Toshkent ikkinchi YEVROPA HARAKATLANISH HAFTALIGI doirasida havo ifloslanishini kamaytirish va yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash masalalarini muhokama qildi
2020 yil 18 sentyabr, Toshkent. Yevropa Harakatlanish Haftasi doirasida Toshkentda tashqi muhitga zararsiz holda harakatlanishga erishish va yo'l harakati xavfsizligiga bag'ishlangan virtual davra suhbati tashkil etildi. Qiyinchiliklar va ularning yechimlari COVID-19 pandemiyasi bilan bog'liq cheklovlar munosabati bilan onlayn tarzda muhokama qilindi.
2020 yilgi Yevropa Harakatlanish Haftasining asosiy mavzusi - "Barchaga tashqi muhitga zararsiz holda harakatlanish". Shahar hududlarida turli xil iqlim, geografik va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga qaramay, ekologik neytral va inklyuziv shahar muhitini yaratish bo'yicha choralar ko'rish mumkin. Shunday qilib, 2020 yilgi Yevropa Harakatlanish Haftaligi odamlar va shaharlarni uzoq muddatli maqsadiga, yani uglerodga neytral qit’aga ega bo’lish uchun choralar ko'rishga chaqiradi.
Toshkent shahri Hokimi o’rinbosari Durdona Rakhimova, Transport vazirining o'rinbosari Davron Dexqonov, Xalq ta’limi vaziri o’rinbosari Dilshod Kenjayev va Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili Yussi Narvi hamraislik qilgan tadbir dastlab nafaqat jamoatchilik e'tiborini poytaxt yo'llarida xavfsizlik va harakatlanish muammolariga qaratishni, balki kelajakdagi rivojlanish rejasini ishlab chiqish uchun birinchi qadamlarni qo'yib, ularning echimlarini ko'rsatib berishni maqsad qilgan.
Davra suhbati davomida Toshkent shahar hokimining o'rinbosari Durdona Rahimova hokimiyat tomonidan jalb qilingan idoralar bilan birgalikda avtobuslar, metro va boshqa transport turlarining o'zaro bog'lanishini nazarda tutadigan Toshkent transport tizimini rivojlantirish Kontseptsiyasini joriy etish bo'yicha muhim ishlarni ta'kidladi. Shuningdek, Kontseptsiyaga muvofiq 12 yo'nalishdagi 173,8 km uzunlikdagi velosiped yo'llarini tadbiq etilishi rejalashtirilgan, bu poytaxt atmosferasiga zararli chiqindilar miqdorini sezilarli darajada kamaytirishga ta'sir qiladi. Voqeani sharhlar ekan, Durdona Rahimova quyidagilarni ta'kidlab o'tdi: “Bugungi munozara Konsepsiyani amalga oshirishda tadbirlarni davom ettirish va ushbu yo'nalishda idoralararo va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim rag'batlantiruvchi omil bo'ldi. Bugun biz bir qator tashabbuslarni aniqladik, ularni amalga oshirish natijasida yo'llarda qurbonlar sonini sezilarli darajada kamaytiradi va shahar infratuzilmasini yaxshilaydi”.
O'zbekiston Respublikasi transport vazirining o'rinbosari Davron Dehqonov ta'kidlaganidek, "Bunday formatlarning an'anaga aylanib borayotgani bizni ilhomlantiradi. O'tgan yili Yevropa Harakatlanish Haftasi O'zbekistonda birinchi marta va muvaffaqiyatli o'tkazilganiga guvoh bo'ldik. Aynan shunday platformalarning muntazamligi, bildirilgan g'oyalar o'z ifodasini topishiga umid qilishimizga imkon beradi. Ushbu tadbir davlat, fuqarolik jamiyati, jamoatchilik va xalqaro institutlar o'rtasidagi muvaffaqiyatli muloqotning yorqin dalilidir. "
“Bolalar, maktab o'quvchilari va ularning ota-onalarining yo'l harakati xavfsizligi to'g'risida xabardorlikni oshirish - yo'l o'limining oldini olishning muhim asosiy qismidir. Yo'l harakati qoidalarining modullari majburiy ta'lim dasturiga kiritilgan. Velosiped to'xtash joyini joriy etish bilan, bir qator maktablarda pilot loyihalarni yaratilsa, maqsadga muvofiqdir. Shunda kelajakda velosiped - maktab o'quvchilari uchun odatiy transport turiga aylanadi", dedi Xalq ta'limi vaziri o'rinbosari Dilshod Kenjayev.
