Jahon matbuot erkinligi kuni: Yevropa Ittifoqi nomidan Yevropa Ittifoqi Oliy Vakilining bayonoti

Har kuni jurnalistlar va OAV xodimlari o‘zlarini ko‘pincha katta xatarga qo‘yib, o‘zlarining so‘z erkinligiga huquqlarini jasorat bilan amalga oshirib kelmoqdalar. Dalillarga asoslangan mustaqil jurnalistika adolatsizlik holatlarini fosh qilib, yetakchilarni javob berishga da’vat qilib va fuqarolarga chuqur o‘ylab ko‘rilgan yechimlarni qabul qilishlariga imkon berib bizning demokratiyani himoyalashga yordam beradi. 60dan ortiq mamlakatda 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda jurnalistlar ishi har qachongidan zarurdir. Jahon matbuot erkinligi kuni biz ularning ishi va jasoratiga munosib ravishda baho beramiz.

 

Voqealar joyida bizning ko‘zimiz va quloqlarimiz bo‘lguvchi jurnalistlar har doim va har joyda himoya qilinishi lozim. Yevropa Ittifoqi davlat, tashkillashtirilgan guruhlar yoki alohida olingan shaxslardan qat’iy nazar ular tomonidan amalga oshirilayotgan ayrim harakatlar chog‘ida o‘zlarining professional faoliyatlarini bajarayotgan jurnalistlarga nisbatan barcha zo‘ravonlik, shu jumladan tahdidlarni keskin qoralaydi. Bunday jinoyatlar, qaerda sodir etilganidan qat’iy nazar, jazosiz qolmasligi darkor.

Harbiy nizolarni yoritayotgan jurnalistlar va OAV vakillari xalqaro gumanitar huquqlar bilan himoyalanishi lozim. Yevropa Ittifoqi halokatli urushlarni yoritish vaqtida halok bo‘lgan yoki jarohatlangan jurnalistlar soni keskin oshib borayotganidan afsusvlar bildiradi. Bizga G‘azodan yangiliklarni yetkazib turgan juda ham ko‘plab jurnalistlar keyingi oylarda halok bo‘lishdi. Jurnalistlar Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorona urushini, hamda Myanma, Sudan va boshqa mamlakatlardagi nizolarni yoritish chog‘ida har kuni xatarlarga duchor bo‘lmoqdalar.

Yevropa Ittifoqi axborot maydonini nazorat qilish va jamoatchilikni haqqoniy va ob’ektiv materiallarni olishlarini cheklash uslubi sifatida mustaqil OAVlarga rad javobi berilayotgani uchun jiddiy tashvish bildirmoqda.

Butun dunyoda mustaqil OAV o‘zlarining faoliyatlari uchun tahdidlarga duchor bo‘lmoqdalar. Bugun, OAV barqaror siyosiy, iqtisodiy va huquqiy sharoitlarda ishlashlari uchun har qachongidan ham keskin harakatlarni amalga oshirishimiz kerak. Yevropa Ittifoqi o‘z hududida OAV erkinligi haqidagi Yevropa qonunini qabul qilib, bu yo‘nalishda sezilarli qadamlarni tashladi. Bu muhim qonunchilik hujjati tahririyat erkinligini mustahkamlash, jurnalistlarning axborot manbalarini himoya qilish va ommaviy axborot vosilaraini Yevropa Ittifoqidagi ishlarini shaffofligini oshirish yo‘naltirilgandir.

Yevropa Ittifoqi butun dunyoda OAV erkinligi va plyuralizmga qat’iy sodiyligini saqlab qolmoqda. OAVni himoya qilar ekanmiz, biz nafaqat ma’lumot olishga huquqimizni, balki haqiqat va hisobdorlikka asoslangan kelajagimizni shakllantirishga qodirligimizni ham himoya qilamiz.