Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish uchun grant loyihalarini ishga tushirdi
2024 yil 3 aprel – Bugun Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi “Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi fuqarolik jamiyati tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlashi” mavzusidagi tadbirda mamlakatda fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan grant loyihalari ishga tushirilganligni e’lon qilgani muhim voqea hisoblanadi. Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarning ishga tushirilishi xalqaro va Yevropa Ittifoqida tashkil topgan fuqarolik jamiyati tashkilotlari, Oʻzbekistondagi hamkor fuqarolik jamiyatlari va davlat hamkorlikdagi sa’y-harakatlarini aks ettiradi. Umumiy qiymati 3,5 million yevrodan ortiq boʻlgan 8 ta tashabbusga ajratilgan Yevropa Ittifoqining mablagʻi mamlakatdagi fuqarolik jamiyati, xususan, ayollar va himoyaga muhtoj guruhlarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan intilishimizni yana bir bor ta’kidlaydi.
EU in Uzbekistan
“Bugungi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalarning ishga tushirilishi Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davom etayotgan sa’y-harakatlarimizning bir qismidir. Bizning yillik sa’y-harakatlarimiz ushbu muhim tashkilotlarning imkoniyatlarini kengaytirish, inklyuzivlik, faollik va demokratiyani rivojlantirishga bagʻishlangan. Ayollar, bolalar va himoyaga muhtoj guruhlar uchun loyihalarga ustuvor ahamiyat berib, biz ovozlarni kuchaytiramiz, inklyuziv rivojlanishni targʻib qilamiz va Oʻzbekistondagi islohotlar dasturini qoʻllab-quvvatlash yoki ilgari surishga koʻmaklashamiz. Fuqarolik jamiyati va davlat hamkorligida biz demokratiyani gullab-yashnashi va tinchliksevar jamiyat qurish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan plyuralizm va inklyuzivlikka oʻz hissamizni qoʻshamiz”, dedi Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian.
EU in Uzbekistan
“Oʻzbekistondagi islohotlarning izchil davom etishi har bir fuqaroning huquqlari, ijtimoiy taraqqiyoti va qadr-qimmatini yuksaltirishga intilishimiz bilan bogʻliq. Fuqarolik jamiyati tashkilotlari himoyaga muhtoj guruhlarning ehtiyojlari va manfaatlarini himoya qilish, hukumatlarda javobgarlik hissini oshirish va qarorlar qabul qilish jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini ta’minlashda muhim rol oʻynashadi. Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalarning ishga tushirilishi umumiy hamkorligimizning yana bir bobini koʻrsatib, ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirish boʻyicha umumiy qarorimizni kuchaytiradi”, dedi “Yuksalish” harakati raisi Bobur Bekmurodov.
“Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi fuqarolik jamiyati tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlashi” mavzusidagi ochilish tadbirida ishga tushirilgan va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi tomonidan 2023 yilda e’lon qilingan tanlov natijasidir. 2024 yildan 2026 yilgacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan ushbu loyihalar fuqarolik jamiyati tashkilotlarining inklyuziv rivojlanish, gender tengligini targʻib qilish, “Yashil” kun tartibini ilgari surish va gender ta’sirchanlikni oshirish masalalari boʻyicha salohiyatini oshirishga qaratilgan.
EU in Uzbekistan
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan quyidagi loyihalar taqdimoti oʻtkazildi:
- “AFEW International tomonidan amalga oshirilayotgan “Inklyuziv rivojlanishga chaqirayotgan ovozlarni kuchaytirish: Samarqand, Namangan va Toshkent shaharlaridagi ayollar va yoshlar bilan ishlayotgan fuqarolik jamiyati tashkilotlarini (FJT) kuchaytirish”.
- Deutsche Welle tomonidan amalga oshirilayotgan “EU Tabassum: Oʻzbekistonda gender tengligini targʻib qilish va yosh ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun media koʻnikmalari”.
- DVV International Uzbekistan tomonidan amalga oshirilayotgan “Fuqarolik ishtiroki orqali gender-transformativ jamiyatlarni qoʻllab-quvvatlash”.
- Kichik va oʻrta korxonalar uyushmalarining Yevropa Konfederatsiyasi (CEA-PME) tomonidan amalga oshirilayotgan “Salohiyatni oshirish va media filmlar ishlab chiqarish orqali barqaror suv resurslarini boshqarish uchun jamiyatlar imkoniyatlarini kengaytirish va FJTlarini mustahkamlash”.
- Saferworld tomonidan amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda FJTlarning institutsional va dasturiy salohiyatini, shuningdek, ularning faoliyatini milliy va mintaqaviy rivojlanish rejalariga integratsiya qilish uchun FJT va davlat organlari oʻrtasidagi muvofiqlashtirish faoliyatini kuchaytirish”.
- MARTA markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “Ayollar va qizlar – xavfsiz va ozod: Gender asosidagi zoʻravonlik qurbonlari boʻlgan qizlar va ayollarni qoʻllab-quvvatlash va imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha FJTlar va tegishli manfaatdor tomonlarni metodologiya bilan ta’minlash”.
- Malmödagi Xalqaro xotin-qizlar uyushmasi (IKF Malmö) tomonidan amalga oshirilayotgan “Yashil va aylanma iqtisodiyot tarmoqlarida ayollar va yoshlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish”.
- Inson huquqlari boʻyicha xalqaro hamkorlik tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonning ayrim hududlarida inson huquqlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlar va atrof-muhitni targʻib qilish va himoya qilish uchun fuqarolik jamiyatlarining imkoniyatlarini kengaytirish”.
Yevropa Ittifoqi haqida
Yevropa Ittifoqi 27 Yevropa davlatining iqtisodiy va siyosiy ittifoqidir. U inson qadr-qimmatini hurmat qilish, erkinlik, demokratiya, tenglik, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini, shu jumladan ozchiliklarga mansub shaxslarning huquqlarini hurmat qilish qadriyatlariga asoslanadi. U global miqyosda jamiyatlar, atrof-muhit va iqtisodiyotlarning barqaror rivojlanishini ragʻbatlantirish uchun harakat qilib, barchaning manfaatini ilgari suradi.
Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasidagi Delegatsiyasi
Xalqaro biznes markazi,
Amir Temur koʻchasi, 107 B
100 084 Toshkent, Oʻzbekiston
Telefon: +998 78 120 16 01
Faks: +998 78 120 16 08