Sharlotta Adrianning O‘zbekiston uchun Yevropa Ittifoqining GSP+ tizimi bo‘yicha matbuot anjumanidagi nutqi
23 noyabr, 2023 yil
Hurmatli vazir o‘rinbosari janob Abidov,
Janobi oliylari,
Xonimlar va janoblar,
ASSALOMU ALAYKUM, XONIMLAR VA JANOBLAR,
GSP+ bo‘yicha asosiy nomalar
Avvalambor, Investitsiyalar, sanoat va savoda vazirligiga, jumladan, vazir o‘rinbosari janob Obidovga bugungi matbuot anjumanini birgalikda tashkil qilishdagi ko‘maklari uchun minnatdorlik bildirishimga ruxsat bersangiz. Ikki yarim yil oldin Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga GSP+ benefitsiarligini taqdim qilgani haqida e’lon qilib, mana shunday tadbirni biz birgalikda o‘tkazgan edik.
O‘shanda biz GSP+ YeI va O‘zbekiston o‘rtasida savdoni o‘sishi va, jumladan, Yevropa bozori bilan tanishishlari uchun O‘zbekistonlik eksportchilarni rag‘batlantirishiga xizmat qilishiga birgalikda katta umidlar bildirgan edik.
Bugun, biz yana bir bor uchrashar ekanmiz, ushbu umidlar voqelikka aylanganini ko‘rishdan men juda ham xursandman. GSP+ YeI va O‘zbekiston o‘rtasida har kunlik yanada keng hamkorlik muvaffaqiyatining haqiqiy tarixiga aylandi. Bu nafaqt keyingi ikki yildagi muvaffaqiyatgina bo‘lib qolmasdan, meni ishonchim komilki, yaqin to‘rt yilda u yanada katta o‘sishni namoyon etadi.
Menga ruxsat bersangiz, GSP+ bizning hamkorligimizda shunday bir alohida vosita bo‘lishiga imkon bergan bir necha tarkibiy qismlar haqida sizga ma’lumotlarni keltirib o‘tsam va nima uchun men uni haqiqatdan ham muvaffaqiyat tarixi deb hisoblashim haqida batafsil tushuntirib bersam.
GSP+ Iqtisodiy afzalliklari
Yuqorida aytganimdek, Umumlashtirilgan Imtiyozlar Tizimi (GSP), rivojlanayotgan mamlakatlarni YeIga eksportiga ko‘mak berish uchun YeIning asosiy savdo usuli hisoblanadi. GSP+ maqomini olgach mamlakat Yevropa bozoriga 6000dan ko‘proq turdagi tovarlarni eksporti uchun soliqlardan ozod qilinadi. Hozircha dunyodagi sakkiztagina mamlakat bunday imtiyozli shartlardan foydalanmoqda, va O‘zbekiston ulardan foydalanadigan oxirgi davlat bo‘ldi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan, GSP+ mamlakatingizning xususiy sektori rivojiga kuchli turtki berdi va bu bilan Yevropaning 448 millionlik iste’molchilari bazasiga anchagina yengil kirishni, Yevropa va O‘zbekiston kompaniyalari o‘rtasida yanada tig‘izroq hamkorlik qilish hamda chegaralarda sezilarli tejamkorlik ta’minlandi.
GSP haqidagi 2020- 2022 yillar uchun hisobotni tasdiqlashicha, GSP+, hattoki muhmallik davrida ham O‘zbekistonda iqtisodiy barqarorlik va mustahkam rivojlanishga ko‘mak berishni davom ettirmoqda.
Ijozat bersangiz men, COVID-19 pandemiyasi va Rossiyaning Ukrainaga qarshi sababsiz hamda asossiz harbiy tajovuzi oqibatlari kabilar jahon iqtisodiyotiga ta’sir qilgan qator inqirozlar vaqtida ham GSP+ o‘zining afzalligini tasdiqlaganini ta’kidlab o‘tsam.
O‘zbekiston GSP+ga qo‘shilgan vaqtdan beri uni YeIga eksporti sezilarli darajada o‘sdi. 2019dan to 2022 yilgacha bo‘lgan davrda GSP doirasida O‘zbekistondan YeIga import qilingan tovarlar narxi 2022 yilda 450 million yevrodan ko‘proqni tashkil etib, to‘rt marotaba ko‘proqqa oshdi (har bir Yevropalik iste’molchiga deyarli bir yevrodan). GSP mezonlariga mos keladigan tovarlarni O‘zbekistondan eksporti 2019 yilda 93 million yevroni tashkil qilgandi va, qaytaraman, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 450 million yevroni tashkil qildi. Bu narsani biz muvaffaqiyat deb atashimiz mumkin, shunday emasmi?
