Global Gateway Forumi: Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoning energiya transformatsiyasini ragʻbatlantirish uchun gidroenergetika sohasidagi investitsiyalarni kengaytirmoqda

Markaziy Osiyoda energiya va suv xavfsizligini sezilarli darajada mustahkamlash maqsadida, Yevropa Ittifoqi va hamkorlar Markaziy Osiyodagi gidroenergetika infratuzilmasiga yangi investitsiyalarni e'lon qildilar. Xususan, Qirgʻizistondagi Kambarata-1 gidroelektr stansiyasi mega-loyihasi boʻyicha Yevropa Ittifoqi, Yevropa Investitsiyalar Banki (EIB) hamda Qirg’iziston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston o‘rtasida umumiy qiymati 900 million yevro bo‘lgan O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi, shuningdek, Yevropa Ittifoqi tomonidan ham moliyalashtirilgan va Jahon Banki tomonidan amalga oshirilgan texnik-iqtisodiy tahlil taqdim etildi.

 

Markaziy Osiyoda energiya va suv xavfsizligini sezilarli darajada mustahkamlash maqsadida, Yevropa Ittifoqi va hamkorlar Markaziy Osiyodagi gidroenergetika infratuzilmasiga yangi investitsiyalarni e'lon qildilar. Xususan, Qirgʻizistondagi Kambarata-1 gidroelektr stansiyasi mega-loyihasi boʻyicha Yevropa Ittifoqi, Yevropa Investitsiyalar Banki (EIB) hamda Qirg’iziston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston o‘rtasida umumiy qiymati 900 million yevro bo‘lgan O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi, shuningdek, Yevropa Ittifoqi tomonidan ham moliyalashtirilgan va Jahon Banki tomonidan amalga oshirilgan texnik-iqtisodiy tahlil taqdim etildi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) ham Qirg’iziston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston bilan O‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi va loyiha uchun umumiy moliyalashtirish paketi sifatida 1,3 milliard yevro miqdorida mablag‘ ajratilishi ko‘rib chiqilmoqda.

Ushbu yangi investitsiyalar mahalliy aholining elektr energiyasini yetkazishni yaxshilaydi va iqtisodiy imkoniyatlarni ochib beradi. E’lonlar 9–10 oktabr kunlari Bryusselda o‘tkazilayotgan Global Darvoza Forumi doirasida ma'lum qilindi.

Xalqaro Hamkorlik bo‘yicha Yevropa Komissari Yozef Sí̇kela yangi e’lonlarni iliq kutib oldi:

“Markaziy Osiyoda yaqinda bo‘lib o‘tgan tashriflarim davomida mintaqa barqarorligi uchun suvning ahamiyatini chuqur angladim. Gidroelektr stansiyalariga aqlli investitsiyalar ishonchli va arzon elektr energiyasini yetkazib berishni yaxshilashi, mahalliy aholi uchun daromad manbai bo‘lishi, barqaror qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashi hamda odamlar salomatligi va atrof-muhitning himoyasi yo‘lida xizmat qilishi mumkin. Markaziy Osiyoda energiya ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega Kambarata-1 gidroelektr stansiyasining barpo etilishini qo‘llab-quvvatlashdan faxrlanamiz. Bizning yangi investitsiyalarimiz Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlaydi.”

“Yevropa Komissiyasining kafolatlari bilan quvvatlanib, iqlim banki sifatida EIB Markaziy Osiyoda mintaqaviy energetika hamkorligini kuchaytiradigan infratuzilmalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Biz Kambarata-1 gidroelektr stansiyasi loyihasining mintaqaviy qayta tiklanadigan elektr energiyasi savdosini kengaytirishda, iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirishda, va energiya xavfsizligini oshirishda muhim rol o‘ynashini ko‘ryapmiz,” — deydi EIBning Markaziy Osiyo bo‘yicha operatsiyalarini nazorat qiluvchi vitse-prezidenti Kiriakos Kakuris. Bu hamkorliklar Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan o‘zaro hurmatga asoslangan strategik hamkorlikni chuqurlashtirishga, odamlar va sayyoraga umumiy foyda keltirishga bo‘lgan majburiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.

Kambarata-1 gidroelektr stansiyasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy flagman loyiha bo‘lib, energiya va suv xavfsizligini oshiradi hamda qayta tiklanadigan energiyani kengaytirishga hissa qo‘shadi. EBRD — loyihada ishtirok etayotgan barcha davlatlarda yetakchi investitsiyalardan biri sifatida — mintaqaviy o‘zaro bog‘lanish va samarali suv boshqaruvi yo‘lida Yevropa Ittifoqi va hamkorlar bilan birga ishlashdan mamnundur,” — deydi EBRD Prezidenti Odile Reno-Basso.

