O‘zbekistonga ilk bor COVID-19 ga qarshi bolalar uchun vaksina yetkazib berildi

Yevropa Ittifoqi va Shvetsiya hukumatining ushbu tashabbusi Sogʻliqni saqlash vazirligining 5-11 yoshli bolalarni emlash va mamlakatda COVID-19ning yangi shtammlari tarqalishining oldini olish boʻyicha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan.

TOSHKENT, 2022 yil 22-avgust – COVAX mexanizmi doirasida O‘zbekiston bolalar uchun COVID-19ga qarshi 201 600 dona Pfizer vaksinasini oldi. Yevropa Ittifoqi va Shvetsiya hukumatining ushbu tashabbusi Sogʻliqni saqlash vazirligining 5-11 yoshli bolalarni emlash va mamlakatda COVID-19ning yangi shtammlari tarqalishining oldini olish boʻyicha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan.

Charlotte Adriaen, Ambassador of the European Union to the Republic of Uzbekistan.

 

"Pandemiya hali ham tugagani yoʻq, u global xarakterga ega. Hamma xavfsiz boʻlmaguncha biz xavfsiz boʻlmaymiz va emlash xavfsizlikni ta’minlashning eng samarali usullaridan biri boʻlib qolmoqda. Shvetsiyadan yetkazilgan mazkur yuk innovatsion hisoblanadi, chunki Oʻzbekistonda ilk bor 5 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun emlanish imkoniyati yaratilmoqda. Bu global vaksinalar birdamligi dasturi doirasidagi Yevropa Ittifoqining qoʻshilgan hissasidir. Team Europe* jahon boʻylab COVID-19 ga qarshi vaksinalar bilan barchani adolatli va teng ta’minlashga qaratilgan COVAX dasturining yetakchi ishtirokchilaridan biri boʻlib qolmoqda", - deya ta’kidladi Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchisi Sharlotta Adrian. 

COVID-19ning yangi koʻrinishlari paydo boʻlishi bilan bogʻliq yuzaga kelayotgan epidemiologik vaziyat va uning bolalarda kechishining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, bugungi kunda butun dunyo boʻylab pandemiyaning oldini olish uchun bolalarni ushbu infeksiyaga qarshi emlash maqsadga muvofiq va nihoyatda muhim deb hisoblanadi. Xitoy, AQSh, Kanada, Isroil, Yevropaning bir qancha mamlakatlari va Lotin Amerikasi davlatlarida bolalarni koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash faol ravishda amalga oshirilmoqda.

Uzbekistan receives Covid-19 pediatric vaccine

 

UNICEF vaksinalarning adolatli taqsimlanishiga ustuvor ahamiyat beradi. Bugungi kunga qadar O‘zbekistonga COVAX mexanizmi orqali jami 21,2 million doza COVID vaksinalari yetkazildi, jumladan: AZ - 2,15 million; Moderna - 10,68 million, Pfizer 6,62 million va Sinovac 1,77 million doza.

 

* Team Europe (Yevropa Jamoasi) = Yevropa Ittifoqi , Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va Yevropa Ittifoqining moliyaviy institutlari.