Bundan tashqari, import bojlarini bekor qilinishi tufayli O‘zbekiston eksportchilari 2022 yilda 28 million yevrodan ko‘proq tejab qoldilar. Bu esa YeI byudjetiga tushadigan, YeI bozoriga kirish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 28 million yevroni tejab qolish va kompaniyalar hamda xususiy sektorni yanada rivojlanishi uchun imkoniyat berilganini anglatadi. Bu YeIning o‘tgan yilgi O‘zbekiston xususiy sektori rivojiga qo‘shgan hissasidir. 2019 yilga taqqoslaganda bu hissa o‘n barobardan ko‘proqqka o‘sgan (2,5 million yevrodan 2022 yilda deyarli 28 milliongacha).
Shuni yana ta’kidlash joizki, agarda uch yil oldin to‘qimachilik va plastmassa GSP doirasida yetakchi mahsulotlar bo‘lgan bo‘lsa, 2022 yilda ularni farmatsevtika va boshqa kimyo mahsulotlari yo‘nalishlari siqib chiqardi. Shunday qilib, GSP O‘zbekiston iqtisodiyoti va sanoatini diversifikatsiya qilishga ijobiy ta’sir qilmoqda.
Men yana bir raqamni qayd etib o‘tmoqchiman. Bu GSP+ga amalda joriy etilishiga mos keluvchi qaysi mahsulotlar imtiyozlar olganini namoyish etuvchi GSP+dan foydalanishning umumiy koeffitsienti. 2022 yilda bu ko‘rsatkich 93 foizga etdi. Shunday qilib, manfaatdor eksportchilarning juda ham katta aksariyati bu sxema haqida yaxshi ma’lumotga ega. 100 foiz ham bo‘lishi mumkin edi, shuning uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikdagi ishlarimizni davom ettirishimiz lozim, garchi bu ham judayam yaxshi ijobiy natijadir.
GSP+ doirasida YeI bozoriga bojsiz kirishni yaxshilash bo‘yicha O‘zbekistonlik eksportchilar uchun bir necha imkoniyatlarni sizlarga keltirib o‘tishimga ruxsat bersangiz. Modomiki biz mashinasozlik, avtomobilsozlik, yuqori texnologiyali tovarlar va tibbiyot uskunalarini o‘sishini kutayotgan ekanmiz, turli xil elektron komponentlar va metall qismlarga talab o‘sib boraveradi. Shunday qilib, mamlakatingiz foydalanishning past harajatlari tufayli elektron tovarlar va komponentlarni ishlab chiqarishni kengaytirib, o‘zining muvaffaqiyatini bundan keyin ham rivojlantirishi mumkin.
Boz ustiga, YeI “yashil” iqtisodiyotga o‘tar ekan, O‘zbekistondan YeIga eksportni, shu jumladan, metall va anchagina muhim bo‘lgan xom ashyo eksportini yanada oshiradigan imkoniyatlarning yana bir sektori mavjud.
GSP+ning xalqaro konvensiyalari
Endi bu meni ikkinchi bandga o‘tishimga olib keladi. Siyosiy jihatga qaraladigan bo‘linsa, GSP+ orqali biz inson huquqlari va mehnat huquqlari, hamda atrof-muhit, iqlim va samarali boshqaruv sohalarida xalqaro standartlarga erishish bo‘yicha O‘zbekistonning strategiyasiga hamrohlik qilamiz va uni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bunday tashqari, GSP+ o‘zgarishlarga intilishi mumkin bo‘lgan fuqarolik jamiyati va biznes uchun maydon yaratadi.
2016 yildan beri mamlakatingiz demokratiya va bozor iqtisodiyotiga o‘tib, keng qamrovli islohotlar yo‘liga o‘tdi. O‘zbekiston GSP+ga tegishli bo‘lgan 27ta xalqaro konvensiyalarni qo‘llashda aniq taraqqiyotga erishdi.
Qonunchilik va tegishli siyosatni takomillashtirish borasida sezilarli taraqqiyotga erishilgan bo‘lsada, rioya qilish va amalga oshirishda farq kuzatilmoqda.
YeI qonunchilikni takomillashtirishda, jumladan, xotin-qizlar huquqlari va gender zo‘ravonlikka qarshi, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar masalalarida O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz 2020 va 2021 yillarda paxta dalalari bo‘yicha XMTning mustaqil Hisoboti natijalarida ham aks ettirilgan bolalar va majburiy mehnatga chek qo‘yilishida sizning ishtirokingizni yuqori baholaymiz. Boz ustiga, Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirishda sezilarli muvaffaqiyatga erishish imkonini berdi.
