"O'zbekistonda boshqaruvni takomillashtirish" dasturi doirasida Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston Respublikasi hamkorligi
2023 yil 19 may Olmaota, Qozogʻiston. Bugun "Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo" 2-iqtisodiy forumi davomida Yevropa Komissiyasining xalqaro hamkorlik boʻyicha Bosh direktorligi (DG INTPA) bosh direktorining Oʻrinbosari Miriam Ferran va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Gʻayrat Fazilov Oʻzbekistonda boshqaruvni takomillashtirish dasturini moliyalashtirish toʻgʻrisida bitim imzoladilar.
Dastur Oʻzbekiston oʻz fuqarolarining ehtiyojlari va umidlarini qondirishga qaratilgan davlat boshqaruvi tizimini mustahkamlash uchun boshlagan ulkan islohotlar jarayoniga 8 million yevro ajratadi. Yevropa Komissiyasining ijrochi vitse-prezidenti Valdis Dombrovskis ta'kidlaganidek:
"Boshqaruvni takomillashtirish qiyin va uzoq muddatli vazifadir, ammo biz Oʻzbekistonning ushbu qiyinchiliklarni yengishda koʻrsatayotgan qat’iyligini koʻrmoqmiz. Shaffoflikka, korrupsiyaga qarshi kurashga, inklyuziv boshqaruvni rivojlantirishga va ma'muriy salohiyatni oshirishga ustuvor ahamiyat berib, Oʻzbekiston oʻz xalqining ehtiyojlari va umidlarini haqiqatan ham qondiradigan boshqaruv tizimi bilan yanada farovon, adolatli va demokratik jamiyatga yoʻl ochadi".
“Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo” 2-iqtisodiy forumi Milliy va xalqaro ekspertlarni, fuqarolik jamiyati vakillarini, davlat organlarini, xalqaro tashkilotlarni va biznes doiralarini birlashtirdi, ular Markaziy Osiyo oldida turgan muammolarni muhokama qildilar. Manfaatdor tomonlar, shuningdek, barcha fuqarolarga sezilarli va barqaror ta'sir koʻrsatadigan mexanizmlarni ham muhokama qildilar.