Yevropa Ittifoqi Kengashi Markaziy Osiyo boʻyicha Yevropa Ittifoqining yangi Maxsus Vakilini tayinladi va Fors koʻrfazi mintaqasi boʻyicha Yevropa Ittifoqining Maxsus Vakillini mudatini uzaytirdi.

Bugun Yevropa Ittifoqi Kengashi janob Eduards Stipraisni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha yangi Maxsus Vakili (EUSR) etib tayinladi. U Terhi Hakala oʻrnini egallab oʻz vazifalarini 2025 yil 1 martdan boshlaydi va dastlabki ikki yillik mudatga ega boʻladi.

 

Yevropa Ittifoqining Yangi Maxsus Vakillining vazifasi Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi munosabatlarni umumiy qadriyatlar asosida rivojlantirish, mintaqadagi mamlakatlar oʻrtasidagi barqarorlik va hamkorlikni kuchaytirishga hissa qoʻshish, shuningdek, demokratiya, qonun ustuvorligi, samarali boshqaruv va inson huquqlari hamda asosiy erkinliklarga hurmatni mustahkamlashdan iborat boʻladi.

Oliy Vakil bilan yaqin hamkorlikda, u boshqa tegishli sheriklar va xalqaro tashkilotlar, masalan, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan yanada yaqinroq birgalikdagi faoliyat orqali Yevropa Ittifoqining samaradorligini va tasirini oshirishga hissa qoʻshadi.

Janob Stiprais – keng tajribaga ega latviyalik diplomatdir. U Latviyaning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili, shuningdek, Latviya Tashqi ishlar vazirligida davlat kotibi oʻrinbosari – siyosiy direktor lavozimlarida xizmat qilgan. 2016-2020 yillar davomida esa u Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasidagi  Delegatsiyasining rahbari boʻlib ishlagan, shuningdek, Latviya Respublikasining Buyuk Britaniyadagi va Fransiyadagi elchisi sifatida ham xizmat qilgan.

Bugun Kengash shuningdek janob Luigi Di Maioning Fors koʻrfazi mintaqasi boʻyicha Yevropa Ittifoqining Maxsus Vakili lavozimidagi mudatini yana ikki yilga uzaytirdi.

Fors koʻrfazi bilan strategik hamkorlik boʻyicha Qoʻshma Bayonotiga muvofiq, u Fors koʻrfazi mintaqasidagi mamlakatlar bilan Yevropa Ittifoqining kuchli, keng qamrovli va strategik hamkorligini rivojlantirishda davom etadi, mintaqadagi barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlashga hissa qoʻshadi, shuningdek, individual Fors koʻrfazi hamkorlari va tegishli mintaqaviy tashkilotlar bilan muloqot va uzoq muddatli mintaqaviy yechimlarni qoʻllab-quvvatlash orqali.

Yevropa Ittifoqining Maxsus Vakillari Yevropa Ittifoqining siyosatlarini va manfaatlarini ba'zi mintaqalar va mamlakatlarda, shuningdek, Yevropa Ittifoqi uchun maxsus muhim yoki qiziqish bildirgan masalalarda ilgari suradilar. Ular islohotlarni, barqarorlikni va qonun ustuvorligini mustahkamlashdagi sa'y-harakatlarda faol rol oʻynaydilar. Yevropa Ittifoqining birinchi Maxsus Vakillari 1996 yilda tayinlangan. Hozirda, oʻn bitta Yevropa Ittifoqining Maxsus Vakillari, Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Kaya Kallasning ishini qoʻllab-quvvatlamoqda.

Manba https://www.consilium.europa.eu/en/press/press-releases/2025/02/24/council-appoints-new-eu-special-representative-for-central-asia-and-extends-the-mandate-of-the-eusr-for-the-gulf-region/