Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo birinchi sammiti yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot
Biz, Qozog‘iston, va Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi etakchilari 2025 ylning 4 aprel kuni Samarqandda, O‘zbekiston, “YeI-Markaziy Osiyo” birinchi sammitizni o‘tkazdik va quyidagi xulosaga keldik:
-
O‘zgarayotgan global va mintaqaviy geosiyosiy landshaft sharoitlarida hamkorlikni chuqurlashtirishga sodiqligimizni tasdiqlab, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlarni strategik hamkorlikkacha modernizatsiya qilishga qaror qildik. Biz mintaqalarimiz o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha keyingi yillarda erishilgan sezilarni natiijalarni e’tirof qildik.
-
YeI 2019 yildagi Yevropa Ittifoqining Markaziy Obo‘yicha Strategiyasai maqsadlariga o‘zining sodiqligini tasdiqladi. 2023 yilning 23 oktabr kuni Lyuksemburgda qabul qilingan YeI va Markaziy Osiyo o‘rtasida aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma yo‘l haritasi Strategiyani amalga oshirish uchun foydali ekanligi aniq bo‘ldi. Biz 2022 yilda Ostonada va 2023 yilda Cho‘lpon otada bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlari va Yevropa Ittifoqi Raisining yuqori darajadagi mintaqaviy uchrashuvlari, hamda 2025 yilning 27 mart kuni Ashxobodda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo vazirlari uchrashuvlarini mazkur sammitga tayyorgarlik doirasidagi ushbu majburiyatlarni baholashdagi rolini e’tirof etdik. Biz erishilgan taraqqiyotni ma’qul deb topdik va uni jadalligini salashni muhimligini ta’kidladik.
-
Biz tinchlik, xavfsizlik va demokratiya, xalqaro huquq, shu jumladan, BMT Nizomini va barcha davlatlarning ularning halqaro tan olingan chegaralaridagi mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligining asosiy tamoyillarini to‘liq hurmat qilinishi yo‘lida hamkorlik tarafdorimiz. Biz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi tamoyillariga muvofiq Ukrainada keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlikka tezda erishish muhimligini ta’kidladik. Biz ishtirokchi-davlatlar tomonidan YXHT tamoyillarini himoya qilish zarurligini ta’kidladik. Biz barcha davlatlarni o‘zlarini xalqaro munosabatlarda kuch bilan tahdid solish yoki uni qo‘llashdan tiyilish, xalqaro gumanitar huquqni hurmat qilish majburiyatlarini yana bir bor qayd etdik va nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilinishi zarurligini ta’kidladik.
-
Shu munosabat bilan biz yuqorida keltirilgan tamoyillarni, shu jumladan, barcha xalqaro va mintaqaviy forumlar doirasida barcha davlatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish va mazkur tamoyillarga zid bo‘lgan barcha qadamlardan tiyilish majburiyatini oldik. Xuddi shu mazmunda biz BMT Xavfsizlik kengashining 541 (1983) va 550 (1984) tegishli rezolyusiyalariga jiddiy sodiqligimizni tasdiqladik. Biz mintaqaviy hamkorlik doirasida YeI va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash uchun hanuz zarur bo‘lgan mazkur xalqaro tamoyillarni to‘liq hurmat qilinishi zarur ekanligini ta’kidladik. Shu o‘rinda Turkmaniston doimiy neytralitet maqomi tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda o‘zining xalqaro majburiyatlarini bajarayotganini eslatmoqda.
-
Borgan sari murakkablashib borayotgan olamda biz xavfsizlikka umumiy chaqiriqlarni bundan keyingi o‘zaro harakatlarning yangi imkoniyatlari orqali hal qilishga va kiberxavfsizlik va gibrid tahdidlar, kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy tahdidlar (KBRYA), radikallashuv va terrorizmni oldini olish va ularga qarshi kurashish, chegaraviy xavfsizlikni mustahkamlash, giyohvand moddalarni noqonuniy aylanmasi va odam savdosini oldini olish sohalarida ikki tomonlama, mintaqaviy va ko‘p tomonlama darajalarda tayyorligimizni bayon qildik. Biz terrorizm va zo‘raki ekstremizmga qarshi kurash va jamiyatni yolg‘on axborotga bardoshliligini mustahkamlash bo‘yicha maxsus muloqotni o‘tkazishga kelishib oldik.
