O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi Halollik Hamkorligi: Latviyadagi yozgi maktab va Litva bilan ikkitomonlama kelishuv

2025-yil 8–12-iyul kunlari Latviyaning Riga va Liepāja shaharlarida Komplayens va korrupsiyaga qarshi siyosat bo‘yicha Yozgi maktab bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Latviya davlat idoralarining komplayens mutaxassislari, shuningdek, shaffoflik, etika va ichki nazorat sohasidagi xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Latviyaning Davlat audit idorasida bo‘lib o‘tgan tajriba almashinuvidan so‘ng, O‘zbekistonning 20 dan ortiq yuqori lavozimli mutasaddilari va mutaxassislari axloqiy boshqaruv, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, yetakchilik halolligi, davlat mulkini boshqarish va komplayens bo‘yicha o‘quv dasturlari bo‘yicha bilimlarini oshirishdi. Liepāja shahriga tashrif chog‘ida ishtirokchilar erkin iqtisodiy zona, bojxona xizmati va Dienvidkurzeme mahalliy boshqaruvi faoliyatida halollik jihatlarini o‘rganishdi. Dastur Latviya Korrupsiyaga qarshi kurashish byurosida (KNAB) ichki nazorat va qonun ijrosi masalalariga bag‘ishlangan yuqori darajadagi uchrashuvlar bilan yakunlandi. So‘ngra rasmiy tashrif Yurmala shahar hokimiyatida davom etdi.
“Ushbu dastur o‘rganish, muloqot va hamkorlik uchun qimmatli maydon bo‘lib xizmat qildi,” — dedi Akmal Burxonov, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori va delegatsiya rahbari. “ Latviyaning davlat sektorida shaffoflik, halollik va hisobdorlik tamoyillariga bo‘lgan sadoqati bizni hayratga soldi. Tajriba almashinuvi bizga o‘z tizimlarimizni mustahkamlash va yanada samarali komplayens mexanizmlarini yaratishda yordam beradi.”
Krista Asmusa, Transparency International Latvia ijrochi direktori, quyidagilarni ta’kidladi:
“O‘zbekiston Osiyoda kuchli hamkor va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yetakchi mamlakatga aylanmoqda. Biz tajriba almashish va qo‘shma ta’lim dasturlari orqali kelajakdagi hamkorlikni intizorlik bilan kutmoqdamiz.”
Yozgi maktab korrupsiyaga qarshi kurash va samarali davlat boshqaruvni ilgari surish borasida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi kelajakdagi hamkorlikka mustahkam zamin yaratdi. 2025-yil 11-iyul kuni Vilnyus shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Litva Respublikasi Maxsus tergov xizmati o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha tajriba almashinuvi, siyosat muvofiqlashtirishi, qo‘shma o‘quv dasturlari va ilg‘or Yevropa tajribalarini O‘zbekistonda qo‘llashni ko‘zda tutadi.
Yozgi maktab Transparency International Latvia / DELNA tomonidan “O‘zbekistonda boshqaruvni yaxshilash – inklyuziv korrupsiyaning oldini olish” loyihasi doirasida tashkil etildi. Loyiha Yevropa Ittifoqi va Germaniya Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Federal vazirligi (BMZ) tomonidan hammualliflikda moliyalashtirilmoqda hamda GIZ boshchiligidagi Yevroppa Ittifoqi tomonidan, Latviya Markaziy Moliya va Kontrakt Agentligi hamda Regional Dialogue ishtirokida amalga oshirilmoqda.
CONTACT DETAILS
"O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish: korrupsiyaning oldini olishda inklyuziv yondashuv" loyihasi haqida qo‘shimcha ma’lumot va materiallar uchun quyidagi shaxsga murojaat qilishingiz mumkin: “Samarali davlat boshqaruvi” dasturi loyiha rahbari – Dr. Viktor Kessler: E-mail: viktor.kessler@giz.de