Yevropa Jamoasi - Team Europe yondashuvi doirasida, Yevropa Ittifoqi, uning a’zo davlatlari, moliyaviy institutlar va xususiy sektor bilan birgalikda, Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoda suv boshqaruvi bo‘yicha mintaqaviy boshqaruvni yaxshilash ustida ishlamoqda. Ushbu hamkorlik mintaqaning gidroenergetika, shu jumladan suv, energetika va iqlim o'zgarishi bo'yicha salohiyatini Yevropa Jamoasi tashabbusi orqali ham ochib beradi. Bu tashabbus suv va energiya muammolarini hal qilish, mintaqaviy hamkorlikni takomillashtirish hamda Markaziy Osiyoda yashil va ko‘k (green & blue) o‘tishni rag‘batlantirishni maqsad qiladi.

Forum davomida Yevropa Ittifoqi Suv, Energiya va Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Yevropa Jamoasi tashabbusi doirasida mintaqaviy yashil o‘tish va milliy energetika sektoridagi islohotlarning ta'sirini namoyish etdi. Ishtirokchilar mintaqada rejalashtirilgan ikkita Global Darvoza loyihasi — Kambarata-1 va Rog‘un gidroelektr stansiyalari — bo‘yicha keyingi bosqichlar haqida ham fikr almashdilar.

Ma’lumot uchun

Kambarata-1 gidroelektr stansiyasi
Bu transformatsion energiya mega-loyihasi Qirg‘izistondagi Norin daryosida tayyorlanmoqda. U mamlakatdagi eng katta hamda Markaziy Osiyoda eng muhim gidroelektr stansiyalardan biri bo‘ladi. Loyiha yakunlangach, u Qirg‘izistonning energiya xavfsizligini sezilarli darajada oshirishi, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishi va mintaqaning iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shishi mumkin. Yashil deb atalgan loyiha sifatida, u xalqaro donorlar, jumladan Yevropa Jamoasi yondashuvini namoyich etadigan Yevropa Ittifoqi, EIB, EBRD va Italiyadagi Cassa Depositi e Prestiti rivojlanish banklari tomonidan allaqachon katta qiziqish uyg‘otgan, bu ham qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarishda markaziy hamkor ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Rog‘un gidroelektr stansiyasi
Bu toza energiya megaloyihasi - dunyodagi eng baland to‘g‘on - Tojikiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim hisoblanadi. U 2032 yilgacha mamlakatning energiya ishlab chiqarishini ikki barobar oshirishi, ichki ehtiyojlarning yetishmasligini kamaytirishi, mintaqaning uglerod chiqindilarini pasaytirishga xizmat qilishi va mintaqaviy elektr eksportini amalga oshirishga imkon berishi mumkin. Jahon Banki rahbarligida Yevropa ittifoqi va bir qancha donorlar bu loyiha uchun barqaror asos yaratishyapti. Bir nechta Yevropa kompaniyalari ham loyiha jarayonida faol ishtirok etmoqda.

Global Darvoza Forumi
Global Gateway Forumi Yevropa Ittifoqi va butun dunyodan yetakchi shaxslar, xususiy sektor, fuqarolik jamiyati, fikr yetakchilari, moliyaviy institutlar va xalqaro tashkilotlarni Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDG) hamda dunyo bo‘ylab barqaror o‘sish va chidamlilikni ta’minlash maqsadidagi qattiq hamda yumshoq infratuzilmalariga global investitsiyalarni rag‘batlantirish maqsadida birlashtirgan.

Global Darvoza
Global Gateway — bu Yevropa Ittifoqining butun dunyo bo‘yicha investitsiyalar taqsimotidagi farqini qisqartirish va raqamli, energiya va transport sohalarida aqlli, toza va xavfsiz aloqlarni rivojlantirish, shuningdek sog‘liqni saqlash, ta’lim va tadqiqot tizimlarini mustahkamlash bo‘yicha ijobiy taklifidir.

Global Darvoza strategiyasi Yevropa Jamoasi yondashuvini o‘zida mujassamlashtiradi, unda Yevropa Ittifoqi, uning a’zo davlatlari va Yevropa rivojlanish bo‘yicha moliyalashtirish institutlari birgalikda ishlayapti. 2021–2027 yillari mobaynida biz jamoat va xususiy investitsiyalar orqali bog‘liqlik emas, balki zarur aloqalarni yaratish va global investitsiyalar bo‘yicha bo‘shliqni yopish uchun 300 milliard yevrogacha mablag‘ni safarbar qilishni maqsad qilmoqdamiz.

Qoʻshimcha ma’lumot uchun