Yevropa Ittifoqi FOCUS Kino va teatr maktabi bilan birgalikda bolalar uchun kino sohasida loyihani ishga tushirdi

O‘smirlar uchun maxsus ishlab chiqilgan bepul ta’lim moduli O‘zbekistonning yosh avlodida kino va teatr sohasidagi bilimlari sifatini oshirishga mo‘ljallangan.

 

2023 yilgi Yevropa kinofestivali tadbirlari doirasida Yevropa Ittifoqi FOCUS Kino va teatr maktabi bilan birgalikda EU-FOCUS FILM CAMP loyihasini ishga tushirdi. O‘smirlar uchun maxsus ishlab chiqilgan ta’lim moduli Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilmoqda. U hujjatli kino, animatsiyalar, rejissura, fotosurat olish, rassomchilik, musiqa, kino tarixi, dramaturgiya, teatr, prodyuserlik, tasvirchilik san’ati, kino ishlab chiqarish, adabiyot, jamoada ishlash, ovoz rejissurasi, montaj va boshqa mavzular bo‘yicha mashg‘ulotlarni qamrab oldi. 

Loyihadan ko‘zlangan maqsad - O‘zbekiston Respublikasining yosh avlodida kino va teatr sohasidagi bilimlari sifatini oshirish.

Bepul ta’lim kursi bu yilning yoz oyida har kunlik tartibda boshlandi va hozirgi paytda - kuzda, dam olish kunlari davom etmoqda. Ustaxonalar, auditoriyalar va planerlardagi mashg‘ulotlardan tashqari filmlar tomoshalari, mahalliy va xorijlik mutaxassislar bilan uchrashuvlar, hamda tabiiy sharoitlardagi laboratoriyadagi suratga olish amaliyotlari  dasturga kiritilgan.

Guruhga 2021-2023 yillardagi Yakshanba kinomaktabi hamda FOCUS Kino va teatr maktabi kino-oromgohi dasturidan muvaffaqiyatli o‘tgan 10dan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar tanlab olingan edi. 

Loyiha, shuningdek, Xalqaro ijodiyot laboratoriyasi bo‘lmish kichik grantlar agregatori  FOCUS GRAVITY HUB tizimiga qo‘shilgan, dasturdan muvaffaqiyatli o‘tgan bolalar Kino maktabi va FOCUS teatrida loyiha tugaganidan so‘ng ham bepul asosda o‘qishlarini davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.

Keyingi yillarda Yevropa kinofestivali O‘zbekistonning yettita hududini qamrab oldi, Yevropaning 20ta mamlakatining 90ta filmi bilan 20 ming nafar tomoshabinlarni xushnud etdi. U, shuningdek, ham professional auditoriyani, ham kinematografiya olamiga ilk qadamini qo‘yayotganlarni ta’lim dasturlari, Yevropalik ekspertlar bilan mahorat dasrlari va uchrashuvlar shaklida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari kino san’ati bilan tanishtirishni davom etmoqda. Misol uchun, 2019 yilda Latviyalik rejisser Daynis Klyava Toshkent va Nukusda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari, hamda FOCUS maktabi o‘quvchilari bilan hujjatli kinoga bag‘ishlangan turkum mahorat dasrlarini o‘tkazdi. Mazkur an’anani davom ettirgan holda, 2020 yilda hujjatli filmlarni ishlab chiqarish bo‘yicha EU-FOCUS kinolaboratoriyasi 450dan ortiq arizalarni qabul qildi, ularning 45 nafar ishtirokchisi tanlab olindi, 6ta hujjatli film suratga olindi. Loyihaga Polsha va O‘zbekistonlik taniqli hujjatli film rejissyorlari jalb qilindi. Bu yilda EU-FOCUS FILM CAMP doirasida kuzning oxirida Yevropaning kino sanoati vakillari bilan uchrashuv rejalashtirilgan.

 

#eufocusfilmcamp #focusgravityhub #eu4uz #CulturalDiplomacy