Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlari chegara, migratsiya va huquqni muhofaza qilish idoralarining hujjatlar xavfsizligi bo‘yicha o‘quv markazlari salohiyatini oshirmoqda

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston chegara, migratsiya va huquqni muhofaza qilish idoralarining professor-o‘qituvchilari uchun mintaqaviy onlayn seminar tashkil qilindi.

 

15 mart 2023 yil, Termiz, O‘zbekiston. Bugun Termiz shahrida Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish dasturi (BOMKA 10) Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston chegara, migratsiya va huquqni muhofaza qilish idoralarining professor-o‘qituvchilari uchun mintaqaviy onlayn seminar tashkil qildi. Tadbir davomida mintaqa va Yevropa Ittifoqining ilg‘or tajribalari bilan almashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari o‘quv markazi vakili interaktiv seminar o‘tkazib, hujjatlarni himoya qilish, shuningdek, moddiy-texnik ta'minot bo’yicha zamonaviy o’qitish shakli va uslublarining o’ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berdi.

Mazkur tadbir BOMKA 10 dasturining 1-komponenti - Markaziy Osiyo mamlakatlarida chegara nazorati idoralarining institutsional salohiyatini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan “Chegara idoralarini institutsional rivojlantirish” komponenti doirasida boʻlib oʻtdi.

 

BOMKA haqida

Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga koʼmaklashish dasturi (BOMKА) Yevropa Ittifoqining Hamkorlar konsortsiumi hamda Migratsiya siyosatini rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshiriladi. Hamkorlar konsortsiumi Latviya Respublikasi Davlat chegarasini qoʼriqlash xizmati tomonidan boshqariladi. BOMKА 10-bosqichining umumiy byudjeti 21,65 million yevroni tashkil etib, u mintaqadagi eng yirik tashabbuslardan biri hisoblanadi. 2021 yilning aprel oyida boshlangan BOMKА dasturini amalga joriy etish muddati 54 oydan iborat.

BOMKАning asosiy maqsadi chegaralarni integratsiyalashgan boshqaruvi asosida mintaqada barqaror iqtisodiy rivojlanishga koʼmaklashish orqali mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashdir.