Ukrainaga hamdardlik: Yevropa Ittifoqi va Ukraina elchixonasi “Sariq va Ko‘k” ko‘rgazmasini taqdim etadi

19.02.2026
Ilhom Teatri, Toshkent, O‘zbekiston
Press and information team of the Delegation to UZBEKISTAN

Ko‘rgazma 2026 yil 25–28 fevral kunlari Ilhom Teatrida ochiq bo‘ladi.

 

O‘zbekiston Respublikasidagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi Ukraina elchixonasi bilan hamkorlikda ukrainalik rassomlarining “Sariq va Ko‘k” nomli posterlar ko‘rgazmasini Toshkentda taqdim etishadi.

Ko‘rgazma 2026 yil 25–28 fevral kunlari Ilhom Teatrida ochiq bo‘ladi.

Posterlar orqali loyiha zamonaviy Ukrainani madaniyat, tarix va kundalik hayotning rang-barang mozaikasi sifatida namoyish etadi. U Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi sharoitida zaiflik va bardoshlik o‘rtasidagi nozik muvozanatni o‘rganadi va tomoshabinlarni mamlakatning o‘ziga xosligi, tajribasi va kuchi bilan chuqurroq tanishtiradi.

2014 yilda tashkil etilgan Pictoric – zamonaviy vizual san’at bilan shug‘ullanuvchi rassomlar, dizaynerlar va ijodkorlar jamoasi. U dunyo bo‘ylab 150 dan ortiq ko‘rgazmalarni yetakchi xalqaro madaniy muassasalar bilan hamkorlikda tashkil qilgan.

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga siyosiy, iqtisodiy, harbiy va diplomatik jihatdan qat’iy qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi va BMT Nizomi tamoyillariga asoslangan adolatli va barqaror tinchlik yo‘lidan fidoyilik bilan harakat qiladi.

Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi va Ukraina Elchixonasi Ilkhom Teatriga tashkiliy yordam uchun samimiy minnatdorlik bildiradi.