Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonda jinoiy-qidiruv zobitlarining salohiyatini oshirmoqda
Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish dasturi (BOMKA 10) shu yilning 29-31 mart kunlari Toshkentda Oʻzbekistondagi jinoiy-qidiruv bo‘limlari zobitlari uchun milliy seminar oʻtkazdi.
Seminar jinoyiy-qidiruv zobitlari, xususan, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari, Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti, Ichki ishlar vazirligi hamda uning akademiyasi xodimlarining jinoiy-qidiruv tergovi usullari bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish va xabardorligini oshirishga qaratildi
Litva Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Davlat chegarasini qo‘riqlash xizmati Jinoyiy-qidiruv boshqarmasi va Litva Jinoiy politsiya byurosi faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish boshqarmasining Strategik tahlil bo‘limi mutaxassislari tadbir ishtirokchilarini tahlilga asoslangan faoliyat va tahlillar asosida ish olib borish bo‘yicha o‘qitdilar. Shuningdek, huquqni muhofaza qilishdagi reaktiv va proaktiv usullar, taktik, operativ va strategik razvedka, ma'lumotlar yig'ish, razvedka modellari, razvedka ma’lumotlari aylanishi, razvedka ma'lumotlarini almashish va baham ko’rish, razvedka manbalari va ma'lumotlarni boshqarish haqida ham ma’lumot berildi. Seminar davomida ishtirokchilar, shuningdek, uyushgan xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashda ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, amalga oshirish va baholash bo‘yicha Yevropa Ittifoqi yondashuvi bilan tanishtirildi.
BOMKA haqida
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan Markaziy Osiyoda Chegaralarni boshqarishga ko’maklashish dasturi (BOMKA) mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni kuchaytirish, shu bilan birga, transchegaraviy hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash orqali chegaradosh hududlarda aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan. BOMKA dasturini amalga oshirish 2003 yilda boshlangan va shundan buyon Dastur chegaralarni integratsiyalashgan boshqarish kontseptsiyasini qoʼllash orqali chegara nazorati idoralari oʼrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, chegara nazoratini xalqaro tajribalar va Yevropa Ittifoqi standartlariga muvofiqlashtirishda yetakchi ahamiyatga ega boʼlib kelmoqda.
BOMKАning oʼninchi bosqichi mavzuviy jihatdan toʼrt komponentni qamrab olgan: chegara idoralarini institutsional rivojlantirish, qonun buzilishi hollarini aniqlash boʼyicha salohiyatni oshirish, savdoni osonlashtirish hamda transchegaraviy hamkorlikni takomillashtirishga koʼmak berish. BOMKА 10-bosqichining umumiy byudjeti 21,65 million yevroni tashkil etib, u mintaqadagi eng yirik tashabbuslardan biri hisoblanadi. 2021 yilning aprel oyida boshlangan BOMKА dasturini amalga joriy etish muddati 54 oydan iborat. BOMKА Yevropa Ittifoqining Hamkorlar konsortsiumi hamda Migratsiya siyosatini rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshiriladi. Hamkorlar konsortsiumi Latviya Respublikasi Davlat chegarasini qoʼriqlash xizmati tomonidan boshqariladi