“Yevropa Harakatlanish Haftasi odamlarni harakatga bo'lgan ehtiyojlarini qanday qilib kamroq salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida o'ylashga va havo va shovqin ifloslanishi, tirbandlik, yo'l-transport hodisalari va sog'liq muammolari kabi muammolarni hal qilish uchun aniq echimlarni muhokama qilishni talab qiladi. Yevropa Harakatlanish Haftasi mahalliy hokimiyatni berilgan mavzular atrofida tushuntirish ishlarini tashkil etishga, shuningdek o'z shaharlarida barqaror transport holatini yaxshilaydigan doimiy chora-tadbirlarni boshlashga undaydi", dedi Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi Delegatsiyasi Muvaqqat ishlar vakili Yussi Narvi.
Davra suhbatining maxsus mehmonlari Harakatlanish va transport bo'yicha Yevropa Komissiyasi bosh direktori o'rinbosari Metyu Bolduin, Yevropa Ittifoqining Turkiyadagi dastur menejeri Go'ktug Kara va Gollandiyadan kelgan xalqaro ekspert doktor Adnan Rahmon bo’ldi.
«Bu yilgi Yevropa Harakatlanish Haftasining mavzusi 'Zero Emission Mobility' - bu 2050 yilga qadar Yevropada iqlimli neytral holatga keltirishga qaratilgan Yevropa Komissiyasining siyosiy tashabbuslari to'plami, biz Yevropada amalga oshirmoqchi bo'lgan Grean Deal-ni yorqin aks ettiradi. Ushbu maqsad bir qator savollarni tug'diradi – qanday qilib biz transportning fuqarolarga salbiy ta'sirini cheklashimiz, tirbandlikni, yo'l-transport hodisalarini kamaytirishimiz va iqlimni yaxshilashimiz mumkin? Shahar transportining barqaror va samarali modelini qanday ta'minlash mumkin va bu amalda nimani anglatadi? Bundan tashqari, COVID-19 tufayli Bryusselda velosipedchilarning 44 foizga o'sishi kuzatilmoqda. Bu, avvalambor, ko'proq odamlarni velosipedda yurish va piyoda sayohat qilish kabi alternativ harakatlanish turlarini tanlashga undaydigan yetarli infratuzilmani ta'minlash kerakligini anglatadi. O’z navbatida bu esa havo sifatini yaxshilashga va uglerod chiqindilarining pasayishiga olib keladi. Ammo bu shuningdek, hukumat, professional tashkilotlar va fuqarolik jamiyati o'rtasida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini o'rnatish bo'yicha ishlarni davom ettirishni, yo'l harakati xavfsizligi muammolarini hal qilishda birgalikda ishlashni talab qiladi», deydi transport bo'yicha Yevropa Komissiyasi bosh direktori o'rinbosari Metyu Bolduin.
