EU's financial support helped to renovate the Gijduvon Technical School of Agro Technologies in Bukhara

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan Oʻzbekiston qishloq joylarida bandlik koʻnikmalarini rivojlantirish loyihasi doirasida Buxorodagi G‘ijduvon Agrotexnologiyalar texnikumi YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda o‘zining yangi ta’mirlangan binolari ochilishini nishonladi.

 

Buxoro, 2024 yil 19 mart – Buxorodagi G‘ijduvon Agrotexnologiyalar texnikumi YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda o‘zining yangi ta’mirlangan binolari ochilishini tantanali nishonladi va ushbu tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan Oʻzbekiston qishloq joylarida bandlik koʻnikmalarini rivojlantirish loyihasining muhim bosqichiga aylandi.

Opening ceremony

Marosimda Yevropa Ittifoqi, YuNESKO tashkiloti vakillari, shuningdek, G‘ijduvon tumanidagi mahalliy hokimliklar, kollej xodimlari, o‘quvchilar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilarga loyiha doirasida amalga oshirilgan keng ko‘lamdagi o‘zgarishlar bilan tanishish imkonini beruvchi ta’mirlangan texnikum binolari bo‘ylab uyushtirilgan ekskursiya tadbirning diqqatga sazovor lahzalaridan bo‘ldi. Tajriba texnikumning ta’lim standartlari va muhitiga qay darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatganini aks ettiruvchi ushbu interfaol tajriba tashrif buyurgan mehmonlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida konstruktiv muloqotni shakllantirishga yordam berdi.

G‘ijduvon Agrotexnologiyalar texnikumi tashkil etilganidan buyon o‘z viloyati va unga yaqin hududlardagi qishloq yoshlariga kasb-hunar ta’limini taqdim etib kelmoqda. YuNESKO Yevropa Ittifoqi moliyaviy koʻmagida texnikumning 1105 kvadrat metr maydonida keng koʻlamli taʼmirlash ishlarini amalga oshirdi, ustaxonalar, oʻquv xonalari va laboratoriyalar qaytadan ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, yangi pollar, shiftlar oʻrnatildi, yoritish tizimi yaxshilandi. Mazkur sa’y-harakatlar nafaqat o‘quv maydonlarini jonlantiradi, balki zarur asbob-uskunalar va resurslari, jumladan, qishloq xo‘jaligi traktorlari, issiqxonalar, sovutgichlar va zamonaviy mebellari bilan ta’minlab, maktabning amaliy ta’lim jihatdan imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Ushbu o‘zgarishlar texnikum o‘quvchilariga qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya sohalarida muvaffaqiyat qozonishlari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni berish, bu orqali O‘zbekistonning qishloq joylarida barqaror rivojlanish va turmush darajasini oshirishga ko‘maklashish vazifasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirildi.

2020 yildan boshlab YuNESKO Yevropa Ittifoqining moliyaviy koʻmagida Oʻzbekiston hukumatining qishloq joylarida aholi turmush darajasini oshirish saʼy-harakatlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida boshqaruv va siyosat islohoti, kvalifikasiyalarni modernizatsiya qilish va sifatli professional ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga eʼtibor qaratib, Oʻzbekistonda kasb-hunar ta’lim strategiyasida yetakchi oʻrinni egallab kelmoqda. Loyiha erkaklar va ayollar, ayniqsa, yoshlarning bandligini oshirishga qaratilgan boʻlsa-da, Oʻzbekistonda barqaror, diversifikatsiyalangan va modernizatsiya qilingan qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi tarmoqlari talablariga javob beradigan zarur koʻnikmalarni egallashga qaratilgan.