Transport aloqasi bo‘yicha Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo investorlar forumi

Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo transport aloqalari bo‘yicha investorlar forumi 29-30 yanvar kunlari Bryussel shahrida bo‘lib o‘tadi.

 

 

 

Bryussel shahrida 29-30 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur Forum maydonida Markaziy Osiyo mamlakatlari, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar, Transkaspiy transport yo‘lagi bo‘ylab joylashgan hamkor mamlakatlar, Yevropa Ittifoqi muassasalari, xalqaro va ikki tomonlama moliya institutlarining yuqori lavozimdagi vakillari, hamda xususiy sektor va fuqarolik jamiyatlari vakillari yig‘iladi. Investorlar forumini o‘tkazishdan maqsad – Yevropa Ittifoqining “Global Gateway” (Global darvoza) investitsiyaviy strategik dasturiga muvofiq, Yevropani Markaziy Osiyo bilan 15 kunda yoki undan ham qisqaroq vaqtda birlashtiradigan multimodal, zamonaviy, raqobatbardosh, barqaror, prognozi qilina oladigan, “aqlli” va yuqori tezlikdagi yo‘l sifatida Transkaspiy transport yo‘lagini rivojlantirish uchun investitsiyalarni amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha jarayonni ishga solishdan iboratdir. Faqat taklifnoma bilan ishtirok etish mumkin bo‘lgan Ikki kunlik tadbir 2024 yilning 29 va 30 yanvar kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan hamkor mamlakatlar bilan birgalikda “Global Gateway” dasturi vositasida mintaqa bilan aloqalarni mustahkavmlashga ko‘maklashish uchun qator e’lonlar qilinadi.

Transport aloqasi bo‘yicha Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo investorlar forumidan qanday natijalarni kutish mumkin?

Tadbirning yalpi majlisida Yevropa komissiyasining Ijrochi Vitse-Prezidenti Valdis Dombrovskis va Oliy Vakil/Yevropa komissiyasining Vitse-Prezidenti Jozep Borrel kirish so‘zi bilan ishtirok etadi. Kirish qismidan so‘ng yuqori darajadagi panel munozarasi bo‘lib o‘tadi, qator mazmunli va mavzuli sho‘ba yig‘ilishlari va Yevropa Komissiyasining Vitse-Prezidenti Margaritis Sxinas bilan yakuniy yalpi majlis o‘tkaziladi.

Investorlar forumi quyidagi sohalarga bag‘ishlanadi:

  • Yer usti aloqalari
  • Dengiz yo‘li (Kaspiy va Qora dengiz)
  • O‘zaro aloqadorlikni ta’minlashni “Yumshoq” komponenti
  • Transport aloqasi uchun investitsiyaviy imkoniyatlar
  • Qo‘shni davlatlar orqali Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi transport aloqasini ta’minlash

Sessiyalar haqida ko‘proq ma’lumot bu yerda joylashtirilgan

Qatnashish faqat taklifnomalar bilan.

Amaliy axborot

Sana: 2024 yil 29 va 30 yanvar

O‘tkazish joyi: Maydon - Bryussel konferens-markazi