Har bir bola o‘z uyida xavfsiz hayot kechirishga haqlidir
Nizolar vaqtida hamda tinch zamonda bolalar huquqlari har bir davlatning bosh mas’uliyati bo‘lib qolishi darkor. Millati, siyosati yoki jug‘rofiy joylashuvidan qat’i nazar har bir bola bir xil asosiy huquqlarga ega: xavfsizlik, oila, ta’lim va hadiksiz hayot huquqiga. Bolalar urush qurbonlari bo‘lgan vaqtda ularni himoyasi nafaqat milliy, balki butun xalqaro hamjamiyatning majburiyati bo‘lmog‘i lozim.
Ukrainalik bolalarni majburiy ko‘chirish 2022 yildagi keng ko‘lamli tajovuzdan so‘ng boshlangan emas. Bu amaliyot ancha oldin – 2014 yilda Qrimni Rossiya Federatsiyasi tomonidan noqonuniy bosib olinganidan keyin boshlangan edi. 2015 yilga kelib esa ukrainalik bolalarni bosib olingan hududlardan olib ketish va ularni chegara orqali yoki Rossiya nazorati ostidagi hududlardan ichkarilarga ko‘chirilganliklari haqida guvohliklar paydo bo‘ldi.
Bunday noqonuniy va g‘ayriinsoniy amaliyot ukrainalik bolalarning huquqlari buzilishining keng ko‘lamli va tizimli ko‘rinish oldi. Bugun Ukraina Adliya vazirligi 20 mingdan ortiq bolani Rossiyaga yoki Rossiya tomonidan vaqtinchalik nazorat ostida bo‘lgan hududlarga deportatsiya qilingani va majburan ko‘chirilganini rasman tasdiqladi. Mazkur bolalar uchun oqibatlar nafaqat oilalaridan, o‘zlarining hamjamiyatlariga mansubligidan ajralishlarini, o‘ziga xosliklarini, tilini va oilasi bilan aloqalarni yo‘qotilishini anglatadi. Ularning taqdiri nizolar sharoitida bolalarni himoyalash — bu mavhum tamoyil emas, balki barqaror xalqaro hamkorlikni talab qiluvchi insoniy mas’uliyat ekanligini eslatadi.
Ukraina hukumati va mazkur holatlar bo‘yicha ishlovchi fuqarolik jamiyati tashkilotlari bolalarning joylashgan joylarini aniqlashda ulkan qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Rossiya ko‘chirilgan bolalar soni va ular turgan joylar haqida batafsil axborotni taqdim etgani yo‘q — bu esa ularni shaxsini aniqlash va keyinchalik qaytarish juda ham murakkab bo‘lib qolmoqda. Hattoki bolalarni topish imkoni bo‘lganida ham ularni uyiga qaytarish uzoq va murakkab jarayon bo‘lishi mumkin.
Aynan shuning uchun xalqaro hamkorlik hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Biron bir mamlakat mana shunday tahdiddan yolg‘iz uddasidan chiqa olmaydi. Hech bir bola dunyo qachon harakat qilishini kutib o‘tirmasligi lozim.
Aynan shu maqsadlarda Ukraina Prezidenti Zelenskiyning 2023 yildagi Bring Kids Back UA tashabbusi va 2024 yil fevral oyida ukrainalik bolalarni qaytarish bo‘yicha Ukraina va Kanada tomonidan tashkil etilgan Xalqaro koalitsiya xizmat qiladi. Bring Kids Back UA tashabbusi bolalarni qaytarish, ularni tiklash va reintegratsiyasini qo‘llab-quvvatlash hamda aybdorlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha Ukrainaning sa’y-harakatlari uchun milliy asosni ta’minlaydi. Xalqaro koalitsiya bu maqsadlarga erishish uchun xalqaro ko‘makni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni jalb etadi. Bugungi kunda koalitsiya 47–49 ta davlat va xalqaro tashkilotlarni birlashtiradi. Uning faoliyati insonparvarlik tabiatiga ega va bolalar huquqlarini himoya qilishga, ularni himoyasida xalqaro standartlarga rioya qilishga yo‘naltirilgan.
Ukraina va Kanada hamraislar sifatida Koalitsiyani tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash, xalqaro ishtirokni kengaytirish, ukrainalik bolalarni qaytarish masalasini jahon kun tartibining ustuvor yo‘nalishlari qatorida saqlab qolish, shuningdek qidirish, xavfsiz qaytarish, reabilitatsiya, reintegratsiya va aybdorlarni javobgarlikka tortish masalalarida amaliy qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish bo‘yicha yaqin hamkorlik qildilar. Bu yetakchilik oddiy bir ishonchga asoslanadi: bolalar hech qachon urush vositasi sifatida ishlatilmasligi kerak.Yevropa Ittifoqi 2025 yil sentabr oyida Koalitsiyaning a’zosi bo‘ldi.