- Biz Afg‘onistonni inson huquqlarini va uning barcha fuqarolarini, shu jumladan, ayollar, qizlar, etnik va diniy kam sonli aholi guruhlarining asosiy erkinliklarini, himoya qiluvchi, o‘zida hamda qo‘shnilari bilan tinchlik-totuvlikda bo‘lgan, va o‘zining xalqaro majburiyatlarini rioya qiluvchi xavfsiz, barqaror va gullab-yashnayotgan, inklyuziv hukumatli va boshqaruv tizimli davlatga aylanishining qattiq tarafdori ekanligimizni ta’kidladik. Biz Afg‘onistondagi gumanitar vaziyat borasida umumiy xavotirimizni izhor qildik va Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishni e’tirof qildik. Biz Afg‘onistonda ayollar va qizlarni xalqaro standartlar bo‘yicha to‘liq va teng ta’lim olishlarini ta’minlashga chaqirdik. Shu munosabat bilan, biz Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlarining maxsus vakillari va elchilarining muntazam maslahatlashuvlarini davom ettirishlarini ma’qulladik.
-
Shu ma’noda sanksiyalarni aylanib o‘tish oldini olish bo‘yicha hamkorligimiz munosabatlarimizning muhim jihati bo‘lib qolmoqda. Shu ma’noda YeIning sanksiyalar bo‘yicha Maxsus elchisi faoliyatiga muvofiq bo‘lgan umumustuvor punktlarning reeksportini oldini olish masalasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldik.
-
Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkvamlash, chaqiriqlarni bartaraf qilish va taraqqiyotni, barqaror rivojlanish va energetika o‘tish va dekarbonazatsiyalash, barqarorlik, xavfsizlik va yaxshiqo‘shnichilik munosabatlarini ta’minlash maqsadida yanada kengroq hamkorlikni mustahkamlash uchun sepzilarni sa’y-harakatlar ko‘rildi. Ushbu munosabatda YeI Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam Maslahatlashuv uchrashuvlari orqali mintaqaviy hamkorlik mustahkamlanayotganini qutladi. YeI joriy va kelgusidagi mintaqaviy integratsiya harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini izhor qildi.
-
Yetakchilar mintaqada tinchlik va taraqqiyotga ko‘mak beruvchi 2025 yilning 13 mart kuni Bishkekda Qirg‘iziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida davlat chengarasi haqidagi Shartnomani imzolanganini tabrikladilar.
-
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo etakchilari ikki mintaqa o‘rtasidagi ikki tomonlama “Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik haqidagi Shartnoma”larni (KSHHSH) hozirgi va kelajagi chuqur va har taraflama to‘liq amalga oshirilishiga asoslangan bo‘lishiga rozilik bildirdilar. Suh ma’noda liderlar 2024 yilning 25 iyun kuni Yevropa Ittifoqi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik haqidagi Shartnomani imzolanganini qutladilar, hamda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston, hamda Yevropa Ittifoqi va Tojikiston o‘rtasida KSHHSHni imzolanishiga umid bildirdilar. Biz, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Qozog‘istonning soddalashtirilgan viza rejimi haqidagi Shartnoma va muzokaralarni olib borish bo‘yicha tegishli ichki jarayonlar yakunlangandan so‘ng readmissiya to‘g‘risidagi Shartnoma bo‘yicha muzokaralar boshlanishidan manfaatdor ekanligimizni e’tirof etdik va yaqinda bu borada Yevropa Komissiyasi tomonidan boshlangan ishlarni qutladik.
-
Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida savdo-investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlanishi iqtisodiy o‘sishga, hamda mintaqaviy va mintaqalararo savdoni rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Ushbu kun taritibni ilgari surish uchun biz muntazam ravishda strategik muloqot va barqaror iqtisodiy sheriklikka ko‘mak beruvchi iqtisodiy tadbirlar, shu jumladan, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi Iqtisodiy forumini o‘tkazish majburiyatini oldik. Ushbu hamkorlik «Global Gateway» strategiyasiga, mintaqalar o‘rtasida bizning salohiyatimizni yanada ko‘proq ochish uchun yaqin yillarda kengaytiriladigan YeIning tashqi investitsiyalar strategiyasi mos kelishi lozim.
