Markaziy Osiyo: Oliy vakil Borrel Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Tashrif vazifasi Yevropa Ittifoqining ikki tomonlama va mintaqaviy munosabatlaridagi ijobiy sur'atni yanada mustahkamlash va rivojlantirish, xususan, Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo vazirlar uchrashuviga raislik qilish va Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha: "Global darvoza” konferensiyasiga hammezbonlik qilishdan iborat.

Oliy Vakil/Vitse-Prezident Jozep Borrell 16-17 noyabr kunlari Qozog‘istonning Ostona shahridan boshlab, 17-19 noyabr kunlari Samarqand shahriga tashrifini davom ettirib, Markaziy Osiyoga safar qiladi. Uning vazifasi Yevropa Ittifoqining ikki tomonlama va mintaqaviy munosabatlaridagi ijobiy sur'atni yanada mustahkamlash va rivojlantirish, xususan, Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo vazirlar yig'ilishiga raislik qilish va Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha: "Global darvoza” konferentsiyasiga hammezbonlik qilishdan iborat.

Qozog‘istonda Oliy Vakil Prezident Tokayev va Tashqi ishlar vaziri Tileuberdi bilan uchrashadi, so‘ngra 17 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:40da (Markaziy Yevropa vaqti bilan 06:40) qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazadi.

Oliy Vakil/Vitse-Prezident Borrel so‘ng O‘zbekistonning Samarqand shahriga boradi va u yerda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Norov mezbonlik qiladigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” 18-Vazirlar uchrasguviga hammezbonlik qiladi. Uchrashuv mintaqa davlatlari bilan xavfsizlik, savdo va sarmoya, transport, yashil energiya va barqaror oʻsish, aloqalarni yaxshilash kabi sohalarda hamkorlikni faollashtirish, shuningdek, taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida yaqin hamkorlik qilish imkonini beradi. Vazirlar, shuningdek, mintaqaviy muammolar, jumladan, Afgʻonistondagi vaziyat va Rossiyaning Ukrainaga qarshi noqonuniy harbiy tajovuzining salbiy oqibatlari haqida fikr almashadilar. Uchrashuvdan keyin 17 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00 (Markaziy Yevropa vaqti bilan 15:00) atrofida Tashqi ishlar vaziri Norov bilan qo‘shma matbuot anjumani o‘tkaziladi.

18-noyabr kuni Oliy Vakil/Vitse-Prezident Borrell Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha: "Global darvoza” konferensiyasiga mezbonlik qiladi. Konferensiya uchta mavzuni qamrab oladi: Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi raqamli aloqa, transport kommunikatsiyasi va energiya aloqasi. Shu nuqtai nazardan, YeI xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda mintaqaga sarmoya kiritishni rag‘batlantirishga harakat qiladi. Oliy Vakil/Vitse-Prezident mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da (Markaziy Yevropa vaqti bilan 06:00) ochilish nutqi bilan chiqadi.

Konferensiya doirasida Oliy Vakil/Vitse-Prezident Borrel O‘zbekiston Prezidenti hamda Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashib, ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikni muhokama qiladi.