O‘zbekistonda BMT shartnomalarining bajarilishini monitoring qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha ekspertlik muhokamasi

The event is organised within the framework of the Project “Enhancing the Quality of Uzbekistan's Application of international Law (EQUAL)” funded by the European Union through the European Instrument for Democracy and Human Rights (EIDHR) and implemented by the International Commission of Jurists.

Joriy yilning 28 fevral' kuni Xalqaro yuristlar komissiyasi (XYuK), BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi (ROCA), «Yuksalish» umummilliy harakati hamda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz hamkorligida O‘zbekistonda BMT shartnomalarining bajarilishini monitoring qilish va muvofiqlashtirish yuzasidan xalqaro jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi.

Milliy va xalqaro ekspertlar implementasiya masalasini Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt hamda Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiya misolida ko‘rib chiqishdi. BMTning shartnomaviy qo‘mitalari tomonidan berilgan so‘nggi tavsiyalari ijrosini O‘zbekistonda samarali monitoring qilish va muvofiqlashtirishni ta'minlash uchun qanday choralar ko‘rishi zarurligi muhokama qilindi.

«So‘nggi yillarda O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish borasida sezilarli yutuqlarga erishildi, jumladan qonunchilik isloxotlar va inson huquqlari bo‘yicha bir qancha xalqaro shartnomalar ratifikasiya qilindi. Eng oxirgilari qatoriga BMTning nogironlar huquqlari bo‘yicha konvensiyasidir. O‘ylaymizki, bugungi muhokamalar O‘zbekistonda barcha ijtimoiy himoyaga muxtoj gurxlarni samarali himoya qilish bo‘yicha mavjud muvofiklashtirishni yanada takomillashtiri va yechimlarni aniklash imeonini beradi» — dedi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian.  



«BMTning shartnomaviy tuzilmalari tavsiyalarining bajarilishini nazorat qilish nafaqat xalqaro majburiyat, balki BMTning inson huquqlari bo‘yicha shartnomalariga a'zo bo‘lgan har qanday ishtirokchi-davlat uchun ma'naviy majburiyatdir. Ishtirokchi davlatlar BMTning ushbu nufuzli organlari tavsiyalarining to‘liq bajarilishi uchun javobgardir. Aks holda, shaxslar va guruhlar inson huquqlarining buzilishi xavfi ostida qoladi. Shu bois, inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirishga ustuvor ahamiyat berish, BMT shartnomaviy organlari tavsiyalarini to‘liq va samarali amalga oshirish yo‘lida harakat qilish O‘zbekiston manfaatlariga mos keladi», — dedi Yevropa va Markaziy Osiyo dasturining xalqaro huquqshunoslar komissiyasi direktori v.v.b. Temur Shokirov.



«O‘zbekiston BMTning to‘laqonli a'zosi sifatida qator xalqaro shartnomalarga qo‘shilgan. Mamlakatimizda xalqaro shartnomalar ijrosiga jiddiy yondashilmoqda va bu ham parlament, ham hukumatning diqqat-e'tiborida. Xalqaro hujjatlar qoidalari milliy qonunchiligimizda ham o‘z ifodasini topgan. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishi insonning asosiy huquq va erkinliklarini, jumladan ayollar, bolalar va yoshlar, shuningdek, alohida ehtiyojli shaxslar huquqlarini ta'minlashdan iborat. Shu bilan birga, davlat, fuqarolik jamiyati, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, xalqaro va milliy ekspertlar ishtirokida bugungi xalqaro ekspert muhokamasining o‘tkazilishi mazkur qarorning ijrosini muvofiqlashtirish va monitoring qilish sohasida ilg‘or tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi» - dedi «Yuksalish» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov.



«BMTning shartnomaviy tuzilmalari inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy darajada joriy etishni rag‘batlantirish va monitoring qilishda muhim rol' o‘ynaydi. Shartnoma organlari tomonidan berilgan tavsiyalar hukumatga ushbu muammolarni hal qilish va O‘zbekistondagi barcha insonlar o‘z huquqlaridan to‘liq foydalanishini ta'minlash bo‘yicha yo‘l xaritasini taqdim etadi. Ushbu tavsiyalarni amalga oshirish hukumat, inson huquqlarini himoya qiluvchi mustaqil milliy institutlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni talab qiladi» — dedi BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy vakili v.v.b. Fabio Piana.



Eslatib o‘tamiz, tadbir Yevropa Ittifoqining Demokratiya va inson huquqlari bo‘yicha Yevropa instrumenti (EIDHR) orqali moliyalashtirilayotgan va Xalqaro yuristlar komissiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan "O‘zbekistonda xalqaro huquqni qo‘llash sifatini oshirish" (EQUAL) loyihasi doirasida tashkil etildi. EQUAL loyihasining asosiy maqsadi – fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali O‘zbekistonda kamsitilishga moyil bo‘lgan guruhlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini teng himoya qilishga ko‘maklashish.