Toshkentda Yevropa tillari kuni 2026
30-sentabr kuni bizga qo‘shiling va Yevropaning boy til va madaniy xilma-xilligini nishonlang hamda tillar qanday qilib yangi madaniyatlar, do‘stlik, ta’lim va imkoniyatlar eshigini ochishi mumkinligini bilib oling.
Yevropa Jamoasi, diplomatik vakolatxonalar, madaniy tashkilotlar, universitetlar, talabalar, til o‘rganuvchilar va keng jamoatchilikni birlashtiradigan Yevropa tillari kuni 2026 doirasida Toshkentda kun davomida turli interaktiv tadbirlar tashkil etiladi.
Kunduzgi dastur
10:00–13:00
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Dastur doirasida ona tili vakillari qo‘shiqlar, iboralar, so‘zlar va interaktiv ta’lim faoliyatlari orqali turli tillarni tanishtiradilar.
Shuningdek, parallel ravishda Tillar yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Unda turli mamlakatlarga bag‘ishlangan stendlarda o‘yinlar, viktorinalar, madaniyatga oid ma’lumotlar va turli Yevropa tillari bilan yaqindan tanishish imkoniyatlari taqdim etiladi.
SpeakEasy Night
19:00–21:30
Gyote-Instituti, Amir Temur ko‘chasi, 42, Toshkent
Maxsus kechki dasturga qo‘shiling:
- qisqa metrajli film namoyishi va muhokamasi;
- til stollari va interaktiv o‘yinlar;
- tezkor tanishuv va madaniy almashinuv;
- ishtirok etuvchi Yevropa mamlakatlari musiqalaridan iborat DJ dasturi;
- va yana ko‘plab qiziqarli tadbirlar.
Yevropani uning tillari va madaniyatlari orqali kashf eting, yangi insonlar bilan tanishing va til xilma-xilligini yaxshi davrada birgalikda nishonlang.
EUNIC doirasida tashkil etilayotgan ushbu tadbir talabalar, til o‘rganuvchilar, universitet vakillari, diplomatlar, madaniy tashkilotlar, OAV vakillari hamda Yevropa tillari va madaniyatlariga qiziqadigan barcha uchun ochiq.
Sizni ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!
#EuropeanDayOfLanguages #EU4UZ #SpeakEasyNight #EUNIC #TeamEurope