittifoqi va YuNESKO vakillari bilan bir qatorda mahalliy hokimiyat vakillari, kollejning  mutaxassis-o‘qituvchilari, talabalar, Qo‘shko‘pir tumani mahalliy idora vakillari ham ishtirok etdi. Tadbirning diqqatga sazovor joyi, shubhasiz, kollejning yangidan ta’mirlangan xonalari va jihozlari bo‘ylab uyushtirilgan qiziqarli ekskursiya bo‘ldi. Ishtirokchilar ushbu o‘zgarishlar bilan bevosita tanishish, amalga oshirilgan transformativ yangilanishlar haqida tushunchaga ega bo‘lishdek ajoyib imkoniyatga ega bo‘lishdi. Ushbu interaktiv tajriba tashrif buyuruvchilar, o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash hamda ularga amalga oshirilgan ishlar va kelgusi tadbirlar haqida mazmunli muhokama qilish imkonini berdi. Bundan tashqari, o‘qituvchilar va talabalar tadbir davomida loyiha doirasidagi yutuqlarini ta’kidlab, mehmonlar bilan shaxsiy tajribalari va kasbiy qarashlari  haqida o‘rtoqlashishdi.

Qo‘shko‘pir suv xo‘jaligi va melioratsiya kolleji 1989 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Xorazm viloyatida joylashgan. Loyiha doirasida kollej binolarida sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi, jumladan ustaxonalar, oʻquv xonalari va laboratoriyalar yangi pol qoplamalari, shiftlar, boʻyoqlar va yangilangan yoritish tizimlari bilan taʼmirlandi. Ta’mirlash ishlari kollej infratuzilmasi, jumladan, suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlari va elektr tarmoqlarini qayta tiklash ishlarini qamrab oldi. Bu yaxshilanishlar talabalarga O‘zbekiston qishloqlarida barqaror rivojlanish va turmush sharoitini yaxshilash uchun muhim bo‘lgan sug‘orish bo‘yicha ko‘nikmalarini egallash imkonini beradi.

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasining hamkorlik bo‘limi rahbari Vim Riepma tadbirda quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi:

“Biz bu yerda faqat binolarni modernizatsiya qilmadik, balki  yosh ayollar va erkaklarga zamonaviy sug‘orish usullarini qo‘llash, suvni tejash, suv sifatini yaxshilash va hosildorlikni oshirish, qolaversa, o‘zlari va jamiyatlari uchun yaxshi kelajak qurish bo‘yicha to‘g‘ri ko‘nikmalarni taqdim etmoqdamiz”.

2020-yildan boshlab YuNESKO Yevropa Ittifoqining moliyaviy koʻmagida Oʻzbekiston hukumatining qishloq joylarida aholi turmush darajasini oshirish saʼy-harakatlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida boshqaruv va siyosat islohoti, kvalifikasiyalarni modernizatsiya qilish va sifatli professional ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga eʼtibor qaratib, Oʻzbekistonda kasb-hunar ta’lim strategiyasida yetakchi oʻrinni egallab kelmoqda. Loyiha erkaklar va ayollar, ayniqsa, yoshlarning bandligini oshirishga qaratilgan boʻlsa-da, Oʻzbekistonda barqaror, diversifikatsiyalangan va modernizatsiya qilingan qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi tarmoqlari talablariga javob beradigan zarur koʻnikmalarni egallashga qaratilgan.