Iqlim o‘zgarishi xavf va tahdidlari haqida nimalarni bilamiz?
10 avgust kuni Toshkentda Yevropa Ittifoqi moliyalashtirayotgan loyiha doirasida BMT Taraqqiyot Dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) bilan hamkorlikda Farg‘ona Vodiysida o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini muhokama qilish va davlat idoralari hodimlarining iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf va tahdidlar to‘g‘risida xabardorligini oshirish bo‘yicha tadbir tashkil etildi.
Yig‘ilishda soha mutaxassislari tomonidan iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavf va tahdidlar bo‘yicha o‘tkazilgan so’rovnoma natijalari taqdim etildi. Ijtimoiy tadqiqot natijasida Farg‘ona vodiysida faoliyat olib boruvchi soha vakillarining iqlim o’zgarishiga bilan bog’liq xavflar, tabiiy ofatlar va tegishli moslashuv choralari o‘rtasidagi o’zaro bog‘liqlik bo’yicha xabardorligi yetarli darajada emasligi ta’kidlandi (respondentlarning 20 foizi iqlim o’zgarishi xavflaridan xabardor ekanligini tasdiqlshgan). Xususan, Farg’ona Vodiysi respublikadagi aholi eng zich joylashgan va tabiiy resurslardan foydalanish bo’yicha intensivligi yuqor ekanligi tufayli iqlim o'zgarishi jarayonlariga beqaror ekanligi qayd etildi.
Tadbir ishtirokchilari Farg‘ona vodiysida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va ularga moslashish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni qabul qilish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. E’tiborlisi, so’rovnomada ishtirok etgan 92% respondentlar iqlim o’zgarishi inson salomatligiga ayniqsa ayollar turmush darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatishini aytib o’tishgan.
Tadbir davomida ishtirokchilar (30-35 foiz ayollar) Farg‘ona vodiysida iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikdagi yangi yondashuvlar, g‘oyalar va tashabbuslar yuzasidan fikr va tajriba almashdilar. Tadbir yakunida qaror qabul qiluvchilar va oʻrta boʻgʻindagi tarmoq mutaxassislarining iqlim oʻzgarishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf va tahdidlar toʻgʻrisida tushunchasi va xabardorligini oshirish maqsadida loiha doirasida amalaga oshirilishi ko’zda tutilgan chora-tadbirlar Rejasi ishlab chiqildi.
Ma’lumot: Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va barqarorlik” mintaqaviy loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy maqsadi, Farg’ona vodiysining, Oʿzbekiston, Qirgʿiziston va Tojikiston respublikalari bilan chegaradosh hududlarda barqarorlikni ta’minlash va iqlim o’zgarishiga chidamli rivojlanish modellarini qo’llab-quvattlashdan iborat.