O‘zbekistonda mediasavodxonlikni oshirish va dezinformasiyaga qarshi kurashga qaratilgan loyiha yakunlandi

"Yevropa Ittifoqining dezinformasiyaga javobi ham strategik, ham prinsipialdir: biz yolg‘on narrativlarga qarshi kurashar ekanmiz, so‘z erkinligini himoya qilamiz."
— Mindaugas Kacherauskis, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi vaqtincha ish yurituvchisi

2025 yil, 10 iyun kuni “Yuksalish” harakati tomonidan Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilgan “Mediata'lim va faktlarni tekshirish: tanqidiy fikrlash va axborot savodxonligini rivojlantirish” nomli keng qamrovli loyiha yakunlariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda loyihaning asosiy yutuqlari, jumladan, media sohasi vakillarining kasbiy salohiyatini oshirish va dezinformasiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.

Loyihaning asosiy maqsadi – ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar va sohaga endi kirib kelayotgan yosh mutaxassislarning tanqidiy fikrlash, faktlarni tekshirish va axborot savodxonligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.

Loyiha ikki muhim yo‘nalishda amalga oshirildi:

  1. “Media maktab” ta'lim dasturi: joriy yilning fevral oyida 

27 nafar yosh jurnalist, ixtisoslashgan fakul'tetlar talabalari, blogerlar hamda OAV xodimlari uchun ikki kunlik intensiv treninglar tashkil etildi. “Media maktab” nafaqat ta'limiy jarayon, balki jamiyatda mediasavodxonlik madaniyatini yuksaltirish, soxta xabarlarni aniqlash usullarini o‘rgatish va sifatli axborot muhitini yaratishga qaratilgan muhim tashabbus sifatida e'tirof etildi.

2. Dezinformasiyaga qarshi kurash bo‘yicha normativ-huquqiy bazani tahlil qilish: loyihaning ikkinchi bosqichida milliy OAVda dezinformasiya tarqalishiga qarshi kurashishga oid O‘zbekiston qonunchiligi o‘rganildi. Tadqiqotda mavjud qonunchilik va amaliyot inson huquqlari va so‘z erkinligi bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan baholandi. Yakuniy hisobotda soxta axborot tarqalishi bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish va huquqiy tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mindaugas Kacerauskis

"Yevropa Ittifoqining dezinformasiyaga javobi ham strategik, ham prinsipialdir: biz yolg‘on narrativlarga qarshi kurashar ekanmiz, so‘z erkinligini himoya qilamiz."
— Mindaugas Kacherauskis, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi vaqtincha ish yurituvchi rahbari

Askar Mamatkhanov

"Ushbu loyiha O‘zbekiston media muhiti uchun juda muhim qadam bo‘ldi. Biz nafaqat jurnalist va blogerlarning malakasini oshirdik, balki dezinformasiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslarini mustahkamlash bo‘yicha aniq takliflar ham ishlab chiqdik. Bularning barchasi jamiyatda ishonchli axborot makonini yaratishga xizmat qiladi", - dedi “Yuksalish” harakatining ijrochi direktori Askar Mamatxanov. 

Loyiha yakunlari bo‘yicha tayyorlangan tahliliy hisobot va tavsiyalar tegishli davlat organlari va keng jamoatchilik e'tiboriga havola etiladi.