Jurnalistlar korrupsiyaga qarshi: Oʻzbekistonda surishtiruv jurnalistikasi boʻyicha seminar oʻtkazildi

2025-yil 22-23-avgust kunlari Toshkent viloyatida mamlakatning turli hududlaridan kelgan 30 dan ortiq jurnalist, bloger va muharrirlar ishtirokida surishtiruv jurnalistikasi boʻyicha intensiv oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Mazkur seminar Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda va Yevropa Ittifoqi (YI) koʻmagida tashkil etildi.

2025-yil 22-23-avgust kunlari Toshkent viloyatida mamlakatning turli hududlaridan kelgan 30 dan ortiq jurnalist, bloger va muharrirlar ishtirokida surishtiruv jurnalistikasi boʻyicha intensiv oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Mazkur seminar Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda va Yevropa Ittifoqi (YI) koʻmagida tashkil etildi.

Uning daturida surishtiruvni rejalashtirish, manbalarni tekshirish, insayderlar va ochiq maʼlumotlar bilan ishlash boʻyicha mahorat darslari oʻrin oldi. Tadbir ishtirokchilari raqamli xavfsizlik koʻnikmalarini mashq qilish barobarida jurnalistikada sunʼiy intellektni qoʻllash imkoniyatlari va xatarlarini sinovdan oʻtkazdilar, shuningdek, korrupsiyaga oid vaziyatlarni yoritishda gender jihatlar hisobga olingan yondashuvlarni muhokama qildilar. Seminar natijasida sifatida ishtirokchilar kichik surishtiruv formatidagi guruh loyihalarini ishlab chiqib, taqdim etdilar.

Bu seminar-trening Yevropa Ittifoqi koʻmagida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMTTD loyihasi doirasida butun mamlakat boʻylab jurnalistlar va blogerlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga asosida oʻtkazildi. Soʻrovnomaning maqsadi esa, ommaviy axborot vositalari hamjamiyatining haqiqiy ehtiyojlarini aniqlash va samarali surishtiruv oʻtkazish uchun mutaxassislarga aynan qanday bilim va koʻnikmalar kerakligini tushunishdan iborat edi. Tadqiqotning koʻrsatishicha, Oʻzbekistonda jurnalistlar uchun huquqiy savodxonlik (respondentlarning 77%), manbalarni tekshirish (71%) va materiallarni yoritishda xolislik (64%) ustuvor ahamiyatga ega ekan. Shu bilan birga, soʻrovnoma ishtirokchilarining aksariyati tahririyatlar surishtiruv ishlariga yetarli darajada qoʻllab-quvvatlamayotganini taʼkidladi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun ishtirokchilar soha mutaxassislari bilan birgalikda jurnalistlar faoliyatining huquqiy asoslarini tahlil qildilar, raqamli xavfsizlik masalalarini muhokama qilib, surishtiruvlarni tahririyatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish yoʻllarini izladilar. Jurnalistlar surishtiruv ishlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, unga oid maqolalarni nashr etishdan oldin huquqiy maslahat berish, maʼlumotlar va muloqotlarning raqamli xavfsizligini taʼminlash, materialda tilga olingan korrupsiyaga aloqador mansabdor shaxslar tomonidan boʻladigan tazyiq va tahdidlardan himoya qilish, shuningdek, jurnalist xotin-qizlarni shantaj va taʼqiblardan himoya qilish boʻyicha maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligini taʼkidladilar. Ishtirokchilarga qonunlarni puxta oʻrganish, huquqshunoslar bilan maslahatlashish, himoyalangan aloqa kanallaridan foydalanish, shuningdek, manbalarning maxfiyligini qatʼiy darajada saqlash boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan amalga oshirilayotgan va Yevropa Ittifoqi (YI) tomonidan moliyalashtiriluvchi “Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” qoʻshma loyihasi doirasida tashkil etildi.