-
Umumiy manfaatni taqdim etuvchi ko‘plab sohalar orasida xavfsiz, barqaror vas diversifikatsiya qilingan etkazib berishlar zanjirini ta’minlashga qaratilgan juda ham muhim bo‘lgan xoshmashyo bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish strategik ahamiyat kasb etadi. Biz mazkur sammitda ma’qullangan niyatlar haqidagi Deklaratsiya iqtisodiy barqarorlikni, o‘zaro taraqqiyotni mustahkamlash orqali bu sohadagi hamkorlikni chuqurlashtiradi va yashil hamda raqamli iqtisodiyotga o‘tishga ko‘mak beradi.
-
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo iqtisodiy o‘sish va mintaqaviy integratsiyaning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan barqaror transport aloqalarga o‘zining tarafdori ekanini tasdiqladilar. «Global Gateway» investorlar forumida (2024 yilning yanvarida) Markaziy Osiyoni qo‘llab-quvvatlash va unga 10 milliard evroni jalb qilinishi samarali mintaqaviy transport yo‘laklari, logistika, tarmoqlar, qiymatni yaratish zanjilari va bizning tegishli bozorlarimizga o‘zaro chiqishning samarali mexanizmlarini rivojlantirish tomon alohida muhim qadam ekanligini anglatadi. Biz, shuningdek, Transkaspiy transport yo‘lagining muvofiqlashtiruvchi platformasini va bozorlarga o‘zaro chiqish va uzoq muddatli hamkorlikni ta’minlab, O‘rta yo‘lak bo‘ylab muhim infratuzilmaviy loyihalarni qo‘llashga kelishib oldik. Biz, shuningdek, mazkur loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirilishining omili sifatida Janubiy Kavkazda tinchlik va barqarorlikning muhim ekanligini e’tirof qildik.
-
Global haroratni o‘sishi, ekstremal ob-havo hodisalari va atrof-muhitni holatini yomonlashuvi tufayli sayyoramizni himoya qilish- bu nafaqat qandaydir tanlov, balki zaruratdir, va shuning uchun Parij shartnomasini to‘liq va samarali bajarilishi bizning qo‘shma harakatlarimizni talab qiladi. Ushbu majburiyatlarga mos ravishda biz iqlim o‘zgarishi, bioxilma xillikni yo‘qotilishi va atrof-muhitni ifloslanishiga qarshi kurashni faollashtirishga kelishib oldik. YeI Markaziy Osiyodagi barcha sheriklarning metan bo‘yicha Global majburiyatga qo‘shilishi haqidagi qarorlarini qutladi.
-
Suv Markaziy Osiyoni rivoji va taraqqiyoti uchun zarurdir. Uni barqaror va ratsional ishlatilishini ta’minlash mintaqaning barcha mamlakatlarining muhim hayotiy manfaatlariga javob beradi. Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo etakchilari suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha aniq va ijtimoiy muhim bo‘lgan harakatlarga ko‘mak berish uchun suv va eneergetika bo‘yicha hamkorlikka innovatsion yondashuvni joriy qilishni davom ettirishga kelishib oldilar. Biz, shuningdek, Orol dengizi mintaqasida va umuman Orol dengizining barcha havzasida vaziyatni yaxshilash uchun hamkorlikni mustahkamlash va sherikchiligimizni davom ettirishga kelishib oldik. Shu o‘rinda etakchilar OQXFni samarasini oshirish bo‘yicha uning ishlarini takomillashtirish va OQXFning 2026 yildagi Qozog‘istonda o‘tadigan navbatdagi sammitini muhimligini e’tirof qildilar. Etakchilar okean bo‘yicha BMT Konferensiyasiga tayyorgarlik yakunlarini ko‘rib chiqdilar, Dushanbadagi suv jarayonlarini muhimligini e’tirof qildilar va 2024 yildagi “Yagona suv” sammiti, hamda BMT Bosh Assambleyasining “Tog‘larni barqaror rivoji” Rezolyusiyasi kabi xalqaro tashabbuslarni e’tirof qildilar.
-
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo etakchilari huquq ustuvorligi, inson huquqlari va aschosiy erkinliklarni rag‘batlantirish va himoya qilish umumiy fundamental qadriyat ekanligini tasdiqladilar. Fikrlar erkinligi va uyushmalarni ta’minlash fuqarolik jamiyati va mustaqil ommaviy axborot vositalari uchun qulay sharoitlarni yaratish, huquq himoyachilarini himoyalash, shuningdek, ayollar huquqlarini, bola huquqlarini va mehnat huquqlarini ta’minlanishi Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlarning asosida qolmoqda. YeI bu yo‘nalishda ham mintaqaviy, ham milliy darajadagi harakatlarni qo‘llashga o‘zining tayyorligini tasdiqladi.
