Yevropa Ittifoqi muhim xomashyo sohasida O‘zbekiston bilan strategik hamkorlikni o‘rnatmoqda

Bugun Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston juda ham muhim bo‘lgan xomashyo (CRM) sohasida barqaror narx-navo zanjirini rivojlantirish bo‘yicha strategik hamkorlikni boshlagan O‘zaro anglashuv bayonnomasini imzoladilar.

 

Bugun Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston juda ham muhim bo‘lgan xomashyo (CRM) sohasida barqaror narx-navo zanjirini rivojlantirish bo‘yicha strategik hamkorlikni boshlagan O‘zaro anglashuv bayonnomasini imzoladilar. Mazkur muhim kelishuv ham Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida, hamda O‘zbekistonda ekologik va raqamli texnologiyalarga o‘tish uchun muhim bo‘lgan xomashyoni diversifikatsiyalangan va barqaror yetkazib berishni ta’minlash yo‘lida muhim qadam ekanligini anglatadi.

Yevropa Komissiyasining ijrochi vitse-prezidenti Valdis Dombrovskis va O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov tomonidan imzolangan Anglashuv bayonnomasi Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida juda ham muhim bo‘lgan xomashyo sohasida hamkorlikni mustahkamlash  bo‘yicha tomonlarning umumiy sodiqligini ta’kidlaydi.

Ushbu strategik munosabatlar hamkorlikning quyidagi sohalariga qaratilgan:

  • i.       Muhim bo‘lgan xomashyonining narxini yaratishda barqaror zanjirlarni integratsiyalashuvi, shu jumladan, tarmoqlarni yaratish, loyiha takliflarini dastlabki tanlovi, loyihalarni birgalikda ishlab chiqish, hamda narxni yaratishning butun zanjiri byo‘icha savdo va sarmoyaviy aloqalarni  ilgari surish va osonlashtirish;
  • ii.       Juda muhim xomashyoni yetkazib berishning barqarorligini oshirish va investitsiyalar, operatsion faoliyat va eksport bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlarni shaffofligini oshirish uchun muloqotni yo‘lga qo‘yish;
  • iii.      Hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar uchun moliyalashtirishni jalb qilish, hamda ekologik toza energiya ta’minotini rivojlantirish, lekin nafaqat bunga bog‘lanib qolmasdan, juda ham muhim xomashyoni narxi zanjirini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani takomillashtirish uchun ham;
  • iv.        Xomashyoning muhim turlarini barqaror va mas’uliyatli ishlab chiqarish va ta’minotini ta’minlash maqsadida hamkorlik qilish;
  • v.         Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik, shu jumladan, juda muhim xomashyoni barqaror izlash, qazib chiqarish, qayta ishlash va ikkilamchi ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlar va texnologiyalar bilan almashish;
  • vi.        Tegishli qoidalarga rioya qilishni ta’minlash uchun salohiyatni yaratish, hamda professional tayyorgarlik va ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi hamkorlik.

Keyingi qadamlar

Anglashuv bayonnomasi imzolanganidan so‘ng Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston aniq harakatlar bilan tezkor yo‘l haritasini tuzish ustida birgalikda ishlaydilar.

Ma’lumotli axborot

2020 yil uchun muhim xomashyo bo‘yicha harakatlar Rejasi va Yevropa Ittifoqining energiyani tashqi manbalarini jalb qilishga qaratilgan strategiyasida keltirilgan maqsadlarga muvofiq bu hamkorlik boy tabiiy resurslariga ega davlatlar bilan juda muhim xomashyoning narxini yaratish zanjiri doirasida Yevropa Ittifoqining o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatishga sodiqligi strategiyasini ta’kidlaydi.

O‘zbekiston juda ham muhim bo‘lgan xomashyoning boyliklar ko‘lami bo‘yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi hisoblanadi va miss, molibden va oltin kabi foydali qazilma boyliklarining kattagina qatlamlari bilan fahrlanishi mumkin. Mamlakatning foydali qazilma boyliklarini qazib olish sohasidagi strategiyasi ham ichki va xalqaro sanoat, ayniqsa avtomobilsozlik va maishiy elektronikada juda ham muhim xomashyoni qayta ishlash hajmini oshirishga intilishi bilan mos keladi.

Yevropa Ittifoqining hamkor davlatlarning ehtiyojlarini hisobga oluvchi va mahalliy hamjamiyatlar uchun uzoq muddatli foydani ta’minlovchi Yevropa Ittifoqining jahonda barqaror va yuqori sifatli loyihalar bo‘yicha muhim tashabbusi bo‘lgan "Global darvoza" strategiyasiga hamkorlik mos keladi. U tufayli Yevropa Ittifoqi 2027 yilga qadar 300 milliard yevrogacha mablag‘ni safarbar qiladi.

Hozirgi vaqtda Yevropa Ittifoqi xomashyo sohasida Kanada (2021), Ukraina (2021), Qozog‘iston (2022), Namibiya (2022), Chili (2023), Argentina (2023), Zambiya (2023), Kongo Demokratik Respublikasi (2023) va Grenlandiya avtonom hududi bilan xomashyo sohasida hamkorlik munosabatlarini o‘rnatgan.

Qo‘shimcha ma’lumot

Xomashyoning muhim turlari bo‘yicha harakatlar rejasi

Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo o‘zaro savdo munosabatlari

Iqtibos

Valdis Dombrovskis, Ijrochi vitse-prezident va savdo bo‘yicha komissar:

"Boy tabiiy resurslari bo‘lgan O‘zbekiston bilan ushbu kelishuv Yevropa Ittifoqiga muhim xomashyoga anchagina zarur bo‘lgan yetishuvni ta’minlaydi. Bu bizning kelajak uchun materiallarni yetkazib berishni ta’minlash bo‘yicha hamkorlar bilan keng global ishning bir qismidir. O‘zbekiston uchun u iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, tog‘-kon sanoatini barqaror rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli faoliyatini amalga oshirish uchun jiddiy rag‘bat bo‘ladi. Hamkorlikni tartibga soluvchi organlar, loyihalarni moliyalashtirish, tadqiqot va salohiyatini kuchaytirish bilan uyg‘unlikda biz ekologik va raqamli texnologiyalarga o‘tish uchun materiallar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘zgarmas yondashuvni qo‘llaymiz, shu bilan birga qadriyatlarimiz va yuqori standartlarni qo‘llab va ilgari surishda davom etamiz."