Izchil diplomatik, gumanitar va huquqiy sa’y-harakatlar hamda xalqaro hamkorlik orqali bugungi kunga kelib 21 320 nafar ukrainalik bolani qaytarib kelishga va tiklanish hamda reintegratsiya dasturlari doirasida ularga madad berilishiga muvaffaq bo‘lindi. Har bir bola uchun uyiga qaytish — oila muhiti, ona tili va madaniyati hamda o‘zining haqiqiy uyi bo‘lgan joyda o‘sib ulg‘ayishi kabi o‘zgartirib bo‘lmaydigan narsaning tiklanishini anglatadi.
Ammo bu tarixning bir qismi xolos. Deportatsiya qilingan yoki bosib olingan hududlarda qolayotgan anchagina ko‘p bolalar hanuz Rossiyaning vaqtinchalik nazorati ostida qolmoqda. Mazkur muammoni yechimini topish haqiqiy global javobni talab qiladi. Nizolar vaqtida bolalarni himoyasi — bu bir davlat yoki tashkilotning mas’uliyati emas, balki insonlarning universal huquqlari va umumiy qadriyatlariga asoslangan burchdir.
Shu sababdan biz jahonning barcha mamlakatlarini Ukrainalik bolalarni qaytarish bo‘yicha Xalqaro koalitsiya ishiga qo‘shilishga yoki kuzatuvchi bo‘lib ishtirok etishga chaqiramiz. Biz, shuningdek, Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi va Yaqin Sharq mamlakatlari ushbu sohada bebaho tajribaga ega ekanligini tan olamiz. Tinchlikparvarlik va murosa jarayonlaridan tortib, bolalarni nizolardan so‘ng himoya qilish va jamiyatga qaytarish dasturlarigacha — ko‘plab mamlakatlar muhtoj bolalarni himoyalashda va hamjamiyatlarni tiklashda yetakchilikni namoyon qilmoqda.
Koalitsiya nafaqat ukrain bolalarini qaytarishga ko‘maklashuvchi platforma hisoblanadi; bu, shuningdek, mojarolar sharoitida bolalarni himoya qilish bo‘yicha global yondashuvlarni mustahkamlash va tajriba almashish uchun maydondir. Ukrainadagi mojaro bizning faoliyatimiz uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lsa-da, maqsad ancha keng: biz kelgusida xalqaro amaliyotlarni yanada kuchaytirishga intilamiz, shunda butun dunyodagi har qanday mojaroda bolalarni yaxshiroq himoya qilish imkoniyati yaratiladi.
Koalitsiyada ishtirok etish, shuningdek, bolalarni himoya qilishga oid huquqiy va institutsional mexanizmlarni birgalikda ishlab chiqish imkonini beradi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida oilalarni qidirish, bolalarni qaytarish, ularning psixologik reabilitatsiyasi hamda ko‘chirib yuborilgandan keyin bolalarning madaniy o‘zligini saqlab qolish bo‘yicha yondashuvlar ishlab chiqilgan. Ushbu tajribani birlashtirgan holda, Koalitsiya har qanday mojaroda bolalar huquqlariga rioya etilishini ta’minlashga xizmat qiluvchi xalqaro me’yorlar va amaliy mexanizmlarni mustahkamlashga intiladi.
Koalitsiya ushbu hamkorlikni kengaytirishni davom ettirmoqda. Bugun Bryusselda Yevropa Ittifoqi, Ukraina va Kanada birgalikda tashkil etgan ukrainalik bolalarni qaytarish bo‘yicha Xalqaro koalitsiyaning yuqori darajadagi navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Pirovard natijada, bolalarni himoya qilish hech qachon geosiyosiy kelishmovchiliklardan ustun yoki ularga bog‘liq sifatida ko‘rilmasligi kerak. Bu xalqaro huquqqa asoslangan va har bir bola xavfsizlik, qadr-qimmat va g‘amxo‘rlikka loyiq ekanini tan olishga tayanadigan umumiy gumanitar imperativdir.
Biz hamkorlarni ushbu sa’y-harakatga qo‘shilishga taklif qilamiz. Butun dunyo mamlakatlarini ushbu sa’y-harakatlarga qo‘shilishga va o‘z ovozi hamda noyob tajribasi bilan o‘rtoqlashishga chaqiramiz. Sizning ovozingiz, tajribangiz va bebaho yetakchiligingiz — bularning barchasi bolalarni himoya qilishning universal ustuvor yo‘nalish sifatida saqlanib qolishi uchun nihoyatda muhimdir.
Birgalikda ishlab — mintaqalar, madaniyatlar va siyosiy farqlarga qaramay — biz mojaro tufayli vayron bo‘lgan bolalikni tiklashimiz va butun dunyoda bolalarni himoya qilishning global tizimini mustahkamlashimiz mumkin. Chunki bolalarning huquqlari va qadr-qimmati haqida gap ketganda, bizning umumiy insoniyligimiz har doim birinchi o‘rinda turishi kerak.