Yevropa Ittifoqi elchisi hayot va rivojlanish uchun ekologik xavfsiz sharoitlarni tiklash bo‘yicha ishlar olib borilayotgan Yangioboddagi uran merosi inshootlariga tashrif buyurdi
2023 yil 9 sentabr, Yangiobod – Yevropa Ittifoqi, 7 sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Atrof-muhitni tiklash bo‘yicha YeTTB Hisobi omonatchilar Assambleyasi uchrashuvi bilan birga o‘zining hamkorlari bo‘lmish Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) va O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston vakillari bilan birgalikda O‘zbekistondagi uranni qazib chiqarish bo‘yicha eng yirik inshoot bo‘lgan Yangiobodda ikki kunlik tashrifni tashkil etdi.
Ishtirokchilar orasida elchilar-rezidentlar va norezidentlar, Chexiya, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Vengriya, Latviya, Niderlandlar, Ruminiya, Shvetsiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Qo‘shma Shtatlar diplomatik vakillari va boshqalar bor edi.
Yangioboddagi uran koni tog‘lik joyda joylashgan yettita konlariga ega, ular 40 yil mobaynida 1980 yillarga kelib qazib chiqarish to‘xtatilganicha ishlatilgan. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish qazilmalarni ochiq qazib olish va yer ostida ishqor bilan ishlatilishi natijasida atrof-muhitni ifloslanishiga, radioaktiv va zaharli chiqindilarni paydo bo‘lishiga olib keldi. Tiklanish ishlari konlarni yopilishiga, tashlab ketilgan inshootlarni buzish va bo‘shab qolgan yer jinslarini ba’zi qismlarini qayta kultivatsiya qilishga yo‘naltirilgan. Tiklanish ishlaridan so‘ng mazkur tuman ekologik xavfsiz hudud bo‘ladi, bu esa mahalliy iqtisodiyot va turizm sanoatini rivojlantirish imkonini beradi. Belgiya, Litva, Norvegiya, Ispaniya, Shveysariya va AQSH kabi donorlar bilan bir qatorda Yevropa Ittifoqining moliyalashtirilishi eng yirigi hisoblanadi.
“Uran konini tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlar atrof-muhit uchun xatarlarni bartaraf qilish va ilgarigi qazib chiqarish, qayta ishlash va uranni ko‘mish bo‘yicha faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan aholi salomatligiga yo‘naltirilgan eng muhim tashabbuslardan hisoblanadi. Ushbu harakatlar radioaktiv materiallarni tarqalishini kamaytirish, atrof-muhitni yanada degradatsiyaga duchor bo‘lishini oldini olish va yaqin atrofdagi aholi qo‘rg‘onlarini himoya qilish maqsadida yer uchastkalarini tozalash va tiklashni o‘ziga qamrab oladi. Biz O‘zbekiston hukumatini mazkur muhim vazifani hal etishda qo‘llab-quvvatlashdan va ishlarni jadallashtirishga yuqori sodiqlikni ko‘rishdan mamnunmiz. Tiklanishning kompleks strategiyasini joriy qilish orqali biz urandan zaharlanishni uzoq muddatli oqibatlarini yumshata olamiz, yerdan barqaror foydalanishga ko‘mak beramiz va ham atrof-muhit uchun ham mahalliy hamjamiyat uchun yanada havfsiz va sog‘lom kelajakni ta’minlay olamiz”, - deya bayonot berdi Sharlotta Adrian, Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi.
Inshootga tashrif mobaynida ishtirokchilar, shuningdek, mahalliy hamjamiyatlar manfaatlari yo‘lida Yevropa Ittifoqi moliyalashtirayotgan, BMTTD va YeXHT tomonidan amalga oshirilayotgan ikki tomonlama loyiha haqida xabardor qilindi. BMTTD loyihasi komponenti hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab quvvatlash uchun jamoalar rahbarligi ostida o‘ziga keng ko‘lamli investitsiyaviy loyihalarni qamrab olgan. YeXHT komponenti mahalliy hamjamiyatlar bilan muloqot qilish, atrof-muhit, uran merosi inshootlarining xavfi haqida ma’lumotlar berishga qaratilgan.