O'zbekistonda investitsiya siyosatini barqaror isloh qilish bo'yicha Yo'l xaritasi amalga oshiriladi

Bugun IHTT, YeI va OTB O'zbekiston hukumati bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtiriladigan “Investitsiya siyosatini barqaror isloh qilish Yo'l xaritasi (ISBIQYX)” loyihasini boshladi.

 

2024 yil 6 mart kuni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT), Yevropa Ittifoqi (YeI) va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O'zbekiston Hukumati bilan hamkorlikda YeI va OTB tomonidan moliyalashtiriladigan “Investitsiya siyosatini barqaror isloh qilish yo'l xaritasi (ISBIQYX)” loyihasini boshladi. Loyiha O'zbekistondagi investitsion asoslarni har tomonlama baholanishini ta'minlaydi. Bu O'zbekistonga uzoq muddatli istiqbolida investitsiya muhitini yaxshilash, islohotlarni amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash va to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning rivojlanishga bo'lgan ta'sirini maksimal darajada oshirish bo'yicha tegishli faktlarga asoslangan aktual tahlil va tavsiyalardan foydalanish imkonini beradi.

O'zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov o'zining kirish so'zida YeI va OTBga moliyaviy ko'mak uchun, shuningdek, IHTTga o'z tajribasini baham ko'rganlari uchun minnatdorchilik bildirdi. U mamlakatga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ustuvorligini hisobga olib, loyihaning dolzarbligini ta'kidladi. U idoralararo tezkor guruhni yaratilishi ushbu ish uchun hukumat tomonidan qaratilayotgan alohida e'tiborning namoyandasi ekanligini eslatib o'tdi.

Roadmap for Sustainable Investment Policy Reforms

Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian xonim IHTT va OTB bilan ISBIQYX amalga oshirishga bo'lgan ishtiyoqini bildirdi. Uning ta'kidlashicha, so'nggi yillarda Markaziy Osiyo Yevropa Ittifoqi uchun strategik ahamiyatga ega bo'lib, ijobiy o'zgarishlar kuzatilishi mumkin bo'lgan mintaqaga aylandi. Xususan, O'zbekistonda u Hukumatning barqarorligi va islohotlar dasturini ilgari surish borasidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi. U Yevropa Ittifoqining YeI global shlyuz strategiyasi, GSP+ va JST doirasida mamlakat bilan keng doiradagi hamkorligini eslatib o'tdi. U 2024 yilda Samarqandda bo'lib o'tadigan Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo birinchi sammitni tashkil etishni intizorlik bilan kutishini aytib o'tdi.

OTBning O'zbekistondagi direktori Kanokpan Lao-Araya xonim ushbu loyihani OTB doirasida ham, IHTT va YeI bilan hamkorlikning yaxshi namunasi sifatida yuqori baholadi. Kelgusi yilda bank O'zbekiston bilan hamkorlikning 30 yilligini nishonlayotganda, OTB tarkibiy islohotlarda, eng muhimi, davlat korxonalari, moliya bozori va infratuzilma investitsiyalarini isloh qilishdagi davlat sektorining ishtirokini qo'llab-quvvatlashda davom etadi.

IHTT investitsiya bo'limi boshlig'ining o'rinbosari Janob Stiven Tomsen loyihaning muhim tarkibiy qismi bo'lgan barqaror rivojlanishni ta'kidladi. U hukumatning faol ishtiroki, tasdiqlangan uslubiyot va O'zbekistonga moslashtirilgan keng qamrovli strategiya bo'lishiga umid bildirdi.

Janob Fares Al Hussami, IHTTda TTTI sifat guruhi boshlig'i va ISBIQYX loyiha menejeri, yanada ish ko'lamini va ISBIQYX IHTT investitsiya siyosati doirasida OTB va IHTT vositalari, shu jumladan, IHTTning Investitsiyalar bo'yichi siyosat doirasi, TTI cheklash indeksi, ko'p millatli korxonalar uchun ko'rsatmalar, Yuridik ekspertiza bo'yicha ko'rsatmalar, hamda OTB “Kirish-chiqish” ko'p mintaqaviy jadvallaridan qanday foydalanish kerakligini tushuntirdi.  

Xorijiy investorlar kengashi kotibiyati rahbari G'olib Xoljigitov Kengashning mustaqil jihatini alohida ta'kidladi. U Kengashning XMK bilan Qonunchilik bazasini mustahkamlash va investitsiyalar to'g'risidagi yangi Qonun loyihasi hozirda jamoatchilik muhokamasida ekanligini eslatib o'tdi. U jarayonda shoshilmaslik va ko'rib chiqishda keng ko'lamli manfaatdor tomonlarni jalb qilish muhimligini ta'kidladi.

XMK yuridik eksperti Janob Timur Abdulazizov IHTTga investitsiyalar to'g'risidagi yangi Qonun loyihasi bo'yicha bildirgan sharhlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, qayta ko'rib chiqishning asosiy maqsadi investitsiya rejimlarini qo'llash, ayniqsa davlat-xususiy sheriklik (DXSh) va ishlab chiqarishni taqsimlash shartnomalari (PSA) dagi noaniqlikni bartaraf etish bilan bog'liq. Shuningdek, u investitsiya loyihalarini yagona tasniflash, institutsional mandatlarni aniqlashtirish va xorijiy investorlarga xizmat ko'rsatishga yangicha yondashuv kabi yangi Qonunga kiritiladigan asosiy kontseptual yangiliklarni taqdim etdi.

OTB iqtisodchisi Pramila Krivelli xonim OTBning O'zbekistondagi strategik ustuvor yo'nalishlari hukumatning iqtisodiyotdagi roli, iqlim o'zgarishi va inson kapitalining etishmasligi kabi iqtisodiyotning tizimli muammolarini hal etishga qaratilganligini ta'kidladi. U OTBning barqaror savdo va investitsiyalar o'rtasida sinergiya yaratish bo'yicha, aniqrog'i mintaqaviy va tashqi savdo shartnomalari, ikki tomonlama investitsiya shartnomalari haqida umumiy ma'lumot berdi.

Keyinchalik, IHTT va OTB 2024 yil mart oyida Hukumat va boshqa manfaatdor tomonlar bilan birinchi ishchi guruh va faktlarni aniqlash bo'yicha uchrashuvlarini o'tkazadi. Hisobot va uning yakuniy xulosalari 2025 yil o'rtalarida yuqori darajada taqdim etilishi kutilmoqda.