Fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga doir tashabbuslarni amalga oshirish uchun kichik grantlar tanlovi
Maqsad
Tanlovn maqsadi - fuqarolik ishtirokini rivojlantirish, amaliyotga yo‘naltirilgan yechimlarni joriy etish hamda milliy va mahalliy darajalarda shaffoflikni oshirish orqali korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga ko‘maklashishdir.
Tanlovning ustuvor yo‘nalishlari
Fuqarolik jamiyati institutlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar bilan ishtirok etishga taklif qilinadi:
- Fuqarolik jamiyatining normativ-huquqiy hujjatlar ijodkorligi va huquqiy tashabbuslarni rivojlantirishdagi ishtiroki - korrupsiyaning oldini olish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, muhokama qilish va takomillashtirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirishga qaratilgan loyihalar qo‘llab-quvvatlanmoqda.
- Raqamli yechimlar va shaffoflik vositalarini ishlab chiqish hamda joriy etish - shaffoflik, hisobdorlik va jamoatchilik nazoratini oshirish uchun raqamli texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi.
- Iqtisodiy faoliyatda halollikni va xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash - xotin-qizlarning iqtisodiy faolligiga ta’sir ko‘rsatadigan sohalarda korrupsiya to‘siqlarini kamaytirish va shaffoflikni oshirishga qaratilgan loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi.
- Mahalliy darajada korrupsiyaga qarshi kurashish - mahallalar va mahalliy hamjamiyatlar miqyosida korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin
Kichik grantlar tanlovida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan, ustavida ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalari grant loyihasi mavzusiga mos keladigan milliy NNTlar (xususan, ayollar va yoshlar tashkilotlari, turli mulkchilik shaklidagi akademik (ta’lim) va ilmiy muassasalar) taklif etiladi.
Tanlovda tijorat tashkilotlari (MChJ, AJ va boshq.), tugatish bosqichidagi tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar ishtirok eta olmaydi.
Grant miqdori
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori 6 000 AQSh dollarigacha.
Ishtirok etish tartibi
❗Arizalarni topshirishdan avval nomzodlar loyiha jamoasi tomonidan o‘tkaziladigan axborot sessiyalarida qatnashishlari zarur. Unda ishtirok etish tanlovning majburiy sharti hisoblanadi va nomzodlarni grant tartib-qoidalari bilan tanishtirish, tanlov hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish, shuningdek, ularning huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan.
Onlayn sessiyalar sanasi va vaqti:
-
2026-yil 17-aprel, 15:00;
-
2026-yil 24-aprel, 10:00.
Ro‘yxatdan o‘tish va ishtirok etish uchun havola olish maqsadida anti-corruption.contest@undp.org elektron manziliga xat yuboring yoki +998 98 800 20 84 telefon raqamiga murojaat qiling.
Ariza berish tartibi
- Tanlov konsepsiyasi va nizomi bilan tanishib chiqing.
- Tanlovda ishtirok etish uchun loyiha arizasi va ma’muriy shaklni taqdim etish kerak.
- Loyiha arizasi ariza beruvchi tashkilotni identifikatsiya qilish imkonini beradigan ma’lumotlarsiz o‘zbek yoki rus tilida tayyorlanishi lozim.
- To‘ldirilgan ariza va shaklni quyidagi manzilga yuboring: anti-corruption.contest@undp.org
Arizalarni topshirishning oxirgi muddati — 2026 yil 4 may, Toshkent vaqti bilan soat 00:00 gacha.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun bog‘lanish raqami: +998 98 800 20 84.
PRACTICAL INFORMATION
Tel. +998 98 800 20 84