Yevropa Ittifoqi “Twinning” loyihasi: Latviya va O’zbekiston o’rtasidagi tajriba va bilim almashinuvini qo’llab-quvvatlash

Latviya Adliya vazirligida 29-sentabrdan 3-oktabrgacha O’zbekiston Adliya vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi va boshqa tuzilmalar vakillari uchun o‘quv tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari normativ-huquqiy bazani soddalashtirish, tizimlashtirish va raqamlashtirish bo‘yicha Latviya tajribasi bilan tanishdi.

Latviya Adliya vazirligida 29-sentabrdan 3-oktabrgacha O’zbekiston Adliya vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi va boshqa tuzilmalar vakillari uchun o‘quv tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari normativ-huquqiy bazani soddalashtirish, tizimlashtirish va raqamlashtirish bo‘yicha Latviya tajribasi bilan tanishdi.

Tashrif Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan Twinning loyihasi “Normativ-huquqiy bazani tizimlashtirish va soddalashtirish” doirasida bo‘lib o‘tdi, loyiha O‘zbekistonda adliya sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va Adliya vazirligining institutsional salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan. O‘quv tashrifidan maqsad ishtirokchilarga qonunchilik jarayoni, uni soddalashtirish, raqamlashtirishni joriy etish bo‘yicha yangi bilimlar berishdan iborat bo’ldi.

Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, qayta ko‘rib chiqish, tizimlashtirish, shuningdek, amaldagi va bo‘lajak advokatlarni tayyorlashga mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston tashkilotlari vakillari quyidagi mavzular bo’yicha qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi:

 

  • normativ-huquqiy hujjatlarni loyihalashtirish, muvofiqlashtirish, muhokama qilish va nashr etish jarayonida ularning raqamli yechimlarini takomillashtirish, shu jumladan barcha jarayon ishtirokchilari uchun ma’muriy yukni kamaytirish;

  • tartibga solish ta’sirini baholashni qonun ijodkorligi jarayoniga hamma uchun ochiq va tushunarli tarzda joriy etish;

  • O‘zbekistonda qonun hujjatlarini ishlab chiqish, qayta ko‘rib chiqish va tizimlashtirish bilan shug‘ullanuvchi davlat xizmatchilari va huquqshunoslarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash.

Delegatsiya a’zolari Adliya vazirligining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishdagi o‘rni, Latviyadagi normativ hujjatlar ierarxiyasi va uni belgilab beruvchi nazariya, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi va Davlat kantselyariyasi bilan tanishish maqsadida tashrif buyurishdi.

O’quv tashrifi dasturi, Parlamentga (Saeima) va yangi tashkil etilgan Yuridik akademiyasiga tashriflar, tartibga solish ta’sirini “ex-ante” baholashda standart xarajatlar modelini qo’llash bo’yicha taqdimotlar va huquqiy hujjatlarni “ex-post” baholash bo’yicha Davlat kantselyariyasi tomonidan ishlab chiqilgan metodologiya bilan tanishishni o’z ichiga olgan.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Latviyada normativ-huquqiy hujjatlarni loyihalashtirish va muvofiqlashtirishda foydalaniladigan raqamli vositalar bilan tanishdi. Dasturda “TAP” portalining ishlash imkoniyatlari va rivojlanishi, Latviyaning “Latvijas Vēstnesis” rasmiy nashriyotining normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish bo‘yicha tajribasi, shuningdek, raqamli boshqaruvni ta’minlashda Korxonalar reyestri amaliyoti va boshqa tegishli mavzularda taqdimotlar o‘rin olgan.

Loyiha va oʻquv tashrifi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan. Latviya o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashish orqali O‘zbekistonga qonun ustuvorligi va qonun ijodkorligi jarayonlarida shaffoflikni mustahkamlashga yordam beradi.