Media-qo‘llanma: OV/VP Kaya Kallas Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyuradi

27 mart kuni Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili/Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti (OV/VP) Kaya Kallas Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tkaziladigan va bu yil Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘iston ishtirok etadigan 20 – Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo vazirlar uchrashuviga raislik qiladi.

Samarqandda (O‘zbekiston) 2025 yil 3-4 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan tarixdagi ilk Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo sammitiga tayyorgarlik ko‘rishdan tashqari, muhokama qilinadigan qator muhim masalalar orasida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi mintaqaga ta’siri, transport va raqamli o‘zarobog‘liqlik, juda ham muhim bo‘lgan xomashyo, energetika va suv resurslari, savdo, xalqlar o‘rtasidagi aloqalar, ta’lim va tadqiqotlar kabi mavzular ko‘tariladi.

Uchrashuvdan oldin OV/VP Rashid Meredov - Turkmaniston va Sirojiddin Muhriddin  - Tojikiston Tashqi ishlar vazirlari hamda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhammedov bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Vazirlar uchrashuvidan so‘ng 27 mart kuni taxminan soat 14:45 da (10:45 CET) OV/VP Kallas ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Qo‘shma bayonot shu yerda e’lon qilinadi.

Shundan so‘ng Oliy vakil / Vitse-prezident O‘zbekistonning Toshkent shahriga tashrif buyurib, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. Keyin esa Kaya Kallas Qozog‘istondagi Olmaotaga yo‘l oladi va u yerda 28 mart, juma kuni Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan uchrashadi. Shuningdek, uning Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan ikki tomonlama uchrashuvi ham rejalashtirilgan.

Tashrifning audiovizual materiallari Yevropa Radioeshittirish Xizmatida joylashtiriladi.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan munosabatlari haqida ko‘proq ma’lumotni shu yerda topishingiz mumkin.

Oliy vakil hamda Yevropa tashqi harakatlar xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yangiliklarni kuzatib boring.