"Shaharlar - bu piyodalar va avtomobillar, shaxsiy va jamoat transportlari, harakatlanish va foydalana olish imkoniyati va yo'l harakati xavfsizligi kabi turli xil foydalanuvchilar guruhlarining ehtiyojlarini diqqat bilan muvozanatlashni talab qiladigan murakkab tiimdir. Savol - bunga qanday erishish mumkin? Eng avvalo, turli xil foydalanuvchilar guruhlarining ehtiyojlarini qondirish uchun puxta ishlab chiqilgan infratuzilma muhim omil hisoblanadi. Ikkinchidan, qoidalarga rioya qilish - ikkinchi muhim masaladir. Bu butun shahar bo'ylab va yo'l tarmog'ida tezlikni to'g'ri boshqarishni anglatadi. Va nihoyat, odamlar yo'llardan qanday foydalanishni, qanday haydashni va yo'lda o'zini tutishni tushunishlari uchun ta'lim juda muhimdir. Faqatgina avtomobilni boshqarish bo'yicha bilimlarning yaxshilanishi, yo'lda harakatlanish xavfsizligini 10 foizga oshiradi. Ma'lumotlarning mavjudligi xavfsizlik tizimning muammosini tushunishiga olib keladi. Bu yo'l-transport hodisalari va odam o'limi kabi ma'lumotlar haqida - ular qanday sodir bo'ldi, qaerda yuz berdi va qanday voqealar bunga sabab bo'lgan? Bundan tashqari, mahalliy darajada siyosiy qo'llab-quvvatlash va salohiyat bo'lish kerak. Va nihoyat, yo'l harakati xavfsizligi masalasi - atrof-muhit siyosati kabi kengroq siyosatning bir qismi bo'lishi kerak”, - deydi doktor Adnan Rahmon, Gollandiyalik transport siyosati bo'yicha xalqaro ekspert.
Suhbatni samarali tashkil etishda Toshkent shahar transport boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligining Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi, shuningdek, O'zbekiston Velosipedchilar Uyushmasi tomonidan samarali muhokamani tashkil etishga katta hissa qo'shildi.
O'zbekiston Velosipedchilar Uyushmasi ma'muri Iskandar Ahmedov shaharning velosiped infratuzilmasini batafsil tahlil qilib, yo’lakchalarning o’zaro bog'lanishiga, xalqaro standartlarga va ulardan foydalanish samaradorligiga alohida e'tibor qaratdi. Ushbu ma'lumotlar uchrashuvning barcha ishtirokchilari uchun juda foydali bo'lib, kelgusida o'zaro manfaatli hamkorlik uchun echimga aylandi.
Yevropa Harakatlanish Haftasi-2020 kampaniyasini Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi Delegatsiyasi homiyligida boshlanadi. Kampaniya 16-22 sentabr kunlari bo’lib o’tadi va tez rivojlanayotgan shaharlarda tashqi muhitga zararsiz holda harakatlanish, ya’ni velosipedda sayohat qilish haqida xabardorlikni oshirishga va bolalarga yo'l harakati xavfsizligi to'g'risida ma'lumot berishga qaratilgan.
Qo'shimcha ma'lumot uchun jamoatchilik Facebook-dagi O'zbekistonda o'tkaziladigan Yevropa Harakatlanish Haftasi sahifasiga (@EuropeanMobilityWeekUz) obuna bo'lishga taklif qilinadi. Facebook-dagi Yevropa Harakatlanish Haftasi aksiyasining surati uchun bu yerni bosing (va #YevropaHarakatlanishHaftasi ni tanlang).
Qo’shimcha ma’lumot:
Eslatib o'tamiz, Yevropa Harakatlanish Haftaligi Yevropa Komissiyasining 2002 yildan beri har yili dunyo bo'ylab millionlab odamlarni birlashtirgan shahar harakatini barqaror rivojlantirish bo'yicha tashabbusi. O'tgan yili YHHning 7 kunni sog'lom va barqaror turmush tarzini targ'ib qilishga bag'ishlagan chaqirig'iga 3000 dan ortiq shaharlar javob berdi.
O'zbekistondagi birinchi Yevropa Harakatlanish Haftaligi 2019 yilda bo'lib o'tgan va Toshkent shahar hokimligi, O'zbekiston transport vazirligi tomonidan Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi Delegatsiyasi ko'magida tashkil etilgan. 2019 yilgi aksiya shahar bo'ylab sayohat qilishning xavfsiz va barqaror yo'llari sifatida metroda sayohat va piyoda sayr qilishga qaratilgan. O'tgan yili Toshkentda bo'lib o'tgan ba'zi tadbirlardan 19 sentabr kuni bepul metro kuni va 22 sentyabr kuni Lutfiy ko'chasida "Avtomobilsiz kun" ko'cha festivali o'tkazildi.