O'zbekistonda energiya samaradorligi: istiqbollar va muammolar
27 iyun 2023 yil, Toshkent, O'zbekiston – 100dan ortiq manfaatdor tomonlar, energetika siyosatchilari, O'zbekiston Respublikasi, Yevropa Ittifoqi (YeI) va unga a'zo davlatlar akademik va fuqarolik jamiyati vakillari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari "O'zbekistonda energiya samaradorligi: istiqbollar va muammolar" xalqaro Konferensiyasida to'plandilar.
Konferensiya, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi (SIA) va Yevropa Ittifoqi tominidan moliyalashtirilgan SECCA loyihasi bilan hamkorlikda, Yevropa Ittifoqi – O'zbekiston Barqaror Energiya Kunlari 2023 doirasida tashkil etildi. Mazkur tadbir, qaror qabul qiluvchilar uchun energiya samaradorligi siyosatini amaliyotda tatbiq etish tajribalari bilan almashish boʻyicha harakatga yoʻnaltirilgan forumni taqdim etishga qaratilgan.
Energiya samaradorligi ko'plab iqtisodiy, ijtimoiy va atrof-muhitga oid afzalliklarga egadir. U, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish, hamda, inson salomatligi va hayot sifati uchun zararli bo’lgan chiqindilar va ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirishning eng oson va iqtisodiy jihatdan eng samarali usullaridan biridir. Takomillashtirilgan energiya samaradorligi, shuningdek, insonlar, biznes va sanoat uchun utilizatsiya xarajatlarini kamaytiradi, aholiga yangi ish o’rinlari va iqtisodiy imkoniyatlarni taqdim etadi.
Oʻzbekistondagi joriy subsidiyalashtirilgan energiya tariflari, garchi, iqtisodiy jihatdan maʼnoga ega boʻlsada, aholi va maishiy isteʼmolchilarni energiya samaradorligini takomillashtirishga undamaydi (IEA, 2022). Shunga qaramay, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan O’zbekiston hukumatining tarkibiy va institutsional islohotlari paketiga kiruvchi energetika sohasi transformatsiyasi, umidbaxshdir. Ayni paytda, hukumat yakuniy foydalanishdagi energiya samaradorligini taʼminlash boʻyicha qoidalar va amalga oshirish mexanizmlarini qayta koʻrib chiqmoqda. Demak, hozir, asosiy milliy manfaatdor tomonlar, xalqaro donorlar va hamkorlar bilan birgalikda bosib o’tilajak yoʻlni muhokama qilish uchun toʻgʻri palladir.
Konferensiya ishtirokchilariga murojaat qilgan Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian xonim shunday dedi:
"Parij Kelishuvi maqsadlariga erishish uchun energiya samaradorligi masalalariga ustuvorlik berish lozim. Energiyadan yanada samarali foydalanish va kamroq iste'mol qilish orqali biz, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o'zgarishining salbiy ta'sirini yumshatish, hamda, energiya xavfsizligini oshirishga muayyan yordam bergan bo’lamiz. O'zbekiston energiya samaradorligini ta'minlash, toza va qayta tiklanuvchi energiya hissasini oshirish maqsadida, energetika sohasida keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirmoqda. Yevropa Ittifoqi O'zbekistonning barqaror energiyaga o'tishdagi majburiyatlari va yutuqlaridan mamnundir, hamda, O’zbekiston hukumati va O’zbekiston xalqini shu paytgacha energetika sohasini isloh qilish borasidagi erishgan yutuqlari uchun olqishlaydi. Biz O'zbekistonni yashil energetikaga o'tish yo'lini ochish borasidagi harakatlarni davom ettirishga chorlaymiz."
Konferensiya davomida ishtirokchilar yakuniy foydalanuvchilarning energiya samaradorligini ta’minlash uchun umumiy siyosat va huquqiy baza, energiya iste'moli bo’yicha ma’lumotlar to’plash, sanoatda energiya auditi, turar joy va jamoat punktlarida energiya samaradorligi va boshqa mavzularni muhokama qildilar, hamda, O'zbekistonda barqaror energetika siyosati va loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha birgalikda faoliyat olib borishga kelishib oldilar.
Ma'lumot uchun: Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "Markaziy Osiyoda barqaror energetik aloqalar (SECCA)" loyihasi (2022 yil martidan 2026 yil martigacha) Markaziy Osiyo mintaqasida, Yevropa Ittifoqining eng ilg’or tajribalariga muvofiq, barqaror energiya birikmasini rivojlantirishni maqsad qilgan. O'z missiyasini bajarish uchun, SECCA, mintaqaviy kontekstda barqaror energiya tizimiga o'tishning kuchaytirilgan va inklyuziv siyosati, normativ-huquqiy va institutsional bazani shakllantirishga intiladi va Markaziy Osiyo mamlakatlarida inson huquqlari bo'yicha xalqaro majburiyatlar bajarilishiga, shu jumladan, energiyaning teng taqsimlanishiga hissa qo'shishga, energiya samaradorligi (ES) va qayta tiklanuvchi energiya (QTE) bo'yicha gender inklyuziv siyosati va qonunlarini shakllantirishga e’tibor qaratadi. Loyiha faoliyati ES va QTE tatbiq etish uchun imkoniyatlarni kengaytirish, ES va QTE bo'yicha xabardorlikni oshirish, hamda, ES va QTE loyihalari uchun investitsiya iqlimini yaxshilashni o'z ichiga oladi.
Yevropa Ittifoqi - O'zbekiston Barqaror Energiya Kunlari – "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo Barqaror Energiya Kunlari" keng ko'lamli kampaniyasining bir qismidir. Uning maqsadi barcha barcha davlatlarning manfaatdor guruhlari va mintaqadagi keng jamoatchilikni barqaror energiyaning ahamiyati, afzalliklari va qulayligi toʻgʻrisida xabardorligini oshirishdan iboratdir.