Yevropa Ittifoqi festivali 2026 - Toshkentda Yevropa kuni nishonlanadi
Ba’zan bir kun o‘nlab o‘qilgan yangiliklardan hamko‘proq ma’lumot beradi.
Chunki hammasi muloqotda jonlanadi: odamlar, g‘oyalar, imkoniyatlar - va siz buni nazariyada emas, balki real hayotda ko‘rasiz.
2 may kuni Toshkentda Yevropa Ittifoqi festivali 2026 - Yevropa kuni bo‘lib o‘tadi. Bu Yevropa Jamoasi ruhidagi ochiq shahar tadbiri bo‘lib, unda bir makonda xalqaro loyihalar, Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar elchixonalari va bugungi kunda mavjud imkoniyatlarni yaxshiroq tushunishni istagan insonlar uchrashadi.
Bu yerda Yevropa Ittifoqi moliyalashtirayotgan dasturlar haqida shunchaki eshitish emas, balki ularning vakillari bilan bevosita muloqot qilish, savollar berish va aynan sizga mos keladigan yo‘nalishlarni aniqlash mumkin - bu o‘qish, loyihalarda ishtirok etish yoki professional rivojlanish bo‘lishi mumkin.
Festival xalqaro tashabbuslarning O‘zbekistonda amalda qanday ishlayotganini ko‘rish uchun noyob imkoniyat beradi: ta’lim, ko‘nikmalarni rivojlantirish, ekologiya, hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa yo‘nalishlarda.
Dasturning alohida qismi - Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan jonli tanishuv. Elchixonalar o‘z turizm salohiyatini, ta’lim olish imkoniyatlarini, va madaniy xilma-killiklarini taqdim etadi: fin ertaklaridagi Mumi-trollar o‘qishidan tortib, raqs mahorat darslari, viktorinalar va erkin muloqotgacha.
Bu yerga oila va yaqinlaringiz bilan tashrif buyuring:
- Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan jonli formatda tanishing: elchixonalar vakillari bilan muloqot qiling, madaniy faoliyatlar va interaktiv zonalarda ishtirok eting, sovg‘alarni yutib oling
- ta’lim imkoniyatlari haqida ma’lumot oling: stajirovkalar, o‘qish, xalqaro dasturlar va loyihalar
- O‘zbekistonda allaqachon amalga oshirilayotgan ekologiya, ko‘nikmalarni rivojlantirish, hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash va inson huquqlarini himoya qilish sohalaridagi tashabbuslar bilan tanishing
- loyihalar vakillariga bevosita savol bering va ularda qanday ishtirok etish mumkinligini o‘rganing
Festival bolalar va kattalar uchun yengil va ochiq shahar bayrami - unda interaktiv zonalar, chiqishlar va maxsus tayyorgarliksiz qo‘shilish mumkin bo‘lgan formatlar ko‘zda tutilgan.
2 may 2026
11:00–16:00
Yoshlar ijod saroyi, Toshkent (Mustaqillik shoh ko‘chasi, 2)
Kirish bepul