Yevropa Ittifoqi moliyalashtirilayotgan BOMKA 10 Dasturi raqamli jinoyatlar tekshiruvida mintaqaviy salohiyatni mustahkamlamoqda
«Mazkur seminar juda ham o‘z vaqtida o‘tkazildi, chunki biz mintaqada anchagina murakkab bo‘layotgan transchegaraviy jinoyatlarga to‘qnash kelmoqdamiz. OSINT kabi vositalardan foydalanishga o‘rgatish, hamda internet va kriptovalyuta orqali jinoiy faoliyatni kuzatish usullarini anglash juda ham foydali ekanligini ma’lum bo‘lmoqda. Trening bilimimizni mustahkamladi va chegaralar va hamjamiyatlarimizni yanada samarali himoya qilish uchun amaliy ko‘nikmalar berdi», — deya qayd etdi seminar ishtirokchisi, Bojxona qo‘mitasi vakili Otabek Sharifboyev.
Keyingi yillarda transchegaraviy jinoyatchilik, shu jumladan, odam savdosi, kontrabanda va mablag‘larni legallashtirish yanada murakkablashib bormoqda. Jinoyatchi tarmoqlar raqamli platformalar va kriptovalyutadan faol foydalanmoqdalar, bu holat esa mana shunday jinoyatlarni aniqlash va tekshirish jarayonlarini anchagina qiyinlashtirmoqda. Mana shunday chaqiriqlarga javoban umumfoydalanish axborotni, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar va mobil ilovalar ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilishning tizimi -OSINT vositasi seminar ishtirokchilariga taqdim etildi. Alohida e’tibor transmilliy jinoyatchilikda kriptovalyutadan ko‘proq foydalanilayotganiga va noqonuniy moliyaviy oqimlarni kuzatish uslublariga ham qaratildi.
Seminar Litva Respublikasining Ichki ishlar vazirligi va Bojxona kriminal xizmati huzuridagi Davlat chegaralarini qo‘riqlash Xizmatining BOMKA 10 dasturi ekspertlari tomonidan o‘tkazildi. Ularning tajribasi orqali ishtirokchilar zamonaviy tekshiruvlarda OSINTdan foydalanish, hamda kriptovalyutadan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatchilik bilan bog‘liq bo‘lgan yangi chaqiriqlar haqida amaliy bilimlarni oldilar.
Olingan ko‘nikmalar jinoyatlarni yanada samarali tekshiruviga ko‘mak berib va mintaqaviy xavfsizlikni uzoq muddatlarga mustahkamlash va transchegaraviy jinoyatchilikni oldini olishga hissa qo‘shgan holda kundalik faoliyatda qo‘llaniladi.