Mamlakat Platformasi: Hukumat va xalqaro hamkorlar “O‘zbekiston—2030” Strategiyasi yo‘lida erishilgan yutuqlarni muhokama qilishmoqda

Toshkent, 10-oktabr, 2024-yil – O‘zbekiston hukumatining 80 dan ortiq vakillari va xalqaro hamkorlar Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Mamlakat Platformasining uchinchi yig‘ilishida ishtirok etdilar. Mazkur yig‘ilish uchta Ishchi Guruh tomonidan amalga oshirilgan ishlar va O‘zbekistonning rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha hisobot berish va kelgusidagi rejalarni muhokama qilish imkonini berdi: suv resurslari va ta’minoti, sanitariya; transport; shahar va qishloq hududlarini rivojlantirish.

Suv resurslari, suv ta’minoti va sanitariya bo‘yicha Ishchi Guruhi suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish tamoyillarini joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilgan natijalarni taqdim etdi va O‘zbekistonning barcha hududlarida aholining xavfsiz va yetarli ichimlik suv hamda sanitariya xizmatlari bilan ta’minlash bo‘yicha kelgusi rejalari haqida ma’lumot berdi. 

Country Platform: Government and International Partners Discuss the Progress towards the Uzbekistan

Transport bo‘yicha Ishchi Guruh mamlakat bo‘ylab yo‘lovchilarga xavfsiz va yuqori sifatli transport xizmatlarini taqdim etishda qo‘lga kiritilgan yutuqlarni ta’kidlab o‘tdi va ekologik toza hamda samarali transport turlariga o‘tish bosqichlariga e’tibor qaratdi. O‘zbekiston hukumati va xalqaro tashkilotlardan kelgan transport bo‘yicha ekspertlar jahon standartlariga javob beradigan infratuzilmani yaratishga yo‘naltirilgan investitsiyalarni hamda yaqinda Senat tomonidan tasdiqlangan yangi “Temir yo‘l transporti to‘g‘risidagi” qonunning ahamiyatini qayd etishdi.

Shuningdek, shahar va qishloq hududlarini rivojlantirish bo‘yicha Ishchi Guruh yaqinda amalga oshirilgan bir qator islohotlarni, jumladan yangi “Shaharsozlik kodeksining” qabul qilinishi hamda shahar va qishloq aholi punktlari uchun bir qator shaharsozlik hujjatlarining ishlab chiqilishini taqdim etdi.

Country Platform: Government and International Partners Discuss the Progress towards the Uzbekistan

Mamlakat Platformasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan boshqarilib kelmoqda. Mamlakat Platformasi barcha asosiy manfaatdor tomonlarni birlashtirib, “O‘zbekiston—2030” Strategiyasining maqsadlariga texnik va moliyaviy yordamning samarali yo‘naltirilishini ta’minlashga yordam berib kelmoqda. Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov shuni ta’kidladi:

“Rivojlanish hamkorlari va hukumat o‘rtasidagi samarali hamkorlik, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilangan asosiy islohotlar ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, bu barchaning yanada farovon va barqaror kelajagini qurishga qaratilgan. Strategik islohotlar agentligi xalqaro moliya institutlari, vazirliklar, idoralar va rivojlanish hamkorlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirishda markaziy rol o‘ynaydi, Prezidentning 109-sonli farmoni bilan tasdiqlangan yo‘l xaritasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlaydi, shuningdek, davlat boshqaruvida ochiq  va hisobot bergan holda ish oshirishga xizmat qiladi”.

Country Platform: Government and International Partners Discuss the Progress towards the Uzbekistan

Yevropa Ittifoqi 2025-yil oxirigacha Mamlakat Platformasiga kotibiyat ko‘magini taqdim etuvchi xalqaro bosh hamkor hisoblanadi. Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi, janob Toyvo Klaar shuni ta’kidladi:

“Texnik yordam, grantlar ajratish va Mamlakat Platformasini qo‘llab-quvvatlash orqali Yevropa Ittifoqi hukumatning keng qamrovli islohotlar dasturini olg‘a surishda yordam bermoqda. Hukumat va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar o‘rtasida fikr almashishning kuchayishi kutilgan natijalarga yanada samarali va o‘z vaqtida erishishga yordam beradi”

Country Platform: Government and International Partners Discuss the Progress towards the Uzbekistan

Mamlakat Platformasida ishtirok etganlar O‘zbekiston xalqining manfaati uchun islohotlarni ilgari surish maqsadida “O‘zbekiston—2030” Strategiyasi ustuvor yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlovchi, jumladan, qishloq xo‘jaligi, energiya xavfsizligi va qonun ustuvorligi kabi 13 ta sektor bo‘yicha Ishchi Guruhlar bilan hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.