-
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo yetakchilari Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi fuqarolik jamiyatlari Forumi muloqot, jamiyatning barqarorligi va taraqqiyotini mustahkamlash, hamda fuqarolik jamiyatini ishtiroki orqali mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim platforma hisoblanishiga rozilik bildirdilar.
-
YeI ning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini roli Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasida, hamda mintaqada hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shga hissasi ekanligi tan olindi.
-
Biz barcha o‘zaro manfaatli sherikchiligimizni mustahkamlash va hamkorlikni yanada kengaytirish uchun Samarqanddagi bugungi sammit va Ashxobodda bo‘lib o‘tgan “YeI-Markaziy Osiyo” 20- Vazirlar uchrashuvi natijalariga tayanishga kelishib oldik, bu haqda mazkur Deklaratsiyaga ilovada bayon etilganidek.
-
Biz Samarqandda o‘tkazilgan “YeI-Markaziy Osiyo” birinchi sammiti muvaffaqiyatli o‘tgani bilan O‘zbekistoon hukumatiga minnatdorlik bildirdik.
ILOVA: Sektoral hamkorlik natijalari
Ko‘ptomonlikni mustahkamlash
Ishtirokchilar:
-
YeI va Markaziy Osiyo o‘rtasida aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha Qo‘shma yo‘l haritasini, yanada smarali bo‘lishini va mintaqaviy ustuvorliklar bilan muvofiqlashtirib borish ta’minlash orqali, uni amalga oshirilishini vaqti-vaqti bilan baholab borishga kelishib oldilar.
-
Mintaqa nomidan O‘zbekiston tashabbusi bilan jahonda va Markaziy Osiyo miqyosida tinchlik va xavfsizlik, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish maqsadida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash haqidagi BMT Bosh Assambleyasining 2018 yilning 22 iyunidagi 72/283 rezolyusiyasi muhimligini qayd etdilar.
-
Mintaqada Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishishni tezlashtirish uchun Olma otada BMTning Markaziy Osiyo va Afg‘oniston uchun BRM bo‘yicha Mintaqaviy markazini rasman mustahkamlaydigan BMT Bosh Assambleyasining rezolyusiyasi qabul qilinganini qutladilar.
-
Ashxobodda joylashgan Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha BMTning mintaqaviy markazi mandati muvofiq nizolarni oldini olish va hal qilishda preventiv diplomatiyaning muhim vosita sifatidagi rolini ta’kidladilar.
-
2022 yilning 21 iyul kuni Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston tomonidan Cho‘lpon otada imzolangan “21-asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadlarida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnoma” muhimligini ma’lumot uchun qabul qildilar.
-
Mintaqa nomidan qabul qilingan Turkmaniston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyoni “tinchlik, ishonch va hamkorlik hududi” sifatida tan olinishi borasidagi rezolyusiyani qabul qildilar..
-
Turkmanistonning tinchlik, ishonch va preventiv diplomatiyaga yo‘naltirilgan tashabbuslari, hamda uning 2025 yilni Tinchlik va ishonch yili deb e’lon qilishdagi etakchi roglini va uni Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha BMTning mintaqaviy markazi rolini ilgari surishdagi tashabbusini tan olshdi, ularning ikkalasi ham BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan.
-
Termiz shahridagi xalqaro transport-logistika xabi BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Global ta’minot tarmog‘iga qo‘shilganini qutladilar va mintaqaviy rivojlanish va yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratishga ko‘mak ko‘sartish orqali Afg‘oniston va butun dunyoda gumanitar yuklarni samarali taqsimlash bo‘yicha sa’y-harakatlarda undan foydalanish muhimligini qayd etdilar.
-
Qirg‘iziston Respublikasini Iqlim o‘zgarishi haqidagi BMTning Doiraviy konvensiyasi doirasida tog‘ hududlarni barqaror rivojlantirish bo‘yicha tashabbusini, hamda 2023-2027 yillarni “Tog‘ hududlarini rivojlantirish bo‘yicha harakatlar besh yilligi” deb e’lon qilingan global tog‘ kun tartibi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida BMT BAning rezolyusiyasinimuhimligini e’tirof etdilar va 2027 yil Qirg‘izistonda “Bishkek+25” ikkinchi Global tog‘ sammitini o‘tkazilishini ma’lumot uchun qabul qildilar.