Shu bilan birga, xalqaro majburiyatlarni to‘liq bajarish uchun zarur bo‘lgan masalalar ham bor. Biz huquqiy baza va fuqarolik hamda siyosiy huquqlarni amalga oshirish o‘rtasida ba’zi bir nomuvofiqliklarni kuzatmoqdamiz. Misol uchun, birlashmalar, shu jumladan, kasaba uyushmalarning erkinligini ta’minlash uchun qo‘shimcha sa’y harakatlarni qilish lozim bo‘ladi. Fikrlarni bildirish erkinligi hanuz, gohida shubha ostida qolmoqda.
GSP+ning 2020-2022 yillar uchun hisobotida qayd etilgan ushbu masalalarni O‘zbekistonning GSP+ talablariga kelgusida rioya etishini ta’minlash uchun hal qilish kerak. Va, albatta, biz islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha sizning harakatlaringizni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz.
GSP+ni uzaytirish
Ochig‘ini aytsam, Yevropa parlamenti va Yevropa Kengashi kecha GSP+ni oldingi shartlar asosida 2027 yilning 31 dekabr kuniga qadar qarorni qabul qilganini men katta fahr bilan ma’lum qilaman.
Bu amalda nimani anglatadi?
Bu, birinchidan, O‘zbekistonning xususiy sektori, eksportchilar va ishlab chiqaruvchilar uchun prognozlashtirish bo‘yicha katta imkoniyatlarni anglatadi. Yevropaga o‘zining to‘qimachilik yoki farmatsevtika mahsulotlarini yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan O‘zbekistonning barcha eksportchilari mazkur sxema imtiyozlaridan foydalanishni davom ettirishlari mumkin bo‘ladi, ya’ni Yevropaga soliqlarsiz eksport qiladilar.
Men bu narsa Yevropa bozoriga yangi tadbirkorlarni jalb qilish uchun rag‘bat bo‘lishiga umid qilaman, u yerda yangi hamkorlar topishlari va import bojlaridan ozod bo‘lish afzalliklaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Bu nafaqat yaqin to‘rt yilda mamlakatingiz xususiy sektori rivojiga sezilarli ko‘mak bo‘ladi, balki undan ham ko‘proq davr bo‘lishiga umid qilaman.
Menimcha, bu, shuningdek, YeIning O‘zbekistondagi islohotlar jarayonini doimiy ravishda qo‘llashining qo‘shimcha alomati hisoblanadi.
YeI GSPning amaldagi sxemasini keyingi to‘rt yilga uzaytirar ekan, bir vaqtni o‘zida GSPning yangi reglamentini qabul qilishning qonunchilik ishlari davom etmoqda. Bizda ushbu yangi sxema bo‘yicha tafsilotlar hozircha mavjud emas, ammo biz qator rivojlanayotgan mamlakatlarni Yevropa bozoriga eksportlari bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash falsafasiga amal qilish niyatidamiz, ular ham, o‘z navbatida, ichki islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlar qilishmoqda.
Haqiqatan ham, biz GSP+ni amal qilishini keyingi to‘rt yilga uzaytirar ekanmiz, bizda ham inson huquqlari sohasida xalqaro standartlar ustida birgalikda ishlashimiz uchun ko‘proq vaqt bo‘ladi. YeI BMTning 27ta konvensiyasini bajarilishi harakatlarini kuzatib borishni davom ettiradi. YeI kuzatuvchilarining O‘zbekistonga keyingi missiyasi, aniqrog‘i kelgusi yilda keladi.
Yana shuni qayd etish joizki, ikki kun oldin, 21 noyabr kuni Yevropa Komissiyasi 2020-2022 yillar uchun preferensiyalarning, ya’ni imtiyozlar Umumiy sxemasi (GSP) haqida hisobotni e’lon qildi. Mazkur hisobotda GSP ayni vaqtda taqdim etayotgan barcha afzalliklar, hamda BMTning 27ta konvensiyasi bajarish bo‘yicha rivojlanishlar aks ettirilgan.
So‘zimni oxirida YeI avvalgidek O‘zbekiston bilan o‘zaro keng qamrovli munosabatlar tarafdori ekanini ta’kidlashimga ruxsat bersangiz va biz GSP+ vositasida savdoni barqaror rivojlantirishga ko‘mak berish bo‘yicha o‘z maqsadimizga erishishni davom ettirishga umid qilamiz.
E’tiboringiz uchun rahmat va yana bir bor hurmatli vazir o‘rinbosari, janob Abidov, ushbu muvaffaqiyat tarixini birgalikda nishonlash imkonini bergan sizning barcha intilishlarizga yana bir bor tashakkur bildiraman.
Katta rahmat!