Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi Samarqandda KBRYa xavflariga milliy tayyorgarlikni mustahkamlaydi
2026 yil 27–30 aprel, Samarqand, Oʻzbekiston. — Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi yirik ommaviy tadbirlar davomida kimyoviy va radiologik tahdidlarga milliy javob berishni sinash maqsadida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan uch kunlik ”Dinamo“ dala mashg‘ulotini yakunladi. Mashg‘ulot Yevropa Ittifoqi KBRYa xavflarini kamaytirish ilgʻor tajriba markazlari doirasida Oʻzbekiston Hukumati bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Eng muhim joylarda tayyorgarlikni tekshirish
Mashg‘ulot Samarqanddagi ”Dinamo” futbol stadionida ommaviy to‘planishga kimyoviy va radiologik hujumni simulyatsiya qildi. Guruhlar xavfli moddalarni aniqlashi va zararsizlantirishi, perimetrni o‘rab olish, gumon qilinuvchilarni ushlab olishi, jabrlanganlarni dezaktivatsiya qilishi, evakuatsiyani muvofiqlashtirishi hamda ommaviy axborot vositalari va dezinformatsiya oqimiga qarshi turishi kerak edi. Bularning barchasi Oʻzbekiston Sanoat, radiatsiya va yadroviy xavfsizlik qo‘mitasi hamda Milliy gvardiya bilan yaqin hamkorlikda tashkil etildi.
Auditoriyadan dala maydonigacha: puxta rejalashtirilgan yondashuv
”Dinamo” mashg‘uloti 2026 yil aprelda yakunlangan bir yillik tayyorgarlik davrning natijasi bo‘ldi. 27–30 aprel oralig‘ida: idoralar avval qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulot va mashq orqali tartib-qoidalarni muvofiqlashtirdi, so‘ngra 29 aprel kuni ”Dinamo” stadionida to‘liq dala mashg‘ulotini o‘tkazdi — birinchi javob berish guruhlari, dezaktivatsiya guruhlari, portlovchi moddalarni zararsizlantirish mutaxassislari, tibbiy xodimlar va jamoat bilan aloqa guruhlari yonma-yon ishladi. So‘nggi kuni Yevropa Ittifoqi KBRYa xavflarini kamaytirish ilgʻor tajriba markazlari tarmog‘idagi milliy koordinatorlar uchun olingan saboqlarni ko‘rib chiqish va tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha mintaqaviy seminar bilan parallel ravishda tahlil sessiyasi o‘tkazildi.
Yevropa Ittifoqi KBRYa xavflarini kamaytirish ilgʻor tajriba markazlari: milliy va mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash
Yevropa Ittifoqi KBRYa xavflarini kamaytirish ilgʻor tajriba markazlari (KBRYa ITM) doirasida ishlab chiqilgan — BMTning Mintaqalararo jinoyatchilik va adolat tadqiqot instituti (UNICRI) tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Yevropa Ittifoqi moliyalashtirgan tashabbus. “Dinamo” mashg‘uloti global KBRYa imkoniyatlarini kuchaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli harakatlarning bir qismidir.
2015 yildan beri Yevropa Ittifoqi KBRYa ITM tarmog‘i 17 ta loyiha doirasida rejalashtirish konferensiyalari, joylarga tashrif buyurish va 200dan ortiq javob berish mutaxassislarini tayyorlash orqali Oʻzbekistonni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda, shuningdek Markaziy Osiyo hamkor mamlakatlari o‘rtasida mintaqaviy bilim almashishini ta‘minlamoqda.
Xavfsizlik yo‘lida hamkorlik
“Dinamo2 mashg‘uloti fuqarolik xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlash sohasidagi Yevropa Ittifoqi –Oʻzbekiston hamkorligining chuqurlashuvini aks ettiradi. Oʻzbekiston ko‘proq yirik xalqaro tadbirlarni o‘tkazishga tayyorlanayotgani sababli, keng qamrovli KBRYa reagirlashini muvofiqlashtirish imkoniyati operatsion zaruriyatga aylanmoqda.
"KBRYa ITM tarmog‘ining a‘zosi bo‘lish joylarda haqiqiy farq yaratadi“,- dedi janob Abduvakkos Rafiqov, Sanoat, radiatsiya va yadroviy xavfsizlik qo‘mitasi raisi va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy kotibiyat rahbari. “Bizning javob berish mutaxassislarimiz yaxshiroq tayyorlangan va idoralar bo‘ylab hamkasblar bilan yaxshiroq o‘zaro hamkorlik qilgan. “Dinamo” mashg‘uloti bizga qanchalik uzoqqa borganimizni va hali qayerga borish mumkinligini ko‘rsatdi”.
Oʻzbekistondagi Yevropa Ittifoqi elchisi Toyvo Klaar shunday dedi: "”Dinamo” mashg‘uloti bir yil avval o‘tkazilgan birinchi Yevropa Ittifoqi –Markaziy Osiyo sammitidan keyingi amaliy hamkorlikning ajoyib namunasidir, bu sammitda xavfsizlik va barqarorlik asosiy ustuvorliklar edi. Tajriba, resurslar va tezkor javob berish strategiyalarini birlashtirish orqali biz majburiyatlarni amaliyotga aylantiryapmiz va KBRYa xavflariga qarshi mudofaani mustahkamlamoqdamiz. Bugungi hamkorlik ertangi inqirozlarning oldini oladi“.
26 aprel Chernobil yadroviy halokati yuz berganiga 40 yil bo‘lganligi munosabati bilan, ushbu mashg‘ulot KBRYa tayyorgarligiga doimiy xalqaro sadoqatni aks ettiradi. Uning natijalari siyosat, o‘qitish va kelajakdagi mashg‘ulotlarga kiritiladi hamda yillar davomida milliy va mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlaydi.
Yevropa Ittifoqi haqida:
Yevropa Ittifoqi 27 Yevropa mamlakatining iqtisodiy va siyosiy ittifoqidir. U inson qadr-qimmatini hurmat qilish, ozodlik, demokratiya, tenglik, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini hurmat qilish qadriyatlari asosida qurilgan. Yevropa Ittifoqi jamiyat, atrof-muhit va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini barcha manfaatdor bo‘lishi uchun global miqyosda qo‘llab-quvvatlaydi.