Toshkentda iqlim oʻzgarishi va barqarorlik masalalari boʻyicha Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida yuqori darajadagi muloqot oʻtkaziladi
2022-yil 2-dekabr kuni Toshkent shahrida “Global bilimlardan mahalliy yechimlar sari: Markaziy Osiyodagi iqlimga oʻzgarishiga barqaror institutlar” shiori ostida yuqori darajadagi mintaqaviy muloqot oʻtkaziladi.
Mazkur tadbir Oʻzgidromet, BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi va barqarorlik” loyihasi doirasida va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatning “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 2022 yil Qirgʻizistonda boʻlib oʻtgan toʻrtinchi Maslahat uchrashuvida “Markaziy Osiyo uchun «Yashil» kun tartibi” mintaqaviy dasturi tashabbusi ilgari surildi. Tashabbus doirasida iqtisodiyotni karbonsizlantirish, suv tejovchi va ekologik toza texnologiyalarni keng joriy qilish, shuningdek, mintaqaning eng dolzarb ekologik va iqlim muammolarini hal qilishda BMT platformasidan foydalanish ta’kidlandi.
Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlar mintaqani Yevropa Ittifoqining bir qismi sifatida, ham global siyosatni rivojlantirish boʻyicha Yevropa konsensusida koʻrsatilgan iqlim oʻzgarishini yumshatish va unga moslashish oʻrtasidagi oʻzaro muvozanatni ta’minlash boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar olib bormoqda.
Konferensiyada Markaziy Osiyo davlatlarining iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq xavf-xatarlarga nisbatan iqlim siyosati taqdimoti va ushbu yoʻnalishda keng qamrovli muloqot tashkil etilishi kutilmoqda. Shuningdek, muloqotda barcha manfaatdor tomonlar bilan birgalikda iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish orqali iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlarga barqarorlikni oshirish boʻyicha uzoq muddatli rejalar koʻrib chiqiladi.
Tadbirda ishtirok etish uchun davlat organlari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, mutaxassis va ekspertlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, xususiy sektor vakillari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va OAV vakillari taklif etiladi.
Iqlim oʻzgarishiga nisbatan chidamlilikni oshirish, suv, energiya va oziq-ovqat sektorlari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik, bilimlarni boshqarish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash tadbirda koʻzda tutilgan toʻrtta panel sessiyalarining sosiy mavzularidir.
Mazkur tadbirda Onlayn ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻting.