Yevropa Ittifoqi Migrantlar Resurs Markazini ilk bor O‘zbekistonda ochmoqda
Toshkent, O‘zbekiston, 26 avgust 2025 yil - Yevropa Ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Xalqaro migratsiya siyosatini rivojlantirish markazi (XMSRM) O‘zbekistonda migrantlar uchun resurs markazini (MRM) Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirlgan "Ipak yo‘li va Markaziy Osiyoning ayrim mamlakatlarida migratsiyani boshqarish va migrantlarni himoya qilishni takomillashtirish" (PROTECT) loyihasi doirasida birinchi bor tashkil qildi. MRM asosiy maqsadi - butun mintaqadan potentsial migrantlarning xavfsiz va qonuniy migratsiyaga ko‘maklashadigan xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va noqonuniy migratsiya xavfi va odam savdosi bilan bog‘liq tahdidlar to‘g‘risida xabardorlikni oshirishdir. Bu MRM Markaziy Osiyo hududida uchinchisi bo‘ldi.
EU-Funded Project
Ushbu tashabbus Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ipak yo‘li mintaqasi milliy hukumatlariga migratsiyani boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, institutsional salohiyatni oshirish va migrantlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashda yordam berishga qaratilgan. O‘zbekiston bilan hamkorlik 2025-yil mart oyida XMSRM va milliy Migratsiya agentligi o‘rtasida imzolangan Anglashuv memorandumi bilan rasmiylashtirilgan edi. Markazning rasmiy ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda 60 dan ortiq O‘zbekiston Hukumati vakillari, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar, BMT agentliklari, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, XMSRM rahbariyati va texnik xodimlari, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati va mahalliy rivojlanish bo‘yicha hamkorlar vakillari ishtirok etdi.
“Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda ilk bor Migrantlar resurs markazini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlashdan mamnun, – dedi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar Janobi Oliylari. "Bu kabi markazlar insonlarni migratsiya boʻyicha ongli qarorlar qabul qilishlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar bilan taʼminlashda hal qiluvchi rol oʻynaydi. Global Darvoza strategiyasini asoslovchi tamoyillarga muvofiq, Yevropa Ittifoqi barqaror, inson manfaatiga yoʻnaltirilgan infratuzilmaga – transport, raqamli texnologiya, energetika yoki ijtimoiy sohalarga sarmoya kiritish uchun ishlaydigan migratsiya – mamlakat ichida hamda chet elda imkoniyatlar yaratish va shu bilan ko'pincha noqonuniy migratsiyani keltirib chiqaradigan omillarni kamaytirishga qaratilgan”.
"Toshkentdagi migrantlar uchun resurs markazi butun dunyo bo‘ylab 14 ta MRM tarmog‘idagi eng yangi markaz hisoblanadi. Uning ochilishi O‘zbekiston Hukumati bilan hamkorligimizdagi muhim bosqich. Ushbu yangi markaz migratsiya va qaytishni o‘ylayotgan shaxslar uchun juda foydali va dolzarb bo‘lib, ularga ongli, xavfsiz va qonuniy qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi. Biz O‘zbekistonga migratsiyani boshqarish va uning fuqarolari uchun xizmatlar ko‘rsatish mexanizmlarini mustahkamlashda yordam berayotganimizdan faxrlanamiz", dedi XMSRM Bosh direktorining o‘rinbosari va migratsiya masalalari bo‘yicha muloqot va hamkorlik bo‘limi rahbari Sedef Diring.
Ma’lumotnoma
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan yangi markaz migrantlarga ongli va xavfsiz qarorlar qabul qilishda yordam berish hamda migratsiyani samarali boshqarish uchun zarur bo‘lgan milliy salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan. Toshkent MRM potentsial migrantlar, vataniga qaytib kelgan fuqarolar va ularning oilalari uchun ishonchli, ommabop va dolzarb yordamni taklif etadi. Jumladan, O‘zbekiston fuqarolariga quyidagi ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatiladi:
- qonuniy migratsiya kanallari va chet elda ish bilan ta’minlash imkoniyatlari to‘g‘risida xabardorlikni oshirish bo‘yicha tushuntirish ishlari;
- noqonuniy migratsiya, odam savdosi va ekspluatatsiya xavfi bo‘yicha xabardorlik kampaniyalari xorijga ketishdan oldin maslahat (ketayotgan migrantlar uchun) va reintegratsiya bo‘yicha maslahat (qaytib kelgan fuqarolar uchun).
Yangi MRM Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan va 2023-2026 yillar davomida XMSRM tomonidan amalga oshiriladigan kengroq "Ipak yo‘li va Markaziy Osiyoning ayrim mamlakatlarida migratsiyani boshqarish va migrantlarni himoya qilishni takomillashtirish" (PROTECT) loyihasining bir qismidir. Toshkent MRM Tojikistonning Dushanbe shahrida (2023-yil noyabr oyida) va Qirg‘izistonning O‘sh shahrida (2024-yil mart oyida) ochilgan markazlarning muvaffaqiyatiga asoslanadi. Qirg‘izistondagi MRM ochilganidan beri 6.000 dan ortiq odamni shaxsiy maslahat va tushuntirish tadbirlari bilan, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tushuntirish ishlari orqali deyarli bir millionga yaqin odamni qamrab oldi. Tojikistondagi MRM ochilganidan beri 10.000 dan ortiq odamni shaxsiy maslahat va tushuntirish tadbirlari bilan, shuningdek, 710.000 dan ortiq odamni ijtimoiy tarmoqlarda tushuntirish ishlari orqali qamrab oldi.
Ochilishidan so‘ng, MRM O‘zbekistonning barcha mintaqalarini axborot-tushuntirish faoliyati bilan qamrab oladi, mahalliy muassasalar bilan hamkorlik qiladi va migratsiya to‘g‘risida xabardorlikni yanada kengroq va samarali oshirish maqsadida mahalliy jamoalarning turli rahbarlari va nufuzli shaxslari bilan hamkorlik qiladi. Axborot kampaniyalaridan olingan ma’lumotlar, shuningdek, dalillarga asoslangan milliy migratsiya siyosatini ishlab chiqish, boshqaruv tuzilmasini mustahkamlash va xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish uchun juda foydali bo‘lishi mumkin.
CONTACT DETAILS
Violeta Vagner xonim
Mintaqaviy portfel menejeri, ICMPD
Rothschildplatz 4, 1020 Vena-AT
Elektron pochta: Violeta.wagner@icmpd.org
Veb-sayt: www.icmpd.org
Malika Musaeva xonim
Matbuot va axborot xizmati xodimi
Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi Delegatsiyasi,
Xalqaro biznes markazi / Amir Temur shoh ko‘chasi, 107B, Toshkent, O‘zbekiston