-
Dushanba suv jarayonini muhimligini tan oldilar va 2025 yilning 29-31 may kunlari Dushanbadagi bo‘lajak muzliklarni saqlash bo‘yicha yuqori darajadagi Xalqaro konferensiyani, hamda 2026 yilda Ostonadagi Mintaqaviy iqlim sammitini orziqib kutmoqdalar.
-
Manfaatdor ishtirokchilar, shu jumladan, milliy yurisdiksiyadan tashqarida dengiz biologik xilma xill xududlarni saqlash va barqaror foydalanish haqidagi SHartnoma doirasida global harakatlar va katta maqsadni faollashtirishga da’vat qildilar (Shartnoma BBNJ).
-
Barqaror rivojlanish uchun kriosfer fanlarning hal qiluvchi ahamiyatini tan olgan holda, ishtirokchilar 2025- 2034 yillarni “Kriosfer fanlar soharakatlar o‘n yilligi” deb e’lon qilgan Tojikiston Respublikasi va Fransuz Respublikasiga 2024 yilning avgust oyida BMT BA rezolyusiyasini ыabul qilishni ilgari surgan tashabbuslari uchun ularga minnatdorlik bildirdilar.
-
Soliqni saqlash sohasida, shu jumladan, JSSTni qo‘llab-quvvatlovi orqali, sog‘liqni saqlash, raqamli sog‘liqni saqlash, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan ommaviy foydalanish sohalarida xavfsizlikka tayyorgarlikni ta’minlash borasida davom etayotgan mintaqaviy hamkorlikka yuqori bahoni berdilar.
-
BMT Bosh Assambleyasining Qirg‘iziston Respublikasi tashabbusi bilan qabul qilingan 5 mart kunini qurolsizlanish va tarqatmaslik haqida xabardorlik Xalqaro kuni deb e’lon qilingani muhimligini qayd etdilar va tinchlik, xavfsizlik va xalqaro barqarorlik bo‘yicha global sa’y-harakatlarni mustahkamlash zarurligini ta’kidladilar.
Xavfsizlikning umumiy muammolarini hal qilish
Ishtirokchilar:
-
YeI va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi umumiy muammolarni hal etishda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar, shu jumladan, Yevropa Tinchlik Jamg‘armasi orqali yangi o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish, tegishli so‘rovlar, manfaatlar va ehtiyojlar asosida amalga oshiriladi.
-
Afg‘onistondagi vaziyat bilan bog‘liq xavfsizlik muammolarini hal etishda Markaziy Osiyo davlatlarini qo‘llab-quvvatlash majburiyati doirasida YeI tomonidan qochqin afg‘onlarga oid mintaqaviy chora-tadbirlarni moliyalashtirish qo‘llab-quvvatlandi.
-
BOMCA dasturi doirasida Markaziy Osiyo davlatlarida chegarachilar salohiyatini oshirish va chegara xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni davom ettirish tasdiqlandi. Bu doirada ishtirokchilar terrorizmga qarshi kurash va chegara xavfsizligi bo‘yicha Dushanbe jarayonini qayd etdilar.
-
Dezinformatsiya va axborotni manipulyasiya qilishga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga, jumladan salohiyatni oshirish faoliyati orqali, kelishib olindi.
Iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalarni mustahkamlash
Ishtirokchilar:
-
Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida 2025 yilda, YeI va Tojikiston o‘rtasida esa 2026 yilda Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik kelishuvi (KSHHK) imzolanishi bo‘yicha tegishli majburiyatlarni tasdiqladilar.
-
Turkmanistonning YeI bilan ikki tomonlama munosabatlar uchun huquqiy asosni mustahkamlash taklifini qayd etib, bu yo‘nalishdagi keyingi qadamlarning ahamiyatini ta’kidladilar.
-
O‘zbekiston va Turkmanistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
- Yevropa Investitsiya Bankining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi tashkil etilishi (O‘zbekiston va EIB o‘rtasidagi qabul qiluvchi mamlakat kelishuvi orqali) qiziqish bilan qarshi olindi, shuningdek, Ostona va boshqa poytaxtlarda EIBning mamlakat bo‘limlarini ochish chaqirdilar.
Energetika, iqlimiy neytral iqtisodiyot va «Global Gateway» doirasida Yevropaning yashil hamkorlik doirasida hamkorlikka jalb etish
Ishtirokchilar:
-
Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasida barqaror transport aloqalari bo‘yicha EI tadqiqoti (2023 yil iyun) natijalari asosida amaliy choralar, xususan «Global Gateway» sarmoyadorlar forumi (2024 yil 29–30 yanvar, Bryussel) muvaffaqiyatli o‘tkazilishi va 2024 yilda koordinatsiya platformasi tashkil etilishi, shuningdek, Markaziy Osiyoda barqaror transportni qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro hamjamiyatdan 10 milliard evro jalb qilinishi qayd etildi.
-
Transkaspiy transport yo‘lagi sarmoyadorlar forumi (TKTY) va «YeI-Markaziy Osiyo» iqtisodiy forumi 2025 yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi e’lon qilishdi.
-
YeI va Qozog‘iston o‘rtasida Gorizontal kelishuv imzolashga tayyorgarlik ko‘rish orqali aviatsiya sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga sodiqlikni tasdiqladilar.
- «Yevropa jamoasi» (Team Europe) doirasidagi «Yashil» va «Raqamli» mintaqaviy tashabbuslar bo‘yicha yutuqlar yuqori baholadilar.
-
Energetika, suv, aloqa, transport va muhim xom ashyo sohalarida Yevropa iqtisodiyot banki (EIB) va Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki (ETTB) bilan yaxshi hamkorlik qayd etishdi.
-
Yevropa Ittifoqi va Qozog‘iston hamda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida muhim xom ashyo bo‘yicha anglashuv memorandumlari imzolanishini qutlashdi.
-
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida muhim xom ashyo bo‘yicha hamkorlik niyatlar bayonoti ma’qullandi, Qozog‘iston va YeI o‘rtasidagi memorandum doirasida 2025–2026 yillar uchun muhim xom ashyo, batareyalar va yashil vodorod bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlashdi.
-
Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondagi hamkorlar bilan Yevropa investitsiyaviy banki tomonidan to‘rtta anglashuv memorandumi imzolanishi qutlashdi, bu 365 million evrogacha mablag‘ni barqaror transport, suv resurslari boshqaruvi, energiya samarador uy-joy va iqlimga chidamlilik loyihalariga jalb qilish imkonini beradi.
-
Yevropa iqtisodiyot banki va Turkmaniston tomonidan faoliyatni boshlash imkonini beradigan doiraviy kelishuvi bo‘yicha muzokaralar boshlangani qutlashdi.
-
Bugungi Samarqanddagi iqlim forumi ochilishi qutlashdi, unda Yevropa Kengashi va Komissiya rahbarlari, hamda Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari ishtirok etmoqda. Tadbir ekologik barqarorlik, yashil iqtisodiy rivojlanish va iqlim barqarorligi mas alalari bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishda muhim qadam sifatida baholashdi.
Insonlar o‘rtasidagi aloqalar va harakatchanlikni kuchaytirish
Ishtirokchilar:
-
Ta’lim sohasida, jumladan kasbiy-texnik ta’lim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish uchun birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirishga sodiqlikni tasdiqlashdi.
-
DARYA dasturi doirasida 2023 va 2024 yillarda ta’lim va bandlik vazirlarining o‘rinbosarlari uchrashuvlarini qutlashdi.
-
2025 yilda Turkmanistonda YeI va Turkmaniston tashabbusi bilan tashkil etiladigan «YeI-Markaziy Osiyo» ayol rahbarlar forumi ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish uchun muhim platforma sifatida qutlandi.
-
2024 yil uchun Markaziy Osiyo diplomatlari uchun o‘quv dasturi bo‘yicha yaxshi hamkorlik qutlshndi va YeI tomonidan kelgusida hamkorlikdagi aniq tashabbuslar ishlab chiqilishiga sodiqlik bildirildi.
-
Erasmus+ va Horizon Europe dasturlari orqali ta’lim va fan sohasida hamkorlikni kuchaytirish, ilg‘or Yevropa ta’lim usullarini joriy etish va ilmiy-tadqiqot hamkorligini rag‘batlantirish, hamda Yevropaning fundamental va amaliy tadqiqotlar sohasida ta’lim uslubiyatlari va hamkorlikni joriy qilish bo‘yicha loyihalarni am alga oshirishga ko‘mak berilishini e’tirof qildilar.
-
BMT Bosh Assambleyasining 2019 yil 19 dekabrdagi 74/214-sonli rezolyusiyasi doirasida, Markaziy Osiyoda barqaror turizmni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga sodiqlik bildirishdi, ushbu tashabbus O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan.