O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi: hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian Xonim hamda Yevropa Ittifoqining “INTER PARES” – “Parlamentlar hamkorlikda” loyihasi rahbari Jonatan Richard Merfi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

7 oktabr 2022 yil, Toshkent, O‘zbekiston. Joriy yilning 6 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva Yevropa Ittifoqining Toshkentdagi Delegasiyasi rahbari – elchi Sharlotta Adrian Xonim hamda Yevropa Ittifoqining “INTER PARES” – “Parlamentlar hamkorlikda” loyihasi rahbari Jonatan Richard Merfini qabul qildi. 

INTER PARES meeting

 

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni xususan, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.  

INTER PARES meeting

 

Muloqot davomida milliy parlamentning qonun ijodkorligi, ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan samarali parlament nazoratini amalga oshirish vakolatlari yanada kengaytirilgani hamda unda ayollarning o‘rni va faolligi oshgani alohida e’tirof etildi.

Sharlotta Adrian Xonim Yevropa Ittifoqining 2019 yilda boshlangan, hamkor mamlakatlardagi 46 ta parlamentning samarali faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali vakillik va inklyuziv demokratiyani rivojlantirishga qaratilgan “INTER PARES” global parlament salohiyatini oshirish loyihasi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Respublika davlat boshqaruvi tizimida parlamentning rolini oshirish borasida erishgan natijalarini hisobga olgan holda O‘zbekiston ushbu dasturga qo‘shilgani va asosiy ishtirokchilaridan biri ekanini ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari  parlamentlari o‘rtasida uvtuvor yo‘nalishlarda, jumladan byudjetni shakllantirish va uning nazoratini ta’minlash, elektron parlamentni joriy etish, ayollar o‘rnini mustahkamlash, Yoshlar parlamenti salohiyatini kengaytirish, atrof-muhit muhofazasi sohasidagi hamkorlikdagi amaliy ishlar olib borish yuzasidan kelishib oldilar.