Rossiyaning to‘liq miqyosdagi bosqiniga qarshi Ukrainaning uch yillik qarshiligi xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

24.02.2025
139 Documentary Center, Toshkent, O‘zbekiston
Press and information team of the Delegation to UZBEKISTAN

Ushbu ko‘rgazma ommaga ochiq bo‘lib, ukrain xalqining mustahkamligi, kurashi va sobitqadamligini yoritib beradigan muhim vizual ekspozitsiyani namoyish etadi.

 

24 fevral 2025 y., Toshkent, Ozbekiston – Bugun Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Ukraina Elchixonasi bilan hamkorlikda Rossiyaning to‘liq miqyosdagi bosqiniga qarshi Ukrainaning uch yillik kurashishiga bag‘ishlangan kuchli ko‘rgazmani ochmoqda. Ushbu ko‘rgazma ommaga ochiq bo‘lib, ukrain xalqining mustahkamligi, kurashi va sobitqadamligini yoritib beradigan muhim vizual ekspozitsiyani namoyish etadi.

Exhibition

 

Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Mikola Doroshenko mehmonlarni qutlar ekan, shunday dedi:

"Biz fotosuratlar ko‘rgazmasini tayyorladik — bu tasvirlar sizni, go‘yo Vergiliy Dante "Do‘zaxi" orqali boshlab o‘tgani kabi, Ukrainaga yetgan urushning to‘qqiz doirasi orqali yetaklaydi. Ularga qarar ekansiz, matonat, jasorat, bardoshlilik va fidoyilikka guvoh bo‘lasiz. Siz og‘riq, g‘azab, qayg‘u va yo‘qotishlarni ko‘rasiz. Ammo siz mehr, birdamlik va sobit insoniy ruhni ham ko‘rasiz."

Ambassador of Ukraine

Ochilish marosimida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Toyvo Klaar shunday dedi:

"Biz – ya’ni Yevropa Ittifoqi uchun – suverenitet va hududiy yaxlitlik xalqaro tartibning asosiy tamoyillaridir. Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorlik urushi dunyo uchun xavfli o‘rnak – pretsedent yaratmoqda. Xalqaro darajada tan olingan chegaralar kuch ishlatish yo‘li bilan o‘zgartirilishi mumkin emas."

EU Ambassador

2025 yil 24 fevral Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘liq bosqinga aylantirganiga uch yil to‘lishini anglatadi. Ushbu ko‘rgazma ukrain fotosuratchilari nigohi orqali sabr, iztirob, kurash, birdamlik va matonat hikoyasini aks ettiradi. U xalqning omon qolish, qarshilik ko‘rsatish va milliy erkinligi hamda adolatli tinchlikni himoya qilish yo‘lidagi intilishlarini aks ettiradi. Har bir surat faqat og‘ir sinovlarni emas, balki ushbu sinovlarni yengishga qat’iy bel bog‘lagan xalqning kuchi va birligini ham namoyon qiladi.

"Eng qorong‘u damlarda biz nafaqat yorug‘lik izlashimiz, balki o‘zimiz ham umid, yordam va harakat manbaiga aylanishimiz kerak", – deya eslatadi ko‘rgazmaning yakuniy xulosasi. Tajribalar, tillar, davlatlar yoki yoshlar o‘rtasidagi farqlarga qaramay, birdamlik bizni kuchliroq qiladi. O‘tmishimiz turlicha bo‘lishi mumkin, ammo kelajakni yaxshilash uchun hozir birdam bo‘lishimiz zarur.

Ko‘rgazma doirasida tashrif buyuruvchilar 2014 yildan beri Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlangan tajovuziga qarshi kurashish tarixiga bag‘ishlangan vaqt jadvalini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ko‘rgazma 25 fevraldan boshlab 139 Documentary Center’da 10 kun davomida omma uchun ochiq bo‘ladi. Barchani ushbu kuchli vizual hikoyalarga guvoh bo‘lishga, Ukrainaning mustahkam qarshiligini xotirlashga va uning xalqi bilan birdamlikda bo‘lishga taklif qilamiz.